E. Ismailov, N. Mamatkulov, G’. Xodjayev, Q. Norboev biofizika va radiobiologiya


  12.3. Ionlanuvchi nurlanishning organizm to’qimalariga va organlarga



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/160
Sana29.05.2022
Hajmi4,19 Mb.
#615487
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   160
 


406 
12.3. Ionlanuvchi nurlanishning organizm to’qimalariga va organlarga 
ta’siri 
 
Nurlanishning kichik dozasi yutilganda katta biologik buzilishlar yuz 
berishi mumkin. Nurlanish olgan obektlarning ta‟siri naslga o‟tadi. Shuning 
uchun nurlanishdan himoyalanish katta ahamiyatga ega. 
Nurlanishning bir xil dozasiga hujayraning turli qismlarining sezgirligi 
turlichadir, nurlanishning ta‟siriga hujayralarning yadrosi eng sezgirdir. 
Bo‟linish qobiliyati hujayralarning eng nozik funksiyasi bo‟lgani uchun 
nurlanishda eng avval o‟suvchi to‟qimalar jarohatlanadi. Demak, nurlanish eng 
avval bola organizmi uchun (embrionlik davridan boshlaboq) xavflidir. Odam 
organizmining doimiy yoki davriy bo‟linib turadigan hujayralardan tashkil 
topgan to‟qimaga, oshqozon va ichakning shilimshiq pardasiga, qon hosil 
qiluvchi to‟qimalarga, jinsiy hujayra larga nurlanish halokatli ta‟sir qiladi. 
Nurlanish organizmga qisqa vaqt ichida ta‟sir qilsa (sekundan bir necha 
soatgacha), unga kiruvchi nurlanish deyiladi. Agarda organizm uni uzoq vaqt 
davomida olsa (yillar va o‟nlab yillar davomida) unga doimiy nurlanish deyiladi. 
Quyidagi jadvalda turli intensivlikdagi nurlanishning organizmga ta‟siri 
keltirilgan.
Xirosima va Nagasaki aholisini kuzatish natijalari shuni ko‟rsatdiki, ko‟z 
qorachig‟ining xiralashuvi (ko‟z kataraktasi), qalqonsimon bez leykemiyasi, 
qondagi leykositlarning xromosomik abberasiyasi va yoshligida nurlangan 
odamlarning o‟sishida pasayish kuzatiladi. Keyingi izlanish natijalari asosan 
ko‟krakda va o‟pkada qattiq o‟simtalarning hosil bo‟lishi aniqlandi. Rak 
kasalliklari nurlanishdan 30 yil o‟tganda ham kuzatilish mumkin ekan. 12.1 – 
jadvalda natijalar butun tana uchun keltirilgan.


407 
12.1 – jadval 
Turli intensivlikdagi nurlanishning organizmga ta‟siri 
Organizmni 

- nurlanish 
olgan dozasi, j/kg 
Effekt 
Eslatma 
0, - 0,25
Kuzatilmaydi 

0,25 - 1 
Qonda ba‟zi o‟zgarishlar 
kuchsiz 
chanqoqlik 
seziladi 
Ilik limfotik tugunlar va 
taloqning bir oz buzilishi 
1 – 3
Umumiy holsizlik, qonda 
o‟zgarish, qayd qilish, 
charchash 
Antibiotiklar 
bilan 
davolash natijasida to‟la 
davolash mumkin.
3 – 6
Yuqorida 
aytilgan 
effektlar va zaharlanish, 
qon qo‟yilish,
Davolashda antibiotik va 
qon 
quyish. 
Ba‟zi 
hollarda ilik ko‟chirib 
o‟tqazish. 
Tuzalish 
ehtimoli 50%

Yuqorida aytilgan ham-
ma effektlar va marka-
ziy 
nerv 
tizimining 
jarohatlanishi
Agarda nurlanish dozasi 
kg
J
8
dan oshsa o‟lim 
muqarrar 
Lekin tananing turli qismlari radiasiyaga turlicha reaksiya beradi. Shu 
sababli 12.2 – jadvalda tananing turli qismlarining radiasiyaga chidamliligi 
keltirilgan. 


408 
12.2 – jadval 
Odam organizmi qismlarining radiasiyaga chidamliligi 
Organ 
Simptomlar 
5 yillik simptomga 
asosan, olgan nurlanish 
dozasi, J/kg 
5%
50% 
Teri 
Yara, tolalar hosil bo‟lishi. 
0,055 
0,07 
Oshqozon 
Yara hosil bo‟lishi 
0,045 
0,05 
Jigar 
og‟riq assitoz 
0,035 
0,04 
Buyrak 
nefroskleroz 
0,013 
0,028 
Yurak 
perekordiya, pankardiya 
0,04 
0,1 
Suyak 
nekroz, sinish 
0,06 
0,15 
Ko‟z qorachig‟i 
katarakta. 

0,012 
Qalqonsimon bezi 
Gipoterioz 
0,045 
0,15 
Muskullar 
o‟sish to‟xtaydi 
0,02-0,03 
0,04-0,05 
Ilik 
Gipopliaziya 


Homila 
O‟lim 


Nurlanishning genetik ta‟sirini aniqlash juda qiyin. Lekin radiasiya ta‟sirida 
mutasiya natijasida xromosomada buzilishlar yoki DNK zanjirida o‟zgarishlar 
yuzaga keladi.
Yaponiyada olib borilgan tekshiruvlar natijasiga ko‟ra hozirgacha genetik 
effektlar kuzatilmagan. Lekin hozircha unchalik ko‟p vaqt o‟tmagan.
Doimiy nurlanish bilan ishlaganda olingan nurlanish dozasi o‟sha dozani 
birdaniga olingan holdagiga qaraganda ta‟siri unchalik katta effektga ega emas. 
Bunga sabab odam va hayvonlar tanasi kichik dozada olgan nurlanishlarga 
qarshilik qobiliyatiga ega. Lekin har qanday nurlanish organizmda qandaydir 
o‟zgarish yuzaga keltiradi. Nurlanishdan tibbiyot va veterinariyada ko‟p 
foydalaniladi, chunki radioaktiv nurlar turli organlarda tanlab yutiladi. Masalan, 


409 
qalqonsimon bez 
131

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish