I. Hududiy chegaralangan so‘zlar (dialektizmlar, shevaga xos so’zlar).
Faqat ma’lum bir hudud doirasidagina qo‘llanilib boshqa hududda yashovchi o‘zbek tili vakillari uchun xos bo‘lmagan so‘zlar hududiy chegaralangan (shevaga xos) so‘zlar yoki dialektizmlar deyiladi.
Bu so’zlardan bittasi umumxalq tili bo’lgan adabiy tilga qabul qilinadi va ana shu so’z adabiy til uchun me’yor hisoblanadi: do’ppi (adabiy tilda) – kallapo’sh (Buxoroda), qalpoq (Qashqadaryoda), takya (Xorazmda) eshik «hovli», «uy» (Andijon), shoti «narvon» (Andijon, Farg‘ona, Namangan), takya «do‘ppi» (Xorazm) va boshqalar.
Sheva so’zini uning adabiy tildagi muqobiliga sinonim sanamaslik kerak. O’zbek adabiy tili uchun Toshkent va Farg’ona shevalari asos qilib olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |