Ko’p ma’noli va omonimni farqlash usullari:
1.Shakldoshlikda nechta ma’no bo’lsa u shuncha so’z hisoblanadi: ot – ism, ot – so’z turkumi, ot – harakat – bular 3ta so’z
Ko’p ma’nolilikda esa uning ma’nosi qanchalik ko’p bo’lmasin baribir u bir so’z hisoblanadi: arraning tishi, chaqaloqning tishi – bunda bir so’zning ikki ma’nosi.
2.Shakldoshlikdagi ma’no bir-biriga mutlaqo bog’liq emas
Ko’p ma’nolilikda ma’no bir-biriga aloqador bo’ladi: odamning qulog’i, qozonning qulog’i – shakl jihatdan o’xshashlik ma’no aloqadorligini ta’minlayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |