21
uloqlarni emizishda «Xo‗sh-xo‗sh», «Turey-turey», «Churey-churey» kabi xalq
qo‗shiqlari dehqon va chorvadorlar ish faoliyatini o‗zida aks ettiradi.
2.4. Xalq dostonlari va ularning turlari
«
Doston
»
forscha so‘z bo‘lib, qissa, hikoya, sarguzasht, ta’rif ma’nolarini
bildiradi.
Adabiy atama sifatida ham folklorning, ham yozma adabiyotning muayyan
janrini anglatadi. Xalq og‗zaki ijodiga mansub asarlarni
yozma dostonlardan farqlash
uchun ular xalq dostonlari deb yuritiladi. Favqulodda xususiyatlarga ega qahramonlarning
boshidan o‗tgan qaltis voqealar she‘r va nasriy yo‗lda aralash tasvirlangan yirik hajmli,
muallifi noma‘lum epik asarlar xalq dostonlari deyiladi.
Xalq dostonlarini do‗mbira yordamida ijro etuvchi, kuylovchi san‘atkor o‗zbeklarda
«
shoir
»
yoki
«
baxshi
»
deb atalgan. Xorazmda dostonlar tor jo‗rligida aytiladi va bu xil
aytuvchilar
«
xalfa
»
deb yuritiladi.
Baxshi va xalfalarning badiiy bisotida juda ko‗p
mavzularda, turli yo‗nalishlarda
yaratilgan dostonlar mavjud. Ularning ilk bor qachon va kim tomonidan aytilganligini
aniqlash deyarli mumkin emas. Baxshilar repertuaridagi asarlarning katta qismini ishqiy-
sarguzasht dostonlar tashkil etadi. Bunday dostonlar mazmuni, asosan,
sevgi
mojarolaridan iborat. Ulardagi sevgi mojarolari qo‗rqinchli sarguzashtlar, ertaklardagidek
xayoliy hodisalar hayotiy-real voqealar bilan aralash tasvirlanadi.
Bunday dostonlardagi voqealar tizmasi (syujet) bir-biriga ancha o‗xshashdir.
Qahramon ko‗pincha afsonaviy go‗zalni tushida yoxud uning suratini uzukda yoki oynada
ko‗rib qolib unga g‗oyibona oshiq bo‗ladi. So‗ng uni izlab xatarli safarga otlanadi,
sermashaqqat va tahlikali sarguzashtlarni, ajoyib-g‗aroyib voqealarni boshidan kechiradi,
turli dushman kuchlar bilan to‗qnashadi, qahramonlik namunalarini ko‗rsatadi. Nihoyat,
barcha qiyinchiliklarni yengib o‗tib maqsadiga erishadi. Dostonlarimizning asosiy qismi
ishqiy sarguzashtlarga bag‗ishlanganligi o‗zbek xalqi juda qadim zamonlardan buyon chin
insoniy muhabbatni qadrlaganini ko‗rsatadi. Ota-bobolarimiz
hamisha yor tanlashda,
yorga yetishish uchun kurashishda, uning nomusini himoya qilishda dunyo xalqlariga
namuna bo‗lib kelganlar.
22
Dostonlar ijrochidan ham badihada, ham ijroda juda katta ijodiy mahorat talab qiladi.
Dostonning og‗izdan og‗izga o‗tib avloddan avlodgacha yetib
kelishi ustoz-shogirdlik
an‘analarining vujudga kelishiga, oqibatda yirik dostonchilik maktablarining yaralishiga
sabab bo‗ldi. O‗zbek folklorida xalq dostonlari alohida o‗rin tutadi.
Olimlar XIX asr
oxiridan XX asrning ikkinchi yarmiga qadar o‗zbek baxshilari tomonidan kuylangan
Do'stlaringiz bilan baham: