IBORA (frazeologik birikma) – ma’nosi bir so’zga teng keladigan so’zlar birikmasi yoki gaplarga ibora deyiladi: yog’ tushsa yalaguday – toza, og’zi qulog’iga yetgan – xursand, oyog’ini qo’liga olib kelmoq – shoshilgan,
Iboralar o’rtasida ham o’zaro omonimlik, sinonimlik va antonimlik bo’lishi mumkin:
Antonimlik: yerga urmoq – ko’kka sapchimoq
Omonimlik: boshga ko’tarmoq – e’zozlamoq, boshga ko’tarmoq – to’polon
Sinonimlik: dunyoni suv bossa to’pig’iga chiqmaydi, do’ppisi yarimta – beparvo
Iboralar bazan bog’lovchilarga ham sinonim bo’lishi mumkin: shunga qaramay u kelmadi – ammo u kelmadi
Iboralar gap tarkibida yaxlit holda bitta so’roqqa javob bo’ladi va bitta gap bo’lagi vazifasida keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |