Овоз пайчалари аппаратидаги пай тортишиши қуйидаги ҳолатларда бўлади. 1. Бирлашган (тортишиб бирлашган овоз бурмалари ўз вақтида ёзилиб кетмайди) – товуш бирданига узилади, ёҳуд клоник ёки чизиқли тортишиш юзага келади. (о-о-о-олим). 2. Ажралишган (овоз тирқиши очиқ қолади – бу ҳолда бутунлай сукут сақлаш ёки шивирлаган нутқ кузатилади). 3. Вокалга оид – бу болаларга хосдир. Бунда болалар сўзда унлиларни чўзиб талаффуз қиладилар. Артикуляцион аппаратдаги пай тортишишлар қуйидаги органларда кузатилади: - Лабга оид тортишишлар.
- Тилга оид.
- Юмшоқ танглайга оид.
Duduqlanuvchilarni ko'rikdan o ‘tkazish Duduqlanuvchini ko‘rikdan o'tkazish kompleks ravishda (logoped, nevropatolog, psixolog), zaruriyatga qarab boshqa mutaxassislami: pediatr, terapevt, psixiatr, okulist, otolaringolog va boshqalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi. Ko'rikning mazmuni anamnestik ma’lumotlami, pedagogik, psixologik va tibbiyot hujjatlarini o‘rganishni, duduqlanuvchining o'zini ham tekshirib ko'rishni o'z ichiga oladi. Logoped ota-onalar bilan suhbatlashish jarayonida oilada sodir bo'lgan eng muhim voqealarni aniqlaydi va shu munosabat bilan bolaning umumiy, harakat va nutqiy rivojlanish xususiyatlarini aniqlashtiradi. Bola tug'ilishigacha bo'lgan davring asosiy jihatlari: bolaning tug'ilishi paytida onaning yoshi (35 yoshdan quyi yoki yuqori), ruhiy-asab jihatdan salomatligi, ota yoki onaning kasalliklari, homiladorlikning o'tish jarayoniga baho beriladi. Ota va onaning bola tug'ilgunigacha bo'lgan salomatligi haqidagi ma’lumot uning jismoniy va ruhiy-asab holatidagi og'ishlarni aniqlashga imkon yaratadi. Bolaning ona qornida rivojlanishdagi noxush omillarni aniqlash ularning bola nutqining keyingi rivojlanishiga ko'rsatadigan salbiy ta ’sirini aniqlashga yordam beradi. Ko'rikning mazmuni anamnestik ma’lumotlami, pedagogik, psixologik va tibbiyot hujjatlarini o‘rganishni, duduqlanuvchining o'zini ham tekshirib ko'rishni o'z ichiga oladi. Logoped ota-onalar bilan suhbatlashish jarayonida oilada sodir bo'lgan eng muhim voqealarni aniqlaydi va shu munosabat bilan bolaning umumiy, harakat va nutqiy rivojlanish xususiyatlarini aniqlashtiradi. Bola tug'ilishigacha bo'lgan davring asosiy jihatlari: bolaning tug'ilishi paytida onaning yoshi (35 yoshdan quyi yoki yuqori), ruhiy-asab jihatdan salomatligi, ota yoki onaning kasalliklari, homiladorlikning o'tish jarayoniga baho beriladi. Ota va onaning bola tug'ilgunigacha bo'lgan salomatligi haqidagi ma’lumot uning jismoniy va ruhiy-asab holatidagi og'ishlarni aniqlashga imkon yaratadi. Bolaning ona qornida rivojlanishdagi noxush omillarni aniqlash ularning bola nutqining keyingi rivojlanishiga ko'rsatadigan salbiy ta ’sirini aniqlashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |