E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


-rasm. OIV (OITS) bilan zararlangan bemorni bronxoskopiya qilish



Download 1,2 Mb.
bet188/313
Sana11.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#348784
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   313
Bog'liq
2 5195056900663675278

44-rasm. OIV (OITS) bilan zararlangan bemorni bronxoskopiya qilish.
Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. OIV infek­siyasi profilaktikasi bo‘yicha tadbirlar infeksiya manbaini zudlik bilan aniqlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, qon va uning komponentlarini quyishda OITS infeksiyasini yuqtirmaslikdan iborat. Barcha davolash-profilaktika muassasalarida faqat bir marta ishla- tiladigan tibbiy va laboratoriya asbob- laridan foydalanish va dezinfeksiya qoidalariga qat’iy rioya qilish, qon va zardob olish bo‘yicha muolajalar av- tomatik pipetkalarda bajarilishi zarur.

Qon va organizmning boshqa su- yuqliklari bilan ishlaganda alohida eh- tiyot choralarini ko‘rish lozim. Ko‘p hollarda bunday tadbirlar fartuk va bir marta ishlatiladigan qo‘lqoplardan foy- dalanish orqali amalga oshiriladi. Le­kin ayrim muolajalarni bajarishda, masalan, bronxoskopiyada ko‘z va lablarni himoya qilishga to‘g‘ri keladi, bunda niqob va maxsus ko‘zoynak- lardan foydalaniladi (44-rasm).

Barcha parenteral muolajalar rezina qo‘lqoplarda bajarilishi shart. Terming zararlangan joylari (tirnalgan, yorilgan, shilingan joylar) yoki ochiq yaralar leykoplastir bilan yopiladi yoki bunda barmoqqa kiyiladigan rezina g‘iloflar ishlatiladi. Qon yoki organizmning boshqa suyuqliklari sachrash ehtimoli bo‘lgan paytlarda ko‘zoynak va niqoblar taqiladi. Shuni ham nazarda tutish kerakki, bir marta ishlatiladigan rezina qo‘lqoplar igna kirishidan himoyalay olmaydi — bu tibbiyot xodimi uchun katta xavf tug‘diradi, chunki ignalar va o‘tkir asboblar orqali jarohatlar juda ko‘p uchraydi. Bundan tashqari xodim umumiy va texnik tayyorgarlik ko‘nikmalariga ega bo‘lgan taqdirdagina kasallik yuqtirib olish xavfi kamayishi mumkin.

Qo‘l va badanning boshqa qismlari qon yoki boshqa ajratmalar bilan ifloslanganda quyidagi amallar asosida tozalanishi zarur: 1. Teri sovunlab yuviladi, xloraminning 1%li eritmasi bilan artiladi. 2. Ko‘z yaxshilab suv bilan, so‘ngra esa 1:10000 nisbatda tayyorlangan kaliy permanganat eritmasi bilan yuviladi. 3. Og‘iz suv bilan yaxshilab yuviladi, so‘ngra kaliy permanganat eritmasi yoki 70% li spirt bilan chayib tashlanadi. 4. Teri zararlanganda (kesilganda, igna sanchil- ganda) shu joy qattiq bosib qon chiqariladi, so‘ngra 5% li yod bilan tozalanadi. 5. Ish kunining oxirida ish stoli yoki boshqa yuzalar ifloslangan taqdirda zudlik bilan 3% li xloramin yoki vodorod peroksidning 6% li eritmasida ho‘llangan latta bilan artiladi. OITS virusi qaynatilganda tezda faolsizlansa-da, klinik amaliyotda avto- klavlash zarur hisoblanadi.

O‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. OITS markazidagi vrach epidemiolog tomonidan epidemiologik tekshiruv o‘tkaziladi. OIV ni yuqtirganlar bilan jinsiy aloqada bo‘lgan kishilar OIV-infeksiyaga tekshirilishlari shart. OIV ni yuqtirganlar va OITS bilan kasal- langanlar oilasida shaxsiy buyumlar qat’iy ajratiladi (shprislar, ignalar, ustara, tish cho‘tkalari, qaychi va b.) va bu buyumlar shu zahotiyoq 3% li xloramin eritmasida 60 minut davomida zarar- sizlantiriladi.

Umuman olganda, OITS bilan kasallanganlarni parvarish qilish boshqa bemorlarni parvarish qilishdan deyarli farq qilmaydi. Bemorga ko‘pincha og‘iz bo‘shlig‘i zararlanishi tufayli stomatologik yordam zarur. Bemorni yuvintirish va toza choyshablardan foyda- lanish lozim. Bemor, ayniqsa og‘ir holatlarda doimiy parvarish va yordamga muhtojdir. Har kuni maxsus kiyimlar kiyib yurishga hojat bo‘lmaydi. Umuman aytganda bemorni atrofidagilardan izolatsiya qilishning hojati yo‘q. Sil yoki salmonelloz kabi qo‘shimcha kasal­liklar bo‘lganda bemorni alohida xonaga yotqizish zarur.

Vaksinalar yaratish imkoniyatlari. OITS ga qarshi immunizatsiya qilish alohida qiyinchiliklardan iborat. OIV juda o‘zgaruvchan virus hisoblanadi. Bundan tashqari, vaksinani adekvat baholash qiyin, chunki odamdan tashqari biror jonzod yo‘qki, unda OITS ga xos bo‘lgan belgilarni qo‘zg‘atish mumkin bo‘lsa. Shunday qiyin- chiliklarga qaramasdan OITS ga qarshi vaksinalar yaratilmoqda va sinovdan o‘tkazish jarayonlari davom etmoqda.

Nazorat savollari



  1. OITS nima?

  2. OITS epidemiologiyasi haqida gapirib bering.

  3. OITS kasalligining patogenezi qanday?

  4. OITS da qanday o‘smalar ko‘proq uchraydi?

  5. OITS da organizm zararlanishining qanday ko‘rinishlari uchraydi?

  6. OITS da uchraydigan og‘iz bo‘shlig‘ining qanday kasalliklarini bilasiz?

  7. OIV ga qarshi antitelolarni aniqlashning qanday usullari mavjud?

  8. OITS ga gumon qilinganda venadan qon olishda qanday ehtiyot choralari ko‘riladi?

  9. OITS profilaktikasi va infeksiya o‘chog‘ida o‘tkaziladigan tadbirlar haqida batafsil gapirib bering.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish