Brusellyoz (qora oqsoq) — tayanch-harakat apparati, nerv va jinsiy sistemaning zararlanishi bilan kechadigan umumiy yuqumli kasallikdir.
Etiologiyasi. Brusellyoz qo‘zg‘atuvchisi — brusellalar mayda, ya’ni 0,3—2,5 mkm kattalikdagi harakatsiz bakteriyalar bo‘lib, tayoqchasimon shaklda, spora hosil qilmaydi, grammanfiy, odat- dagi oziq muhitlarida o‘sadi, anilin bo‘yoqlari bilan yaxshi bo‘ya- ladi.
Brusellalar tashqi muhitga juda chidamli: past harorat, hatto muzlatishga bardosh beradi. Sutda, sutli mahsulotlar va go‘shtda 7— 10 kunlar davomida, suvda va nam tuproqda — 2 oygacha o‘z hayot faoliyatini saqlab qoladi. Brusellalar yuqori haroratga chidamsiz: 60°C gacha qizdirilganda 30 minutdan keyin, qaynatilganda esa shu zahotiyoq o‘ladi. Quyosh nuri va barcha dezinfeksiyalovchi moddalar (3% li lizol eritmasi, 5% li xlorli ohak eritmasi va b.)ga sezgir.
Hozirgi vaqtda odam uchun patogen hisoblangan brusellalarning 3 turi ma’lum: 1) Brucella melitensis — mayda shoxli hayvonlar (echkilar, qo‘ylar); 2) Brucella abortus — yirik shoxli hayvonlar; 3) Brucella suis — cho‘chqalarda kasallikni qo‘zg‘atadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |