E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va parazitologiya Nazorat savollari



Download 1,2 Mb.
bet191/313
Sana11.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#348784
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   313
Bog'liq
2 5195056900663675278

Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va parazitologiya Nazorat savollari

  1. Saramasda kimlar infeksiya manbai bo‘lib hisoblanadi?

  2. Saramas kasalligida infeksiya organizmga qanday yo‘l bilan kiradi?

  3. Saramasning eritematoz shakli haqida gapirib bering.

  4. Kasallik residivi deganda nimani tushunasiz?

  5. Kasallikka qanday ma’lumotlar asosida tashxis qo‘yiladi?

  6. Saramasda qanday antibiotiklar qo‘llanadi?

  7. Bitsillinoprofilaktika haqida gapirib bering.

Qoqshol (tetanus)

Qoqshol — eng og‘ir o‘tkir yuqumli kasalliklardan biri bo‘lib, organizmga zararlangan teri va ba’zan shilliq qavatlar orqali kirgan toksinlar bilan markaziy nerv sistemasining zararlanishi tufayli yuzaga keladigan skelet mushaklarining tonik taranglashishi va keng yoyilgan talvasalar bilan xarakterlanadi.

Etiologiyasi. Qoqshol qo‘zg‘atuvchisi Clostridium tetani dir. Qo‘zg‘atuvchi nozik tayoqcha bo‘lib, 4—8 mkm kattalikka ega. U harakatchan, 20 taga yaqin uzun xivchinlarga ega, grammusbat, anaerob, ekzotoksin ishlab chiqaradi. Bu toksin nerv sistemasini zararlaydi. Tashqi muhitda qoqshol tayoqchasi tomonlarining bir uchi kengaygan holda spora hosil qiladi, uning hajmi ko‘ndalang kesimidan katta bo‘ladi va natijada unga baraban tayoqchasi shaklini beradi. Sporalar tashqi muhitning fizik va kimyoviy omillariga chidamlidir. Najasda, tuproqda, turli buyumlarda ular yillar davomida saqlanishi mumkin. Normal kislorod bilan ta’minlanishi buzilgan, ezilgan to‘qimalarga tushganidan keyin qoqshol tayoq- chalari sporasi vegetativ (tayoqchasimon) shaklga aylanadi.

Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai — hayvonlar va odam hisob­lanadi, ularning ichagida qo‘zg‘atuvchi saprofit holda yashaydi va nafas bilan tashqi muhitga keng tarqaladi, (ayniqsa tuproqda). U yerda esa u spora shaklida uzoq yillar saqlanadi. Infeksiya yuqtirish va qoqshol bilan kasallanish hollari teridagi yaralar, shilinishlar va yorilishlarga qoqshol qo‘zg‘atuvchisi sporasi, ba‘zan esa tuproqdan uning vegetativ shakllari tushganda kuzatiladi. Qoqshol kasalligi bilan kasallanish jarohatlanishlar bilan bevosita bog‘liqdir. Ayniqsa oyoqlardagi mayda jarohatlar: oyoqyalang yurganda o‘tkir buyumlar kirib ketishi, butalardagi tikanlar sanchilishi va boshqa shunga o‘xshaganlar kasallik yuqtirishning keng tarqalgan sababchilari hisoblanadi. Kasallik kuyganda va sovuq oldirganda, tuqqanlarda (tug‘ishda yoki abort paytida bachadonning yaralangan yuzasidan) va chaqaloqlarda (kindik yo‘llari orqali aseptika qoidalariga rioya qilinmaganda) ham kuzatilishi mumkin.

Patogenezi va patologik anatomiyasi. Qoqshol bakteriyalari nekroparazitlar hisoblanadi, ya’ni ular o‘lik to‘qimalarda rivojlanadi. Sporalarning vegetativ shaklga aylanishi va toksin ishlab chiqarishi uchun anaerob sharoitlar zarur, ular anaerob sharoitni yuzaga keltiradigan jarohatlar yoki aerob (yiringli) infeksiya qo‘shilishi tufayli erkin kislorod yutilishi natijasida yuzaga keladi. Qoqshol toksini kirish darvozasidan qon va periferik nervning harakat­lantiruvchi tolalari orqali orqa va uzunchoq miyaga tushadi. U yerda uning ta’sirida kuchli qo‘zg‘alish kuzatiladi, bu esa talvasaga sabab bo‘ladi. Barcha turdagi tormozlanishlarning yo‘qolishi mushak- larning tonik taranglashishiga olib keladi. Nafas markazi zararlanadi. Qoqsholda o‘lim hollarining asosiy sabablari talvasa sindromi natijasidagi asfiksiya (bo‘g‘ilish), nafas yoki yurak faoliyatining falajlanishi, asoratlari (sepsis, pnevmoniya) hisoblanadi. Kasal- likdan so‘ng immunitet hosil bo‘lmaydi. Chunki toksinning antigen sifatidagi ta’siri kam, shuning uchun ham qayta kasallanishlar kuzatilishi mumkin.

Patologoanatomik o‘zgarishlar asosan talvasa natijasida yuzaga keladi: nekrozlar, ayrim paytlarda esa ko‘ndalang-targ‘il mushak tolalarining uzilishlari va ularga qon quyilishlar, suyaklar, hatto umurtqa pog‘onasining sinishi kuzatiladi. Ichki a’zolarda talvasa vaqtida kuzatiladigan asfiksiya tufayli yuzaga keladigan distrofik o‘zgarishlar aniqlanadi.

Klinikasi. Yashirin davr 3 kundan 30 kungacha (ko‘pincha 5— 14 kun) davom etadi. Infeksiyaning organizmga kirish darvozasidan to markaziy nerv sistemasigacha bo‘lgan masofa qancha yaqin bo‘lsa, yashirin davr ham shuncha qisqa davom etadi. Qoqshol og‘ir kechadi va o‘lim hollari ko‘p uchraydi.

Kasallikning boshlanish davri bo‘lmasligi mumkin yoki u holsizlik, bezovtalik va qo‘zg‘alish belgilari bilan namoyon bo‘ladi.





Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish