Qaysi adib 1934-yili o`zi tug`ilib o`sgan qishloqda Parveztepa mavzeyida vafot etadi? Sirojiddin Sidqiy
Sirojiddin Sidqiyning asarlarini kim O`zFA Sharqshunoslik institutining qo`lyozmalar fondiga keltirib topshiradi? Abdulla Nosirov
Qaysi ijodkorning adabiy jamoatchilik tomonidan 1984-yili 100 yilligi, 1994-yili 110 yilligi nishonlandi? Sirojiddin Sidqiy
O`zbek adabiyoti tarixida “Zarbulmasa” yaratish an’anasi kimlarning ijodida uchraydi? Gulxaniy, Nozil Xo`jandiy, Sulaymonqul Rojiy
Gulxaniy, Rojiy, Sidqiy “Zarbulmasal”larining o`ziga xos jihatlari qanday?
Sirojiddin Sidqiyning “Holoti Sidqiy” asari qayerda saqlanadi? Abu rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida
Mumtoz adabiyotda tarjimayi hol xarakteridagi asarlar yozish an’anasi qadimdan ma’lum, bunday asarlar qanday atalgan? Manoqib, holot, ahvolot
Qaysi asar besh yuzdan ortiq maqol, matal va xalq naqllariga qo`yilgan savol va ularga to`g`ri, kinoya hamda kesatiq ma’nolaridagi izoh yoki javoblardan iborat? “Zarbulmasali Sidqiy”
Sirojiddin Sidqiyning qaysi asari 1915-yilda Toshkentda chop etilgan va 1917-yilda qayta nashr qilingan? “Mezoni shariat”
Sirojiddin Sidqiyning “Mezoni shariat” asari 1992-yilda kim tomonidan uchinchi marta nashr qilinadi?
Sirojiddin Sidqiy nasriy merosining salmoqli qismini diniy-axloqiy asarlar tashkil qiladi, shunday asarlari sirasiga kiruvchi asari qaysi? “Tazkirai Imomi A’zam”
Sirojiddin Sidqiy kimning asariga xattotlik qilib ko`chirgan? Vasliy Samarqandiyning “Al-kalom ul-afhom fi manoqib il-Imomi A’zam”
Sirojiddin Sidqiyning G`ulomiya matbaasida 1918-yilning 18-yanvarida alohida varaqa holida bosilib chiqqan asari qaysi? “Umidi ittifoqi” tarji’bandi
Bizlara lozimdur emdi, ey musulmon, ittifoq!
Filmasal jism o`lsa birlik, go`yiyo jon ittifoq! Ushbu misralar muallifi kim?
Sirojiddin Sidqiy
Sirojiddin Sidqiyning 1917-yil martida juda qisqa muddatda yozilib, juda tez bosilib chiqqan, mavzu va maqsadiga ko`ra adabiyotimiz tarixining diqqatga sazovor hodisalaridan biri bo`lgan asari qaysi? “Rusiya inqilobi” doston
Sirojiddin Sidqiyning “Rusiya inqilobi” dostonining hajmi qancha? 48 betdan iborat bo`lib, 1502 satr
Qaysi asarning 72 satri fors-tojik, 1430 satri o`zbek tilida yozilgan? Sirojiddin Sidqiyning “Rusiya inqilobi” dostoni
Sirojiddin Sidqiyning “Rusiya inqilobi” dostoni muqaddima va xulosadan tashqari nechta bobdan iborat” 13 bobdan
19. Ki eski hukumat zamoni aro
Yo`q erdi bu xil jur’at etmak mango.
Alar asrida jur’at etsam agar,
Yopar erdilar turmag`a sarbasar. Ushbu misralar kimning qaysi asaridan olingan? Sirojiddin Sidqiyning “Rusiya inqilobi” dostoni
U ijodkordan surat qolgan emas, u suratga tushmagan, shoirning 1984-yilgi “Navbahor” to`plamiga chizilgan surat qarindoshlarining so`ziga qarab ishlangan? Sirojiddin Sidqiy
Sirojiddin Sidqiyning otasi kim bo'lgan? Mirzohid oxund
Ushbu jumlalar kim haqida:
6 yoshlarida savodi chiqadi, xati ravon bo'lib, qisqa muddatda sheriklari orasidan ko'zga tashlanib qoladi? Sirojiddin Sidqiy
Sirojiddin Sidqiy Madrasayi Rahmatullohda kimning qo'lida arab tili sarf va nahvini o'rganadi? Shomuhiddin oxund
Qaysi ijodkor Muhammad Shohmurod kotibga shogird tushadi? Sirojiddin Sidqiy
Sirojiddin Sidqiyning shoir sifatida shakllanishida kimning xizmati katta bo'lgan? Karimbek Kamiy
Sirojiddin Sidqiy ishqiy she'rlarini qaysi taxallus bilan yozgan? Shavkat taxallusi
Sirojiddin Sidqiy taxalluslaridan biri bo'lgan Shevan taxallusining ma'nosi qanday? Nola, fig'on
Sirojiddin. Sidqiy devoni qanday ataladi? "Devoni Sidqiy"
Qaysi ijodkor hushtak yasash, qush ovlash, qush boqishga usta bo'lgan? Sirojiddin Sidqiy
Sirojiddin Sidqiyning "Navbahor" to'plamida qayerning qozisi haqida voqeiy hikoya joy olgan? O'nqo'rg'on qozisi
Sirojiddin Sidqiy qaysi asarlarni tarjima qilgan? "Ming bir kecha" , Sa'diy Sheroziyning "Bo'ston"
Sirojiddin Sidqiy kimga alohida buyuk ixlos va muhabbat bilan qaraydi? Navoiy
Kimning lirik she'rlari shuni ko'rsatadiki, u mumtoz adabiyotimizdagi hayotiy, insoniy muhabbat, odamiylik singari eng yaxshi an'analarni davom ettiradi? Sirojiddin Sidqiy
Sirojiddin Sidqiyning o`g`illari kimlar? Fathulkarim va Omonullo
“Xoin, zolim, qaroqchi eski amaldorlardan faryodi tazallum”, Tafriqalar ko`tariluvi” boblari qaysi asarda uchraydi? “Rusiya inqilobi”
“Rusiya inqilobi” dostonidagi eng yirik bob qancha satrdan tashkil topgan? 314 satr
Do'stlaringiz bilan baham: |