Grammatik ma’no – “opa” so‘zi yuqoridagi ma’nodan tashqari predmetlik, bosh kelishik, birlik ma’nolariga ham ega. Bu ma’nolar uning grammatik ma’nosi sanaladi. Ya’ni tilshunoslik fani yuzasidan ma’nolari sarhlansa so’zning grammatik ma’nosi aniqlangan bo’ladi
Odatda, leksik va grammatik ma’nolarning muayyan tovush yoki tovushlar birikmasi bilan barqaror munosabatidan tashkil topgan butunlikka nisbatan so‘z atamasi qo‘llaniladi.
Grammatik ma’nosiz, faqat leksik ma’no bildiruvchi til birligi uchun leksema atamasi qo‘llaniladi.
Bunday vaqtda so‘z morfologiya birligi sifatida, leksema esa leksikologiya birligi sifatida bir-biridan farqlanadi. Demak, tahlil jarayonida gap tarkibidan so‘zlarni ajratamiz. So‘zlar esa leksema va grammatik qo‘shimchalarga bo‘linadi. Тilning lug‘aviy (leksik) ma’no bildiruvchi birligi leksema sanaladi. Lug‘atlarda bosh so‘z sifatida leksemalar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |