E. Ismailov, N. Mamatkulov, G’. Xodjayev, Q. Norboev biofizika va radiobiologiya


§14.3. Radioaktiv moddalar toksikologiyasi



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/160
Sana29.05.2022
Hajmi4,19 Mb.
#615487
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   160
 
§14.3. Radioaktiv moddalar toksikologiyasi 
 
Toksikologiya turli abiotik faktorlarning tirik organizmga ta‟sirini 
o‟rganadi. Radiotoksikologiyada radioaktiv moddalarning zararli ta‟sirlari 


448 
o‟rganiladi. Radionuklidlarning zararligi (toksikligi) quyidagi faktorlar bilan 
bog‟liq: 

nurlanish turi va energiyasi, yarim yemirilish davri; 

radionuklidlar organizmga qaysi moddalar tarkibida tushishi; 

organlar va to‟qimalar bo‟yicha taqsimlanish turi; 

organizmdan chiqarilish tezligi.
Ayrim radioaktiv moddalar toksikologiyasi bilan tanishaylik. 
Tritiy (T
3
) vodorodning izotopi bo‟lib, tabiatda kam miqdorda uchraydi. 
Tritiy-rangsiz gaz , 18,5 keV energiyali 


nurlarni chiqaradi. Uning yarim 
yemirilish davri 12,26 yil. Tritiy atmosferaning yuqori qatlamlarida quyidagi 
uchta jarayon tufayli hosil bo‟ladi: 
1.Ikkilamchi kosmik nurlanishning azot yadrolari bilan o‟zaro ta‟sirida: 
1
3
6
12
7
14
H
C
n
N




2.Turli elementlar yadrolarining katta energiyali kosmik nurlar ta‟sirida 
parchalanishi; 
3. Vodorod bombasi portlashida kechadigan termoyadro reaksiyalari. 
Tabiiy sharoitda tritiy havodagi kislorod bilan birikib og‟ir suv - HTO va
T
2
O molekulalarini hosil qiladi va yog‟inlar, hamda chang bilan Yer sirtiga 
tushadi. 
HTO bug‟lari bilan nafas olinganda o‟pkaga 85-100% gacha yutiladi. 
Oshqozon-ichaklar orqali tritiy suv bilan birga yutiladi. HTO suvi ichilgandan 2-
9 minut o‟tgach odamlar qonida tritiy aniqlanadi. HTOning ichaklarda shimilishi 
40-45 minutda tugaydi. 
Organizmga tritiy oksidining birlamchi tushishida tritiyning ko‟p qismi 
organizmning suvli fazalarida to‟planadi. 
Tritiyning tuproq ichida joylashgan meva ildizlardagi suv tarkibida miqdori 
tuproq ustidagi o‟simliklarga nisbatan kattadir. Don o‟simliklarida tritiy miqdori 
yanada kam. Oziq-ovqat bilan tushishda organik bog‟langan tritiyning odam va 


449 
hayvonlar organlaridagi miqdori ancha o‟sadi. Tritiyning organizmdan 
chiqarilishi buyraklarda, nafas olish organlarida va oshqozon-ichaklarda ro‟y 
beradi. HTO ning organizmdan yarim chiqarish davri 6-14 kunga teng va odam 
yoshiga bog‟liq. Odam yoshi oshgan sari HTO ning organizmdan chiqarilishi 
tezlashadi. 
Turli hayvonlarda HTO bilan zararlanishining boshlang‟ich davrida 
holsizlik, adinamiya, ovqat yemaslik kuzatiladi. O‟tkir dozali nurlanishda 5-7 
kunda gemorragik sindrom aniqlanadi. Qon quyuqlanish vaqti uzayadi, teri 
tomirlari o‟tkazuvchanligi oshadi, axlat va siydikda qon paydo bo‟ladi. Qon 
morfologik tarkibida gemoglobin, leykosit, eritrosit, trombositlar miqdori 
kamayadi. Zararlanishning o‟tkir bosqichida qon hosil bo‟lishi keskin kamayadi. 
Hayvonlarning jigari funksiyasi o‟zgaradi. Tritiyning nisbatan katta biologik 
faolligi uning to‟qimalar hajmining birligida rentgen va 


nurlarga qaraganda 
10-30 marta kattaroq ionlashish zichligini hosil qilishi bilan bog‟liq. Bundan 
tashqari tritiy parchalanishida 
2
3
He
hosil bo‟ladi, bu izotop DNK dagi vodorod 
bog‟larni uzishi mumkin. Natijada genetik effektlar paydo bo‟ladi. 
Uglerod izotopi 
C
14
energiyasi 0,156 MeV bo‟lgan 


nurlarni chiqaradi, 
uning yarim yemirilish davri 5760 yilga teng. Tabiatda 
C
14
atmosferaning pastki 
qatlamlarida kosmik nurlardagi neytronlarning azot atomi yadrosiga ta‟siri 
natijasida hosil bo‟ladi. Uglerodning sun‟iy manbalari qatoriga yadro 
portlashlari, turli tipdagi yadro reaktorlari, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari kiradi. 
Odam va hayvonlar organizmiga 

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish