A) ha; B) yo‘q. Sog‘lom odam organizmida qoqshol qo‘zg‘atuvchilari uchrashi mumkinmi? ha; B) yo‘q. Opistotonus saramasda uchrashi mumkinmi?
A) ha; B) yo‘q. Saramas qo‘zg‘atuvchisi nima?
A) viruslar; B) gemolitik streptokokk; C) zamburug‘lar; D) rikketsiyalar; E) A va D. Saramas qanday yuqadi?
A) havo-tomchi va havo-chang yo‘li bilan; B) qon quyganda qon orqali; C) pashsha chaqqanda; D) teri va shilliq pardalarning zararlangan joyidan; E) oziq-ovqatlar bilan hazm yo‘llari orqali. Saramasni davolashda qo‘llanadigan asosiy preparat nima?
A) penitsillin; B) aspirin; C) nistatin; D) eufillin; E) askor-
binat kislota. Qoqshol qo‘zg‘atuvchilari nima?
A) stafilokokklar; B) klostridiyalar; C) viruslar; D) sodda or- ganizmlar; E) zamburug‘lar. Qoqshol qo‘zg‘atuvchisiga xos bo‘lmagan xususiyatni ko‘r- sating.
A) tayoqcha shaklida; B) harakatchan; C) grammusbat; D) aerob; E) ekzotoksin ishlab chiqadi. Trizm nima?
A) chaynov mushaklarining og‘riqli qisqarishi; B) mimika mushaklarining qisqarishi; C) yutishning buzilishi; D) ko‘rish- ning buzilishi; E) eshitishning pasayishi. Ptoz nima?
A) ko‘zga ikkita bo‘lib ko‘rinish; B) yutishning buzilishi; C) mimika mushaklarining qisqarishi; D) qo‘l-oyoqlarning falajlanishi; to‘g‘ri javob yo‘q. Qoqshol kasalligining o‘tkir xurujida bemorning boshi orqaga qayriladi, gavda yoysimon egilishi tufayli bemor tovon va ensaga tayangan holda yotadi. Bunday holat qanday nomlanadi?
A) ptoz; B) opistotonus; C) diplopiya; D) anizokoriya; E) disfagiya. Qoqshol anaerob mikroblar va ularning toksinlari qo‘zg‘atadigan yuqumli kasallik bo‘lib, uning klinikasida ptoz, diplopiya, anizokoriya kabi belgilar kuzatiladi;
gemolitik streptokokk chaqiradigan umumiy yuqumli kasallik bo‘lib, chegaralangan va ajralib turadigan yallig‘lanish o‘chog‘i hosil qilgan holda terming jarohatlanishi hamda intoksikatsiya belgilari bilan kechadi;
eng og‘ir o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, bunda organizmga zararlangan teri va ba‘zi hollarda shilliq qavatlar orqali kirgan tok- sinlar bilan markaziy nerv sistemasining zararlanishi tufayli skelet mushaklarining tonik taranglashishi va keng yoyilgan talvasalar kuzatiladi;
o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, uni salmonellalar qo‘zg‘atadi va bakteremiya, umumiy intoksikatsiya, isitma va ingichka ichak limfatik apparatining zararlanishi bilan xarakterlanadi;
vibrionlar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, ingichka ichakning toksik shikastlanishi va suv-elektrolit alma- shinuvining buzilishi bilan kechadi. Saramas bu o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, bunda organizmga teri va shilliq qavatlar orqali kirgan toksinlar bilan markaziy nerv sistemasi zararlanadi (opistotonus kuzatiladi);
umumiy yuqumli kasallik bo‘lib, chegaralangan va ajralib turadigan yallig‘lanish o‘chog‘i hosil qilgan holda terining jaro- hatlanishi hamda umumiy intoksikatsiya belgilari bilan kechadi;
o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, asosan bosh va orqa miya pardalarining zararlanishi va nazofaringit, yiringli meningit va meningokokksemiya bilan kechadi;
o‘tkir virusli infeksiya bo‘lib, kuchli bo‘lmagan intoksikatsiya va yuqori nafas yo‘llari, ayniqsa hiqildoq zararlanishi bilan xarak- terlanadi;
o‘tkir virusli infeksiya bo‘lib, intoksikatsiya va yuqori nafas yo‘llari shilliq qavatining zararlanishi bilan kechadi (tumov, aksa urish, yo‘tal, ko‘zdan yosh oqishi kuzatiladi).
1-masala
K. ismli 37 yoshdagi bemor shifoxonaga yotqizildi. Kasallik o‘tkir boshlangan: et uvushib tana harorati 39°C gacha ko‘tarilgan. Ko‘ngli aynib, bir marta qusgan. Keyingi kun yuz terisida ozroq og‘riq sezgan. So‘ngra shu joyda qizarish va ozroq shish paydo bo‘lgan. Tekshirib ko‘rilganda yuzning o‘ng chakka sohasida qizarish, shish va mahalliy haroratning balandligi aniqlandi. Qizargan soha atrofdagi sog‘ teridan aniq ajratib turadi. Qanday tashxis qo‘yish mumkin?
Kasallik sababchisi qanday qilib organizmga tushgan?
Kasallikni qanday davolash mumkin? masala
Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga E. ismli 44 yoshdagi bemor yotqizildi. Bemorning aytishi bo‘yicha 20 kun oldin yiqilish natijasida ochiq jarohat olgan. Avvaliga jarohat sohasida tortishib og‘rish- lar kuzatilgan. Keyinchalik uning atrofidagi mushaklar titrab qisqargan. Bemor zudlik bilan shifoxonaga olib kelingan. Qanday kasallikning birinchi belgilari kuzatilayotgan bo‘lishi mumkin?
Tashxisni aniqlash uchun qanday tekshiruvlar o‘tkaziladi?
Bemorga hozirgi vaziyatda dastlab qanday yordam beriladi? masala
Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 46 yoshdagi R. ismli bemor yotqizildi. Ko‘zdan kechirilganda bemorning ahvoli juda og‘ir. Chaynash mushaklari tortishib qisqargan, mimika mushaklarida spazm holati ko‘rinadi, peshonasi tirishgan, qoshlari ko‘tarilgan, ko‘z atrofida ajinlar va tishlarning mahkam qisilganligi aniqlandi. Yutish buzilgan. Qanday kasallikning alomatlari kuzatilgan?
Bunday bemorlarni qanday parvarish qilish zarur?
Bu kasallikda o‘lim hollari nima sababli kuzatiladi? — Yuqumli kasalliklar
ZOONOZ KASALLIKLAR
Nafaqat odamlar, balki hayvonlarning ham ayrim turlarini zararlaydigan yuqumli kasalliklar zoonoz kasalliklar deyiladi.
Odam uchun epidemiologik ahamiyatga ega bo‘lgan turli xil kasalliklar orasida qishloq xo‘jaligi hayvonlari, ayniqsa yirik va mayda shoxli hayvonlarni zararlaydigan kasalliklar ham katta ahamiyatga egadir.
Odam kasal hayvonlar bilan yaqin aloqada bo‘lganda yoki ularning go‘shti, suti hamda shu sutdan tayyorlangan mahsulotlarni iste’mol qilganda kasallik yuqtirishi mumkin. Ayrim hollarda infek- siya, masalan kuydirgi, sog‘lom odamga kasal hayvonlar terisi yoki junidan tayyorlangan buyumlar orqali yuqadi.
Zoonoz infeksiyalar bilan asosan kasal hayvonlar bilan ko‘proq aloqada bo‘lishi mumkin bo‘lgan qishloq xo‘jalik aholisi zararlanadi. Shu bilan bir qatorda zoonoz kasalliklar mo‘yna fabrikalarida, teri zavodlarida, go‘sht kombinatlarida ishlaydigan ishchilar o‘rtasida ham kuzatilishi mumkin (kuydirgi). Shaharda yashaydigan, qishloq xo‘jaligiga hech qanday aloqasi bo‘lmagan kishilar ham brusellyoz kasalligi bilan og‘rigan echki yoki sigirning xom sutini ichishi orqali brusellyoz kasalligiga chalinishi mumkin.
Bu infeksiya kasal hayvon odamni tishlaganda yoki zararlangan teriga shu hayvonning so‘lagi tushganda yuqadi. Quturish kasalligi ham zoonoz kasallikga kiradi.