Aqlli bola
Bir kuni kechasi ot ustida borayotgan Alisherni uyqu bosib, koziga qum tiqila boshladi. Kunduz kuni salqin bir buloq boyida chodir tikib, hamma orom olgan paytda, Alisher bir- ikki bola bilan sahrodagi katta kaltakesaklarni quvib, juda charchadi. Mana endi yarim kechada uyqu bosib, boshi garang bolib qoldi. Kichkina chavandozning egar ustida uxlab qolganini sezgan ot esa yurishini sekinlatib orqada qolib ketdi. Tong payti Alisherning oti nimanidir hurkib ketib, uni yiqitib yubordi. U qayerdaligini bilmay hayron bolib otirdi. Nihoyat, hushi oziga kelgach, bepoyon cholda bir ozi qolganini korib, juda qorqdi. Alisher otasidan, Iroq viloyati kun botish tomonda, Hirot - kun chiqishda, degan gapni eshitgan edi. Aqlli bola kun yorishib kelayotgan tomonga qarab yurib ketdi
Insonning eng qudratli boyligi
Inson oz aql-idroki, bilimi bilan barcha qiyinchiliklarni yengib otishga qodir. Bilim insonlarni barcha yomon, yaramas ishlardan tiyib turadi. Bilim egalari hamisha elda aziz bolganlar va hurmat qozonganlar. Mamlakat ishiga nafi tegadigan kishilar avvalo bilimli va donishmand kishilardir. Jahonda bilimdan ulug, bilimdan aziz narsa yoq. Insoniyat rivojiga oz hissasini qoshadigan bilimli kishilar hozir olimlar deb ataladilar. Olimlar tabiat va jamiyat bilan bogliq hodisalarni organadigan, ulardan xulosa chiqaradigan va qonuniyatlarni aniqlab, ozidan keyingi avlodlarga yetkazadigan insonlardir. Ularning mehnati bilan bebaho fikrlar xazinasi bolmish kitoblar dunyoga kelgan. Qadimgi vaqtda esa olimlar donishmandlar deb atalib, ular bir necha sohalar bilan shugullanganlar. Shunday qomusiy sharq olimlaridan Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniylarning yaratgan asarlari jahon ilm xazinasining poydevorlari hisoblanadi. Barcha kashfiyotlar, insoniyat erishgan yutuqlar va hozirgi taraqqiyot olimlarining mehnati natijasidir.
(130 soz ,,Ozbek tili darsligi)
Ilm xosiyati haqida
Hadisi sharif va islomning boshqa muqaddas kitoblarida ilm ezgulik, poklik, insonlarni turli ofatlardan asrovchi vosita sifatida qaraladi. Ilm bu hikmat, poklik ramzi, ilmsizlik jaholatdir, deb uqtiriladi.
Ilm - imon-etiqoddir va ular egizak sanaladi. Har qanday ilmli kishi esa oz bilimiga amal qilgan holda odamlarga togri yol korsatib, maslahat bermogi lozim. Ilm-u hikmatlar otkinchi bir narsa emas, u uzoq yillar insonlar bilan birga yashaydi.
Hikmatlarda ilmli kishi mevali daraxtga oxshatiladi. Ilm kishilarni odillik va odamiylikka undaydi. Suv yer chanqogini qondirganidek, ilm ham kishilarga ezgulik, yaxshilik keltiradi.
Ilm va hikmat organmoq momin kishining yuksak fazilatidir. Chunki ilm-kishilarga tayanch, rahnamo, zeb-u ziynat.
Ilm - sahroda dost, hayot yollarida tayanch, yolgiz damlarda yoldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayguli onlarda madadkor.
(115 soz. Oz-oz organib dono bolur)
Sumalak
Sumalak xushxor va tansiq taom. Sumalak tayyorlash uchun bugdoy tozalanib, sovuq suv bilan yuviladi. Song uch kun ivitib qoyiladi. Bugdoy nish urgach, toza taxta ustiga 1-1,5 santimetr qalinlikda yoyilib, quyosh tushmaydigan joyga qoyiladi. Bugdoy unib chiqqunga qadar har kuni ertalab suv sepib turiladi. Bugdoy maysasi igna boyi bolgach, maysa qiymalanadi, ustidan suv quyib aralashtiriladi, sharbati dokadan suzib olinadi. Shu tariqa sharbati uch marta olinadi. Qozonda paxta yogi doglanadi, yoqqa un va birinchi suzilgan sharbat aralashtiriladi va baland olovda qaynatiladi. Songra, ikkinchi, uchinchi suzilgan sharbat quyilib, baland olovda qaynatish davom ettiriladi. Sumalak tagiga olmasligi uchun qozonga 15-20 ta yongoq yoki silliq toshchalar yuvib solinadi va betoxtov kovlab turiladi. Sumalak 10-12 soat qaynashi lozim. Sumalak pishgach, qozonning olovi olinib, 2-3 soat davomida dimlab qoyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |