SAMAD HAQIDA YOZSAM…
Jumaqulov Samad
(1963-2008)
Sinfdoshimiz Samadboy haqida yozish meni qayg’uga soladi. Negaki, biron kishiga yomonlik tilamagan, o’z rizqiga qanoat qilib, solih oila barpo etib uchta o’g’lonni dunyoga keltirgan hamqishlog’imiz hayotdan bevaqt ketdi. Uning vafoti qarindoshlar qalbini larzaga soldi. Darband eli qayg’uga tushib, uning oilasiga, qarindosh-urug’lariga taskin berdi. Ajal ayamas ekan. Sen boy, sen kambag’al, sen yosh, sen qari, demas ekan. Chunki Samadning otasi Annaqul bobo Darband elining oqsoqollaridan nomdor nondor qavmidan edi. Ocharchilik yillarida ko’p kishiga yaxshiliklari o’tgan inson bo’lgan. Aynan og’ir damlar insonning maslaklarini, insoniyligini sinovdan o’tkazadi. Uning yaxshi inson bo’lganligini hamqishloqlar hech qachon unutmaydi. Samad rafiqasi Norqulova Ozoda bilan Mahmasharif, Samrad, Sardor ismli farzandlarni kamolga yetkazdi.
KUY AVJIDA UZILGAN TOR…
Ostonova Zebo
(1963-1997)
Zebo 1963 yil 3 iyunda Boysun tumani Sayrob qishlog’ida dunyoga keldi. U 1970-1980 yillarda Gagarin (hozirgi Muzrabot) tumani Halqobod qo’rg’onida joylashgan 33 maktabda tahsil oladi. Keyinchalik 1981-1984 yillarda Sovetobod plan-iqtisod texnikumida o’qiydi. Ko’p yillar bozor va do’konda tijorat mollari savdosi bilan shug’ullandi. Afsuski, umri qisqa bo’ldi. U 1997 yil 15 aprelda avtohalokatdan vafot etdi. Mehribon, oilaparvar hamqishlog’imizdan Qurbonov Dilmurod ismli farzand qoldi.
Hotamova Bo’rixol
(1962-2021)
Bo’rixol Darband qishlog’ida tug’ildi. U o’rta maktabni tamomlab Termiz kooperativ texnikumida tahsil oladi. Shundan so’ng hamqishlog’imiz Muzrabot tumaniga kelin bo’lib tushdi va shu yerda savdo sohasida ishladi. Keyinchalik Termiz shahriga kelib yashagan. Xushmuomala adolatparast aybingizni betiga ayta oladigan har bir ishni har bir narsani o’z joyiga bo’lishini xohlaydigan sarishta- saranjom ayol edi.
Birinchi turmushidan ajralib o’zi bolalarini katta qildi. Birovni ranjitmadi, aybi bo’lsa betiga aytdi do’stlarni yaxshiligini oshiradigan yomonligini yashiradigan ayol edi. O’z rizqiga qanoat qilib hamqishloqlar bilan birgalikda ularni to’yu ma’rakasida ishtirok etar edi. Hech qachon hayotidan nolimaydigan turmush qiyinchiliklaridan bardosh bergan, tadbirkorlik bilan shug’ullangan mehnatni qadrlagan uzoqni ko’zlaydigan ta’maga qo’l uzatmagan mag’rur qalb sohibi edi.
1993 yilda orzu havas bilan o’g’illarni sunnat to’yiga Tojikistonni mashhur xonandasi Karomatullo Qurbonni Muzrabot tumaniga olib kelib kontsert tashkil qilgan edi. Hayotda to’g’ri turib, to’g’ri yurib, to’g’ri eshitib to’g’ri yashab o’tdi. Turmush o’rtog’i Sayqonov Xolmat. Farzandlari: Ilhom, Bahrom, Iroda Umida. Termiz qabristoniga dafn etilgan. Hamqishlog’imiz yodi farzandlari xalqimiz qalbida mangu qoladi.
Jang’aboev Bahodir 1963-2020
Darband qishlog’ini Xami kabud massivida mashhur Jang’aboev Mahamadin xonadonida tug’ilgan Bahodir yoshlikda chaqqon mehnatkash dilso’z inson sifatida o’zning tinib tinchimas xizmatlari bilan el orasida tezda tanildi. U har bir ishni o’z vaqtida bajarishga harakat qilardi.Muzrabotda yashab tadbirkorlik bilan shug’ullanib solih farzandlarni voyaga yetkazdi. Xushmuomaliligi mehrubonligi mehnatkashligi bois xalqimizni hurmatiga sazovor bo’lgan. Rafiqasi: Eshonova Basanda. Farzandlari: Baxtiyor (2021 yilda vafot etgan) Xoliq, Nargiza, Nigoroa, Nigina. Hamqishlog’imiz yodi qalbimizda mangu saqlanadi. Muzrabot qabristoniga dafn etilgan.
Elbekov Yo’ldosh 1963-1998
Elbekov Yo’ldosh Muzrabotda tug’ilgan. A.Ro’dakiy nomli o’rta maktabni tamomlab Termiz savdo texnikumida tahsil olgan. Savdo va sport sohasida ishlagan. Madaniyatli bilimli hamqishloqlardan bo’lgan. Rafiqasi: Sohibqulova Salima. Farzandlari: Sadina, Sarvar, Gulnora. Hamqishlog’imiz xotirasi abadiydir.
Tog’aev Mansur 1964-2020
Hoji Yusuf Tog’aev xonadonida tug’ilgan Mansurjon oilada o’z xulqi atvori mehrubonligi bilan ajralib turardi. Yoshlikda bilimga mehnat qilishga chanqoq bo’lgan Mansur o’rta maktabni tugatib Tojikiston Politexnika institutining PGS fakultetiga o’qishga kirib 1988 yilda uni muvaffaqiyatli tugatib shu yili Dushanbe shahrida texmontaj korxonasida muhandis sifatida ishlay boshlaydi.
1990 yilda Muzrabot tumaniga kelib ishlab chiqarish qurilishlarida ishlaydi. 1991 yildan toki 1998 yilgacha Muzrabot tumani Gagarin massivida joylashgan yirik korxona SPMK boshlig’i lavozimida ishlagan. 1998 yildan boshlab “Maftuna” xususiy firmasini tashkil etib mustaqil ishlay boshlaydi. Beshqo’ton massivida uni tashabbusi bilan bitta g’isht ishlab chiqaradigan zavodini ishga tushiradi.
Shuningdek, tuman markazida yangi mehmonxona binosini qurishni boshlagan edi. Bevaqt o’lim uni ayni navqironlik chog’ida oramizdan olib ketdi. Rafiqasi: Tog’aeva Farog’at. Farzandlari: Azizjon, Mavjuda, Maftuna, Azimjon. O’zining butun kuch-quvvatini mehnatga ishlab chiqarishga bag’ishlagan M.Tog’aevni xotirasi farzandlari qarindosh urug’lar hamda xalqimiz qalbida mangu saqlanadi. Darband qabristoniga dafn etilgan.
Safarqulov Haydar 1964-1997
Darband qishlog’idagi Bozorsoy guzarida tug’ilgan. O’rta maktabni tamomlab Toshkent politexnika institutida tahsil olgan. O’qishni tugatib Termizga qaytadi. Harbiy qismlarni biriga ishga kirib o’z burchini ado etayotgan payt fojiali halok bo’ladi. Hamqishlog’imiz baquvvat Vatan, xalqga fidoyi o’z xizmat burchini sharaf bilan ado etgan insonlardan edi. Undan zuryod qolmagan. Hamqishlog’imiz xotirasi xalqimiz qalbida mangu saqlanadi
Bo’riqulova Zaynab 1965-2000
Qumqo’rg’on tumanida tug’ulib o’sgan. Yoshlikda chaqqon bilimli bo’lib voyaga yetgan. Hamqishilog’imizga turmushga chiqib namunali oila barpo etgan. Mehnatkash hunarmand ayol sifatida xalqimizni hurmatiga sazovor bo’lgan. Turmush o’rtog’i: Bo’riqulov Asatillo. Farzandi: Zebo. Hamqishlog’imiz yodi qalbimizda mangu saqlanadi.
Bekmurodov Abduqahhor 1965-1994
Darbandning Sangchil mahallasida tug’ilgan. Otasi Hayit Bekmurodov haydovchi edi. Abduqahhor yoshlikda o’qituvchi bo’lishni orzu qildi. O’rta maktabni a’lo baholar bilan tugatib Tojikiston oliygohida geografiya fakultetiga o’qishga kiradi. Oliygohni muvaffaqiyatli tamomlab 4 yil Darband qishlog’idagi 10- o’rta maktabda o’qituvchilik qildi. Biroq texnika falokati tufayli hayotdan bevaqt ko’z yumdi. Rafiqasi: Allayorova Moma. Farzandlari: Muhayyo, Ma’rifat. Bilimdon, xushmuomala, samimiy qalbi to’la ezgu orzularga limolim bo’lgan hamqishlog’imiz xotirasi xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
Boboev Sho’hrat 1968-1986
Darband qishlog’ida tug’ilgan. O’rta maktbani tugatib Tojikiston politexnika oliygohiga o’qishga kiradi. Ammo bevaqt o’lim uni barqaqt o’z komiga tortdi. 1986 yil 11 dekabrda gazdan zaxarlangan xolatda hayot bilan vidolashadi. G’ayratli, bilimga chanqoq hamqishlog’imiz yodi xotiralarimizda mangu saqlanadi.
Jo’raqulov Shodi 1965-1997
Darbandda tug’ilgan. 1997 yil Muzrabotda texnika falokati tufayli vafot etgan. Mehnatkash, kamtarin hamqishlog’imizni, bevaqt o’limi farzandlari qarindoshlari qalbida jarohat qoldirdi. Rafiqasi: Mavluda.Farzandlari: Sherzod, Bekzod, Zarrina. Hamqishlog’imiz xotirasi qalblarimizda mangu yashaydi.
Bekmurodov Qorjov 1964-1999
Darbandning Ko’chkak dahasida tug’ilgan. O’rta maktabni tamomlab tadbirkorlik bilan shug’ullangan. O’ta mehrubon sho’rinso’z kamtarin hamqishlog’imiz 1997 yilda vafot etgan. Rafiqasi Xoliyorova Shodigul. Farzandlari: Sarviniso, Xolto’ra, Safargul. Hamqishlog’imiz xotirasi qalbarimizda mangu saqlanadi.
Boboev Amirqul 1964-1988
Darband qishlog’ida tug’ilgan. O’rta maktabni tamomlab harbiy xizmatni Xabarovskda o’tagan. Armiyadan so’ngg Savetoboddagi texnikumda hisobchilik kursini tugatgan. Darband jamoa xo’jaligida ishlagan. 24 yanvar 1988 yil hamqishlog’i Bibisora Muxammadinovaga uylanib 10 yil baxtli hayot kechiradi. Biroq ajaldan qochib kutulib bo’lmaydi. Amirqul 1998 yil yurak xuruji kasalligidan vafot etadi. O’ta chaqqon, tadbirkor, ishni ko’zini biladigan hamqishlog’imizdan yaxshi xayru amallar yodlar va barkamol farzandlar qoldi. Rafiqasi: Maxammadinova Bibisora. Farzanlari: Behzod, Gulruxsor, Marjona, Husniddin. Hamqishlog’imiz xotirasi yoru do’stlari farzandlari va hamqishloqlar qalbida mangu saqlanadi.
Latipov Safar 1965-1996
Darband qishlog’ida tug’ilgan. O’rta maktabni tamomlab 1987 yilda Dushanbe hisob-iqtisod texnikumida o’qigan. Kelib Muzrabot tumanida savdo sohasida ishlagan. Yoshligida chaqqon g’ayratli bo’lib o’sgan hamqishlog’imiz hamesha yaxshilik sari intilib odamlar orasida shirinso’zligi xushmuomalaligi bilan ajralib turgan. Farzandlari: Suxrob, Sirojiddin, Farzona, Siyovush. Savdo sahasida sharaf bilan ishlagan navqiron yoshida vafot etgan hamqishlog’imiz xotirasi farzandlari hamqishloqlar qalbida mangu yashaydi
Madatov Baxriddin 1965-2021
Darband qishlog’ida tavallud topib o’rta maktabni tugatgan Baxriddin Muzrabot tumanidagi qishloq xo’jalik texnikumida o’qishga kiradi. O’qishni muvaffaqiyatli tugatib tuman paxta zavodiga master sifatida ishga joylashadi. Ishlash jarayoniida o’zining ijobiy tomonlarini namoyon etgan hamqishilog’imiz zavodda muhandis vazifasiga o’tib ishlaydi.
O’z ishini mukammal egallaydi. Taqdir taqozosi bilan chet elga ishga ketadi. U yerda ham bir necha yil ishlab vafot etadi. Rafiqasi: Boybo’lova Muhabbat. Farzandlari: Sadriddin, Nasiba, Sirojiddin. Hamisha yaxshilik sari harakat qilgan hamqishlog’imiz yodi farzandlari xalqimiz qalbida mangu saqlanadi. Darband qabristoniga dafn etilgan.
Ramazonova Saida 1965-1986
Muzrabot tumani Yangibod xo’jaligida tug’ilgan. Ibni Sino nomli o’rta maktabda tahsil olib 1981-1985 yillar Termiz Davlat Universitetining rus filologiyasida o’qiydi. O’qishdan so’ng 39-o’rta maktabda o’qituvchi so’ngra xo’jalik aloqa bo’limida xodim sifatida ishlaydi. O’qimishli 4-5 tilni mukammal biladigan zukko hamqishloqlardan edi. Afsuski hali yoshlik hissiyotini tark etmagan qalb 1986 yil 21 yoshida bu hayot bilan vidolashadi. Saidaning porloq pok xotirasi hamqishloqlar qalbida mangu yashaydi.
Safarboeva Mo’htaram 1974-2002
Darbandning Machiti Safed guzarida tug’ilgan. O’rta maktabni tamomlagan. Tangriqulov Abdusattorga turmushga chiqib 5-nafar farzandni dunyoga keltirgan. Afsus ki farzand tug’ilayotgan payt vafot etadi. Farzandlari: Sarvinoz, Zebuniso, Salomat, Muxlisa, Feruza. Qalbi pok farzandlarini qizlarini jonidan yaxshi ko’rgan biroq, umr vafo qilmagan hamqishlog’imiz xotirasi qalbimizda farzandlari nabiralarini qalbida mangu yashaydi.
Mulla Shamsiddin Aminov 1964-1994
Darbandning Oqmachit mahallasidagi boy moldor-nomdor cho’ponlari Aminboy xonadonida tavallud topgan. U yoshlikdan dinu diyonatga havasmand bo’lib ilk saboqlarni qishloqni fozil mullalaridan olgan. Bir necha yil Toshkent madrasalaridan ta’lim olib so’ngra qishloqqa kelgan. Diniy diplom sohibi bo’lgan hamqishlog’imiz xususan muqaddas kitob Qur’onni yoddan bilardi. Fozil inson edi. 1990-1994 yillar qishloqni peshqadam mullalaridan edi. Afsus va nadomatlar bo’lsinki ayni navqiron 30 yoshida texnika falokati tufayli hayotdan bevaqt ko’z yumdi. Undan 3-nafar farzand yodgor qoldi. Hamqishloqlar hali hanuzgacha Mulla Shamsiddin bilimdonligi qobiliyati va shirali qiraoatini yoddan chiqarganlari yo’q. Hatto sho’rolar davrida harbiy xizmatga safarbar etilganda ham qo’rqmasdan shijoat bilan ikki yil Qur’on kitobini qo’lda ko’tarib yurib mutolaa qilib Qur’onni yodlagan. Mulla Shamsiddin Shodaxo’jagi urug’idan. Farzandlari: Zarxol, Nasiba, Chinnixol. Rafiqasi: Zulayxo Jumaeva. Ajoyib inson diyonatli Mulla Shamsiddin xotirasi xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
GulbekovChorshanbe 1964-2020
Darband qishlog’ida tug’ilgan hamqishlog’imiz qishloq maktabini muvaffaqiyatli tugatib Dushanbe shahridagi Politexnika Oliygohiga o’qishga kirib muhandislik fakultetini tamomlagan. 1993 yildan boshlab Termiz shahridagi turli qurilish tashkilotlariga ishlagan. Shundan so’ng o’zi alohida xususiy qurilish firmasini ochib quruvchilik bilan shug’ullangan. Tez orada hokimiyat nazariga tushgan hamqishlog’imiz Termiz shahar hududida qo’p qavatli binolarni qurish davlat muassasalarini qurishga faollik ko’rsatadi. Bu ijobiy ishlari bois hattoki boshqa vilotlarda ham qurilish ishlarini olib borishga erishadi.
Ch.Gulbekov xalqimiz orasida o’zining saxovatpeshaligi, odamshavandaligi bilan xalqimizning alohida e’zoziga loiq insonlardan biri edi. Kam ta’minlagan oilalarga yordam berish ma’rifatli insonlarni qo’llab-quvvatlash, shoir yozuvchilarni kitoblarini chop etishga ko’mak etardi. Har qanday vaziyatda tezda yetib borish hamqishloqlarni to’yu ma’rakalarida bosh-qosh bo’lib yurgan hamqishlog’imiz hayot bilan erta vidolashdi. Kasallik yosh navqiron vaqtida uni oramizdan olib ketdi. Rafiqasi: Chorshanbieva Salomat. Farzandlari: Muhiba, Sohiba, Doston, Suxrob. O’z hayotlik davrida ko’p xayrli amallarni bajargan hamqishlog’imiz yodi qalblarimizda mangu saqlanadi.
,
Bobomurodov Xoliyor 1964-2000
Ota-onani Xudodan tilab olgan yakkayu yagona farzandi edi. Xoliyor oilada yaxshi tarbiya topdi. Onasi Jannat momo, otasi Bobaboy yagona farzandlarini shunday tarbiyaladilarki ko’rgan odam uni odob-axloqi odamshavandaligidan havas qilar edi. Xoliyor o’rta maktabni tugatib Samarqand zooveterinariya texnikumini imtiyozli diplom bilan tugatdi. Kelib xo’jalikda ishladi. 1987 yilda qishloqda brigada boshlig’i bo’ldi. 1990 yilda esa ombor mudiri bo’lib ishladi. Ishda chaqqon, atrofdagilar bilan munosabati samimiy qishloqning faol yoshlaridan edi.
Afsus umr vafo qilmadi. 2000 yil kasallikka chalinib vafot etdi. Rafiqasi: Hamdamova. Farzandlari: Odil, Olim, Shaxboz, Farangiz. Hamqishlog’imizni porloq xotirasi xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
Sohibov Bahriddin 1965-2000
Darbandda tug’ilgan. O’rta maktabni tamomlab Tambov shahridagi pedagogika institutida tahsil olgan. Muzrabot tumanidagi A.Nabiev nomli o’rta maktabda o’qituvchi bo’lib ishlagan. Qisqa muddatda o’zini qobiliyati bilimdonligi bilan jamoa o’rtasida ehtiromga sazovor bo’lgan. Birok umri qisqa ekan. 2000 yilda vafot etgan. Rafiqasi: Norqulova Gulandom. Farzandlari: Guljahon, Gulnora, Komil, Bahodir, Baxtiyor, Gulmira. Hamqishloig’imiz xotirasi farzandlari nabiralari va xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
A’zamov Isroil 1965-2013
Darband qishlog’ida tug’ilgan. O’rta maktabni tamomlabDushanbe avtoyo’l institutini tomomlagan. Surxondaryoga qaytib Muzrabot tumanida savdo sohasida ishlagan. Tadbirkor bo’lgan hamqishlog’imiz qator do’konlarni tashkil etib odamlarni ish bilan ta’minlashda munosib hissa qo’shgan. Rafiqasi: A’zamova Zuxra. Farzandlari: Zebuniso, Sitora, Sanjar. Hamqishlog’imiz yodi qalblarimizda mangu saqlanadi.
Elbekov Norqul 1965-1996
Qisqa umr ko’rib , yaxshi xayru amali bilan el nazariga tushish bu, umrboqiylikdir. Hamqishlog’imiz Norqul Elbekov shunday insonlardan edi. Oddiy haydovchilik kasbi bilan el-yurti uchun fidoyilik ko’rsatdi. Oilada ishda quvnoq mehnatsevar edi. Afsuski ayni navqiron yoshida vafot etdi. Norqul Darbandda Qizilqishloq massivida tug’ilgan. O’rta maktabni tugatgandan so’ng Termiz shahriga kelib ishladi. Rafiqasi: Hafizova Salomat. Farzandlari: Hilola, Umidillo. Hamqishlog’imiz xotirasi farzandlari nabiralari va xalqimiz qalbida mangu yashaydi.
NODIR QOZIYeV 1964-2020
Qozizodalar sulolasini kenja vakili bo’lgan Nodirjon Darband qishlog’ida tavallud topib o’z bilimi g’ayrati bilan Tojikiston Universitetini iqtisodiyot fakultetiga o’qishga kirib uni muvaffaqiyatli tamomlagan. 1990 yilga Termiz shahriga kelib bir muddat turli tashkilotlarga ishladi. Shundan so’ng u Termiz shahridagi Soliq idorasida sharaf bilan ishladi.
Qisqa muddatda rahbariyat nazariga tushdi. Soliq idorasida turli lavozimlarida ishlab yurdi. Keyinchalik xususiy qurilish firmasini tashkil etib Termiz shahrini obodonlashtirishga qurilish ishlarida faol ishtirok etib quruvchi muhandis sifatida Termiz shahridagi bunyodkorlik ishlarini rivojlantirishga munosib hissa qo’shdi.
Viloyatni bir qator tumanlarida qurilish ishlarini olib bordi. Tez orada hokimiyat nazarida tushib mohir bunyodkor sifatida xalqimizga tanildi. Eng muhimi N.Qoziev kam ta’minlangan insonlarga yordam berish savobli ishlarni amalga oshirishga kamarbasta edi. Hamqishloqlarni to’yu ma’rakalarida ishtirok etib mo’htojlarga yordam berish Darband qishlog’idagi qabriston yo’llarini ta’mirlash tosh yotqizish asfalt qilish ishlariga munosib ulush qo’shdi.
Nodir Qoziev adabiyotni sevardi akasi marhum shoir Izatillo Kenja she’rlarini yoddan aytib berardi. She’ryatni mukammal tushunishga harakat qilar edi. Shoir yozuvchilarni hurmatini joyiga qo’yib ularga qo’lidan kelgancha yordam berar edi. Surxondaryoda tojik milliy markazini faol a’zosi edi. Bir necha marotaba do’stlik tadbirlariga ishtirok etib ularni qo’llab quvvatlagan edi. Shoir yozuvchilarni kitoblarini chop etishga yordam berardi. Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga intilgan hamqishlog’imizni yoru do’stlari ko’p edi. Ularga xizmat qilishga do’stlik rishtalarini mustaxamlashga harakat qilar edi.
Bevaqt o’lim uni oramizdan erta olib ketdi. Rafiqasi: To’raeva Zebuniso. Farzandlari: Mohina Bahodir, Behzod. Xalqimizning arzanda farzandi saxiy qalb inson ma’rifatparvar Nodir Qoziev xotirasi farzandlari, qarindosh-urug’lar va xalqimiz qalbida mangu yashaydi. Ushbu she’rni do’stimiz xotirasiga bag’ishladim:
Chambulida bahor keladi, Izzatiyga uka edi u,
Nodir Qozi kelmaydi endi. Ne’mat aka qalbida qayg’u,
Qaytib bahor yuz bor keladi. Uni yodi dillarda mangu,
Nodir Qozi kelmaydi endi. Nodir Qozi kelmaydi endi.
Sadoqatli edi bemisol, Qurgan bino uy-joyi qoldi,
Yurar edi xushro’yu xushhol, Piyolada non choyi qoldi,
U hayotda yashadi halol , Yaxshi degan bir nomi qoldi,
Nodir Qozi kelmaydi endi. Nodir Qozi kelmaydi endi
Ekan o’zi dunyosi bir kam, Tog’dek edi undagi bardosh,
So’ngi so’zin aytolmadi ham, Do’stlariga edi u sirdosh,
Darband eli ko’zlarida nam, Topolmayman unday so’hbatdosh,
Nodir qozi kelmaydi endi. Nodir Qozi kelmaydi endi.
Tashlab ishqu kasbu korini, Endi shamol uni sirdoshi,
Zebuniso dilu jonini, Sog’inadi yoru kasbdoshi,
Erkalamas endi yorini, Farzandlari uni izdoshi,
Nodir Qozi kelmaydi endi. Nodir Qozi kelmaydi endi.
Ko’p yig’lamang go’zal qizlari, Dil qalbidan chiqdi bu sado,
Sizga qoldi qoshu ko’zlari, Dedim bo’lsin arvohi rizo,
Qani o’sha shirin so’zlari, Tilovat qil Iskandar Mirzo,
Nodir Qozi kelmaydi endi. Nodir Qozi kelmaydi endi.
Hamroev Do’stmat polvon 1966-2020
Zukko bilimdon polvon hamqishlog’imiz Muzrabotda tug’ilgan. Yoshligida ilm-ma’rifatni sevgan Do’smat o’rta maktabni a’lo baholar bilan tamomlab Dushanbe Qishloq xo’jalik institutiga o’qiydi. Oliygohda ham eng faol talabalardan bo’lgan. O’sha davrlardayoq kurashga qiziqib kuragi yerga tegmagan polvon sifatida tanilgan. Talabalik davrlaridayoq Muzrabot Darbandga tashkil etilgan to’ylarga kelib kurashgan.
Do’stlariga mehrubon dilkash hamso’hbat sifatida ko’p yoru do’stlari bo’lgan. Istarasi issiq ayollarni o’ziga rom etish xususiyati bo’lgan hamqishlog’imizni taqdir uch nafar umr yo’ldoshi bilan siyladi. Hamasigabirde munosabatda bo’lib farzandlarini katta qilishga yordam berdi. Farzandlari ham otaga mehr qo’yib uni aytgani bajaradigan solih farzandlar bo’lib voyaga yetishdi. O’zi ham hayotda qoqilishlariga qaramasdan tashabbuskor, tashkilotchi inson sifatida xalqimizni to’yu ma’rakasida ishtirok etar qo’lidan kelguncha ularga yordam berishga harakat qilar edi.
Rafiqalari:Ikromova Farog’at, Safarova Mahina, Bo’ronova Manzura. Farzandlari: Sitora Marjiniso, Ruxshona, Ahmadsho. Hamesha do’stlarini qadriga yetadigan qarindosh-urug’larga mehrubon bo’lgan hamqishlog’imiz yodi farzanlari xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
Umurqulov Sherali1966-2012
Darband qishlog’ida tug’ilgan hamqishlog’imiz o’rta maktabni tamomlab Termiz shahrida kooperativ texnikumida tahsil olgan. Umrini oxirigacha Termiz shahrida tadbirkorlik bilan shug’ullanib savdo sohasida ishlagan. O’ta mehrubon do’stparvar oilaparvar inson bo’lgan. Hamqishloqlarni to’yu ma’rakasida ishtirok etib nochor nogiron oilalarga yordam qilgan. Rafiqasi: Sherxonova Hilol. Farzandlari: Shahboz, Ozod, Mushtariy. Hamqishlog’imiz yodi farzandlari nabiralari va xalqimiz qalbida mangu qoladi.
A’zamov Safar 1966-?
Darband qishlog’ida tug’ilgan. O’rta maktabni tamomlab Dushanbeda oliygohda o’qib qaytib Termiz shahriga kelib ishlagan. Hamqishlog’imizga uylangan Safar noma’lum sabablardan uydan chiqib ketib qaytib kelmagan. Ko’p yillar axtrishdi. Biron natija chiqmadi. Rafiqasi: Salomova Olmaxon. Farzanlari: Bo’rixol, Xolida, Maftuna. Hamqishlog’imiz yodi qalblarimizda mangu saqlanadi.
Ramazonova Sabohat 1967-2002
Bu hamqishlog’imiz Muzrabot tumanini Yangiobod massivida tug’ilgan. Otasi To’ra bobo Ramazonov. Onasi Imomqulova Zulayxo. Boboavaz qavmidan. Yoshlikda chaqqon mehnatkash aqlu zakovatli bo’lgan bu ayol o’rta maktabni a’lo baholar bilan tamomlaydi. Keyinchalik hamqishlog’imiz Darbandda yashovchi Sherxonov Nosirga turmushga chiqadi. Shirin shakar iila barpo etadi. Keyinchalik kasallik tufayli vafot etadi. Bu ayol umri davomida ko’p kasallik bilan kurashadi. Yetti nafar farzandan ikkitasigina tirik qoladi .Uni ham bittasi keyinchalik vafot etadi.Farzandlari:Sherxonov xusrav (1986-1996), Sherxonov Firdavs. Nosir bu hayotda ko’p ayriliqdan aziyat chekib hozirda boshqa oilasi bilan shod xurram yashamoqda. Iloho o’tganlarni ruhi shod bo’lsin. Hamqishlog’imiz yodi farzandlari va xilqimiz qalbida mangu yashaydi.
Imomqulov Faxriddin 1968-2020
Inson berilgan qisqa umri davomida o’zini nomini tarixda qoldirishi xech gap emas. Faqat shunga intilishi mehnat qilishi aql bilan ish tutib butun bilimi qobilyatini yuzaga chiqarish uchun tinmay o’qib o’rganib hayotga ijodiy yondoshishi kerak. Ana shundagina har bir kishi ko’zlagan maqsadiga yetishi xalqini qalbida abadulabad manzil topishi mumkin.
Qahramonimiz ham qisqa umri davomida xalqini e’tiborini qozonib dinu diyonatda oliy darajada yondoshib elni to’g’ri yo’lga hidoyat etish ularning dinimizga bo’lgan mehrini oshirish, e’tiborini kuchaytirib saxovatpeshalik himmatbalandlik eng muhimi Alloh izmida bo’lib Vatannni rivoju ravnaqiga salmoqli hissa qo’shishga undadi. O’zi ham o’qituvchilik bilan birga odamlarni diniy savodxonligini oshirishga harakat qildi. To’yu-ma’rakalarda berilgan savollarga to’g’ri javob berib dinu diyonatni targ’ib etish to’g’ri yashash hallolik poklikka intilib yashashga da’vat etdi.
Denov tumanining Hazorbog’ qishlog’ida dunyoga kelib oilalari Qiziriqqa ko’chib kelgach 1974 yili shu tumanninig beshinchi xo’jaligidagi 12-sonli maktabga tahsil olib maktab davridayoq to’garaklarga ishtirok etib o’zining bilimdonligi zukkoligini namoyon etgan hamqishloqlardan biri edi. 1985- yilda Tojikiston Texnika Universitetini qurulish kulliyotiga o’qishga kirib uni muvaffaqiyatli tamomlab o’zi o’qigan 12-sonli maktabda matematika fani o’qituvchisi sifatida faoliyat ko’rsatdi.
Dushanbeda talabalik paytidayoq o’zini iqtidorini namoyon etgan baquvat bo’lganligi bois karateda qatnashib Dushanbe shahri bo’yicha o’tkazilgan musobaqada faxrli o’rinni egallab diplom va sovg’alar bilan taqdirlangan.
Shu davr davomida u ilm fan bilan jiddiy shug’ullanib bobolaridan meros qolgan (Mulla Mirzo Umar donishmand shoir yozuvchi yigirmanchi asrda yashab dinu diyonatli bo’lganligi bois qatag’onga uchrab qamalib 17 yil Sankt-Peterburgni Nikolaevsk turmasida yotib chiqib kelgan. inson, she’riy kitoblari mustaqilliik davrida “Munojot” nomi bilan chop etilgan.) qo’lyozmalarini she’r tartibiga keltirishi diniy dunyoviy bilimlarini o’rganishga jiddiy kirishdi. Chunki bobosi mulla Mirzo Umardan yoshlikdan qur’oni karimni o’rganib uni yod olgan edi.
Afsus umr vafo qilmadi. Ko’p ijodiy ishlari qolib ketdi. Kasallik bois nogironlik nafaqasiga chiqqan hamqishlog’imiz 2020 yilda vafot etdi. Rafiqasi: Devonaqulova Dilbar. Farzandlari: Muhammad. Dindor sobitqadam faqat umrini o’qib o’rganish amal qilishga bag’ishlagan F.Imomqulov xotirasi farzandlari nabiralari qarindosh-urug’ va xalqimiz qalbida mangu qoladi.
Jumaqulov Komil 1967-2021
Muzrabot tumani Yangiobod massivida tug’ilgan. O’rta maktabni tamomlab haydovchilik kursiga o’qib haydovchilik guvohnomasini olib butun umri davomida Kamaz avtomashinasini boshqargan. O’z ishiga ustuvor bo’lgan. Barcha yaxshi xislatlari bilan tengdoshlari va safdoshlari orasida yaxshi inson yaxshi haydovchi sifatida e’tirof etilgan. Namunali oila barpo etib solih farzandlarni voyaga yetkazgan. Rafiqasi: Zayniddinova Ibodat. Farzandlari: Firo’z, Dilrabo, Dilbar, Iroda, Farzona, Farangiz. Hamqishlog’imiz yodi farzandlar, nabiralar va xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
Azizov Sherali 1967-1997
Muzrabot tumanining Turkiston shirkat xo’jaligida tug’ilgan. O’rta maktabni tamomlab 1985-1992 yillar Tojikiston Oliygohini riyoziyot kullyotida tahsil olgan. Bir muddat Muzrabot texnikumida o’qituvchi bo’lib ishlab so’ngra tijorat-tadbirkorlik bilan shug’ullanadi. 1997 yilda 30 yoshida texnika falokati tufayli fojiali vafot etadi. Rafiqasi: Manzura Rajabova. Farzanlari: Sabina, Mahina, Abdusattor. Ajoyib tadbirkor, mehrubon oila sardori hamqishlog’imiz xotirasi farzandlari nabiralari va xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
Safarqulov Sarboz 1967-1995
Darband qishlog’ida tavallud topgan. Otasi Ibrohim Ma’murov o’qituvchi bo’lgan. Onasi Orzuxol Rahimova uy bekasi edi. Sardor o’rta maktabni tamomlab Toshkent pedagogika oliygohida taxsil olgan. Chaqqon, baqquvat, ishbilarmon faol yoshlardan edi. 1995 yilda ehtiyotsizlik tufayli vafot etgan. Farzandlari: Mohigul, Shohruh, Shahboz . Navqiron yoshida vafot etgan hamqishlog’imiz xotirasi farzandlari nabiralari qalbida mangu yashaydi.
Tog’aeva Malohat 1967-1989
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Darband qabristonida edim. Ota-onam qabrlarini ziyorat etgach do’stlar bilan hamqishloqlar qabrlarini ziyorat etdik. Katta yodgorlik toshi o’rnatilgan qabr teppasida bir ayol ichki bir dard-alam bilan unsiz yig’layotgan edi. Borib avval yodgorlikka razm soldim...Onaxon bilan so’rashdim:-Suyar kelinim edi,-dedi-da boshqa gapirolmadi... Ha, Malohat hamqishlog’imiz Rashid Sherqulovga turmushga chiqib 2-nafar farzand ko’rgan. Kasallik tufayli 22 yoshida bevaqt hayotni tark etdi. Hamqishlog’imizning bevaqt vafoti dillarga g’am-anduh urug’ini sochdi. Chunki Malohat yetuk ziyoli oilada voyaga yetdi. O’rta maktabni a’lo baholar bilan tugatib, Tojikiston pedagogika institutiga hujjat topshirib, talabalik baxtiga muyaassar bo’ldi. Ammo na chora umr ekan. Ayni yoshlikni go’zal damlarida o’lim uni o’z bag’riga oldi.
Ota onasi uchun bu anduh-g’am og’ir edi. Ammo dinu diyonatga yaqin bo’lgan bu oila taqdirning beshafqat ko’rgulini sabr-toqat bilan o’tkazdi. Iloho, Malohatning arvohi shod, oxirati obod bo’lsin. 2-nafar farzandi: Nigina va Farruxlar undan yodgor qoldi. Yoshligida vafot etgan hamqishlog’imiz xotirasi dilimizda, qalbimizda mangu saqlanib qoladi.
Sag’iraeva Latofat 1968-2000
Hayotni erta tark etgan hamqishloqlar ismi sharifiga ko’zingiz tushar ekan, yuraklar zirqirab og’riydi. Chunki Alloh taollo inoyati bilan yaratilgan odamzot bu hayotni ertami kechmi tark etmog’i aniq. Hayotda zurriyod qoldirishga ham ulgurmagan hamshilog’imiz L.Sag’iraeva 32 yoshida hayot bilan vidolashdi. Muzrabot tumanining Yangiobod qishlog’ida tug’ilgan. A.Lohutiy nomli o’rta maktabni tugatib Termiz tibbiyot kollejida tahsil olgan. 5-yilcha Termiz shahar tibbiyot muassasalarida ishlab 2000 yilda kasallik sabab vafot etgan. Bevaqt vafot etgan hamqishlog’imiz yodi xotiralarimizda mangu saqlanadi.
Safarov Solehjon 1968-2020
Inson hayoti davomida yaxshi nomga ega bo’lsa bundanda chinakam baxt yo’q. Siz haqingizda atigi bir kishi qayg’urib sizni yodga olishga intildimi demakki sizni hayotingiz izsiz o’tmagan ekan. Oramizdagi hamqishloqlardan ko’pchiligi elu-yurt uchun yaxshi xayru amallarni bajarganligi bois el nazariga tushib ularning porloq xotirasi yaxshilik bilan yod etilmoqda.
Solehjonni ham bevaqt vafoti bir zumda viloyat bo’ylab tarqaldi. Viloyat hokimligi o’z majlislar hokimiyat xodimi Solehjonni vafot etganligi munosibati bilan barcha yig’ilish ishtirokchilari o’rinlaridan turib bir daqiqa sukut bilan yod otib keyin majlisni boshlaganlar.
Solehjon Safarov ham qisqa umri davomida xalqimizning nazariga tushdi. Termiz shahar hokimligida biron bir ishimiz yumushimiz chiqsa albatta Solehjonga murojaat eting deb maslahat olardik maslahat berardik. Ha, Solehjon biron marotaba biron kishini ra’yini qaytarmagan yoki uni ishini hal bo’lmaydi deb javob bermagan hamisha unga oxirigacha yordam berishga intilgan. Ishini hal qilib berib ko’p insonlarni duosini olgan.
Afsuski kasallik uni hayotini erta tugashiga sabab bo’ldi. Biroq ortidan qolgan yaxshi xayru amallari kasbu kori uni nomini abadiy bo’lishiga olib keldi. Chunki u ziyoli oilada tavallud topdi. Otasi Jo’ra Safarov butun umri xalq farzandlariga bilim berish shu bilan bir qatorda muxbir jurnalist sifatida elu yurtimizni mushkilini oson qilishga kechdi.
S.Safarov Darband qishlog’ida o’rta maktabni muvafaqiyatli tugatib 1985-1991 yillar Tojikiston Respublikasi Davlat Universitetida mexanika fakultetiga o’qigan. Shundan so’ng, Termiz shahriga kelib 2005 yilda Termiz davlat Universitetida iqtisod fakultetini sirtdan tamomlagan. 1991-1999 yillarda Termiz shahridagi “Sohibkor” agrofirmasida muhandis ta’minlovchi vazifasida ishlagan. 1999-2003 yillar Termiz shahar hokimligi qoshidagi uy-joy ta’mirlash va foydalanish bo’limida bosh muhandis 2003 yildan boshlab umrini oxirigacha Termiz shahar hokimligida turli lavozimlarda ishlagan.
Solehjon ish faoliyati davomida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 va 25 yilligi hamda O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 25 yilligi estalik ko’krak nishonlari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. Eng muhimi u o’ziga topshirilgan vazifalarni sidqidildan bajarishga intilgan va bunga erishgan ham. Rafiqasi: To’raeva Sayyora. Farzandlari: Matluba, Zarina, Suxrob, Nigina. Solehjon Safarov xotirasi farzandlari xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
Umurqulov Nurali 1968-2013
Darband qishlog’ida tug’ilgan. Xo’jalikda mashhur cho’pon yilqiboqar sifatida tanilgan. Odamlarga ko’p yaxshilik qilgan. Oilaparvar yaxshi do’st bo’lgan. Rafiqasi: Nazarova Basanda. Farzandlari: Hotam, Mirali, Ramziddin, Qudratoy. Hamqishlog’imiz yodi qalbimizda mangu saqlandi.
Muhamadinov Zamir 1968-1983
Dar dehai Darband tavallud yoftaast. Solhoi 1975-1985 dar maktabi deha tahsil girifta borho dar ozmunhoi fanni choyi namoyonro ishg’ol namuda bud. Afso’s margi bemahal o’ro dar sinni 15-solagi darrabud.Xotirai neki o’ dar dilu didai hamdehagon boqi memonad
Imomqulov Baxriddin 1968-2015
Har bir kasb egasini taqdiri uni xalqiga xizmat qilganini o’zi bir kitob. Agar el-yurt uni eslasa u haqida xotiralarini gapirib gurunglarda u zo’r odam edi deb tilga olsa demakki u barhayot. Har doim vafot etgan hamqishloqlar haqida odamlardan yaxshi bir xotira eshitsak kishini qalbiga iliqlik inadi. Ayniqsa shifokorlar haqida gap ketganda butun viloyat bo’ylab B.Imomqulovni nomini ko’p kishi tilga oladi. Uni zukkoligi o’z kasbini yaxshi bilgani eng muhimi butun kuch- g’ayratini xalq salomatligi yo’lida baxshida etgani haqida to’lqinlanib gapirishadi. Ha, yaxshi insonlar xotirasi mangu abadiydir. Ularning asrlar osha qilgan savobli ishlari aytiladi yod etiladi, kitoblarga yoziladi
Hamqishlog’imiz Qiziriq tumanida toqvodor oila bir oila ki Mulla Umar sulolasini davomchisi u kishini farzandlari Ro’zimurod aka xonadonidan tug’ilgan. Ro’zimurod aka o’zi bilimdon qur’onxon ziyoli kishilardan edi. Farzandlarini ham tarbiyali etib voyaga yetkazishga harakat qilgan. Jumladan, o’g’li Bahriddin 1993 yilda Toshkent tibbiyot institutining davolash fakultetini tugatgan hamqishlog’imiz o’z faoliyatini viloyat 1-son shifoxonaning travmatologiya bo’limida boshlagan.
Butun umrini xalq xizmatiga bag’ishlagan Baxriddin oliy toifali travmatolog-ortoped sifatida xalqimizning e’tiboriga tushdi. Uni ijobiy fazilatlari kamgapligi xushmuomalaligi mehrubonligi vafotidan so’ng ko’p insonlarni qayg’uga qo’ydi. Uzoq tog’li qishloqlardan fotihaga kelgan insonlar uni xonadonida uvvos solib yig’lab doktor haqidagi xotiralarini gapirib qarindosh urug’larga farzandlariga tasalli berishgan.
Inson umri qisqa. Qisqa umr davomida ham odamlar yuz yil yashab ortirolmaydigan yaxshi xayru amallar ehtiromini qisqa umr davomida ham olish mumkin ekan. Bahriddin qisqa umri davomida odamlar asr osha amalga oshirolmaydigan ishlarni bajarib xalqimizni ehtiromiga sazovor bo’lgan. Rafiqasi: Safarova Umida. Farzandlari: Islom, Ilhom, Maxfuza. Xalq xizmatida bo’lgan mohir shifokor B.Imomqulov hamisha barhayot uni xotirasi qalbimizda hech qachon unitilmaydi.
Mehrojov Davron 1968-1996
Darbandning Qapchig’ay qishlog’ida tug’ilgan. O’rta maktabni tamomlab Tojikiston Davlat Universitetining mexanika-matematika fakultetiga o’qigan. Harbiy xizmatdan so’ng Termiz shahridagi “Qaldirg’och” savdo markazida ishlagan. Tadbirkor, ishbilarmon baquvvat, polvon yigit bo’lgan hamqishlog’imiz bu hayotni erta tark etgan. Rafiqasi: Allayorova Muborak. Farzandlari: Daler. Bilimdon, polvon hamqishlog’imiz yodi farzandi hamqishloqlar qalbida mangu saqlanadi.
Mahmadqulova Farida. 1969-1994
Hayotni juda erta tark etgan hamqishlog’imiz Muzrabot tumani Yangiobod massivida tug’ilgan. Yoshligida chaqqon, sho’x shadon qiz sifatida maktabda a’lo baholar bilan o’qigan. Uni vafoti qarindosh-urug’ ota-qalbida katta qayu tushirgan. Biroq, nima ham deymiz. Ajal haq. Iloho oxirati obod bo’lsin. Xotirasi hamisha qalbimizda.
Boboev Davron 1969-2021
Muzrabot tumanida tug’ilgan o’rta maktabni tugatib ustochilik bilan shug’ullangan. Har bir ishlagan joyida o’zini ishchanligi ishlarni sifatli bajarishga harakat qilgan. Oilasi va farzandlari haqida ma’lumot yo’q. Hamqishlog’imiz xotirasi xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
Raximov Yo’ldosh 1969-2006
Termiz shahrida tug’ilgan.Chaqqon tengdoshlari o’rtasida bilimdon uddabaron yoshlardan bo’lgan. O’rta maktabni tamomlab Termiz texnikumida tahsil oladi. O’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lib shu qatorida haydovchilik kursida ham o’qiydi. Bir muddat turli sohalarda ishlab keyinchalik Kamaz haydovchisi sifatida taniladi. Har bir topshiriqni vijodonan bajarishga odatlangan Yo’ldosh hamqishloqlar orasida mehnatkash, qiyinchiliklarni sabot bilan yengadigan inson sifatida yod etiladi. Rafiqasi: Raxmonova Feruza. Farzandlari Zarina, Sanjar, Abduraxim. Hamqishlog’imiz xotirasi farzandlari xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
Ramazonov Anvar 1969-2007
Inson hayot gultoji. Uning umri misoli bir toshqin daryo. Kimdir erta kimdir kech bu hayot bilan vidoloshadi. Biroq, hayotdan erta o’tib ketish ota-ona qarindosh urug’- kunglida g’am-hasrat nihollarini ekadi. A. Ramazonov ham ajoyib hamqishloqlardan edi. Darbandning Qapchig’ay mahallasida tug’ulib o’sdi. Maktabni tamomlab ishga shung’ib ketdi. Ishladi. Obro’ ehtiromga ortirdi. Biroq, 38 yoshida bu hayot bilan vidolashdi. Uning vafoti barcha qarindosh urug’larni chuqur qayg’uga qo’ydi. Undan ikki nafar farzand yodgor qoldi. Oilasi, Zulfiya Mavlonova. Farzandlari Zarrina Firo’z. Hamqishlog’imiz yodi farzandlari qarindoshlar va xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
Afg’onova Iroda 1969-1995
Denov tumanining Munora qishlog’ida tug’ilgan. Qishloq maktabida tahsil olgandan keyin bir muddat Denov tumani markaziy shifoxonasida faol ishladi. Jamoa mehrini qozondi. Chunki u mehnatsevar, ko’ngli ochiq edi. O’n gulidan bir guli ochilmagan Iroda bu hayot bilan erta vidolashdi. Xotirasi qalblarimizda mangu saqlanadi.
Ramazonov Rauf 1969-1989
Muzrabot tumani Yangiobod qishlog’ida tug’ilgan. Yoshlikda jasur, polvon bo’lib o’sgan Rauf qishloqdoshlar sinfdoshlari o’rtasida shirinso’zligi, mehrubonligi, polvonligi bilan ajralib turardi. O’rta maktabni tamomlab bir muddat isho’laydi. So’ngra harbiy xizmatga chaqiriladi. Taqdirni qarang ki harbiy xizmatni o’tayotgan chog’i xizmat vaqti vafot etadi. Uning bevaqt o’limi ota-ona va qarindosh urug’lar Darband xalqini qalbini larzaga keltirdi. Na chora. O’lim haq ekan. Uning porloq xotirasi qalblarimizda mangu saqlanadi.
Xursandova Sayyora 1970-2020
Darbandda tug’ilgan. O’rta maktabni tugatgan. Oilasi farzandlari haqida ma’lumot berilmagan. Iloho ruhlari shod oxirat manzillari obod bo’lsin. Omin!
Inoqov Xurshed 1970-2021
Safdoshlar orasida baquvvat chaqqon bo’lib voyaga yetgan hamqishlog’imiz Muzrabot tumanida tug’ulib o’rta maktabni tamomlab 1992 yilda Termiz davlat universitetini jismoniy tarbiya bo’limida o’qiydi. Oliygohni muvaffaqiyatli tugatib qishloq maktabida jismoniy tarbiya o’qituvchisi sifatida yoshlarga dars bergan.
Har bir o’tkaziladigan darsga ijodiy yondoshib ko’p yoshlarni sportga qiziqtirib shogirdlar tayyorlaydi. Rafiqasi A’zamova Nasiba. Farzandlari: Mashrab, Nilufar, Sunatillo. Hamqishlog’imiz yodi farzanlari xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
Jumaqulova Nodira 1972-1990
Hayotda inson bevaqt vafot etmasin. Nodira ota-ona, qavmu qarindoshini yig’latib, 18 yoshida bu hayotni tark etdi. U Termiz shahrida Qaraqul bobo va Turdixol momo xonadonida dunyoga keldi. Termiz shahridagi 2-o’rta maktabda o’qidi. Termiz tibbiyot kollejini tamomlab bolalar bog’chasida hamshira bo’lib ishlar edi. Texnika falokati tufayli 1990 yilda 18 yoshida vafot etdi. Darband qabristoniga dafn etilgan. Hayotga erta ketgan, zurriyod ko’rishga ulgurmagan hamqishlog’imiz xotirasi qarindoshlar va xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
Xolmahmatov Najmiddin 1970-1988
Darbandda tug’ilgan. Qaerda o’qib ishlaganligi oilasi qarindoshlari haqida ma’lumot berilmagan. Iloho ruhi shod oxirgi manzili obod bo’lsin.
Pirimov Jamshed 1970-1999
Darbandnig Qapchig’ay mahallasida tug’ilgan. O’rta maktabni tamomlab Muzrabot tumanidagi Kolejni hisobchilik bo’limida o’qiydi. Xarbiy xizmatdan so’ng Muzrabot savdo tashkilotlariga ishladi. Amakisini qizi Bo’riqul Primovni Gulbahor qiziga uylanib 2-nafar farzandi dunyoga keltirdi. Baxtli hayot kechirayotgan bir paytda bevaqt o’lim uni o’z girdobiga tortdi. 1999 yil 5 avgustda vafot etdi. Ota-ona qavmu qarindoshlar bu nogohoniy o’limdan dodga kelib undan yodgor qolgan qizlarini bag’irlariga bosgancha vidolashdilar. Rafiqasi: Pirimova Gulbahor. Farzanlari Elmira, Boyota. Hamqishlog’imiz xotirasi xalqimiz farzandlari qalbida mangu saqlanadi.
Ramazonova Nigina 1970-2018 yil
Insoni umri oqar daryo. Bir zumda o’tadi ketadi. Birgina zuryod ham ota-onani nomini o’zoq yillar yaxshilik bilan olib o’tadi. Niginaa ham yoshlikda o’qish oilali bo’lish solih farzandlarni tarbiyalashni orzu qilgan edi. Eng muhimi adabiyotni jonu dilidan sevim o’zbek va tojik tillarida birdek ijod qilishga harakat qilardi. She’rlar o’sha davrdagi “Sadoi Surxon” ,”Xovar”va “Surxon tongi” gazetalariga nashr etilgandi. Uni Sabrinayu Sudoba she’rini o’qing.
Sabrinayu Sudoba,
Duxtaroni xushro’yam,
Shirinand az yakdigar,
Mahruxoni gulro’yam,
Sabrinayu Sudoba,
Boli man, parvozi man,
Ham munisu mehrubon,
Hamdamu hamrozi man.
SabrinayuSudoba
Do'stlaringiz bilan baham: |