(116soz. U. Mahkamov, Axloq-odob masalalati)
Qush tili
Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan oqiydi. Bu kitobni oqiganda u ozini ajoyib bir bog ichida yurgandek his qiladi. Bugun ham uning koz ongida bahaybat semurg qushining Xitoy ustida parvoz qilib yurgani gavdalandi. Semurg qanotidan bir pat yerga tishib, butun mamlakatni nurga garq qilib yubordi. Nurga chomgan bir vodiyda kengash qurib otirgan toti, hudhud, qumri, tovus, bulbul, lochin va boshqa parrandalar Semurg qushini ozlariga boshliq qilib olishga qaror qilib, uni topib keltirish uchun parvoz qildilar. Biroq yolda qushlarning ba'zilari charchab, izlariga qaytmoqchi boladi. Ularga boshchilik qilgan hudhud ajoyib hikoyalarni aytib, yarim yoldan qaytish yaramasligini tushuntiradi: Qushlar uning gapini ma'qul korib, yana parvoz qiladilar. Parrandalardan faqat ottiztasi bir manzilga borib yetadi. Semurg qush bunda ham topolmaydilar. Nihoyat, ular Semurg ozlari ekanini, tojikcha «simurg» ottiz qush demak ekanini anglaydilar. Charchamay-hormay bir maqsadga intilish ularni semurg darajasiga kotargan.
(137soz. Mirkarim O)
KEKSALIK DONOLIK
Haqiqatan ham, keksalar juda dono bolishadi. Chunki ular oz umrlari davomida kop narsalarni korib-bilib, kerakli xulosalar chiqaradilar. Xalqimiz keksalarni e'zozlab: «Qarisi bor uyning parisi bor» yoki «Qari bilganni pari bilmas» maqollarini yaratgan. Bu maqollarda chuqur ma'no bor. Qariyalar bor uy fayzli boladi, chunki ular yoshlarga yol-yoriq korsatib, togri yolga boshlaydilar. Ularning ibratlari va nasihatlariga amal qilsangiz xonadoningiz nurga toladi.
Otaxon shoirimiz Quddus Muhammadiy «Aziz bobom» she'rida qariyalarni:
Bir aziz bobom bor dunyoda tanho,
Xushtabiat, xushqomat, muloyim, dono,
Konglining kengligi yer, kurra, osmon.
Kozlari nuroniy oynayi jahon,
deb maqtaganlar. Inson hayoti bamisoli aylanguvchi charxpalakka oxshaydi. U - bugun bola, songra ulgayib ota-ona, keyin esa bobo, buvi boladi. Buvilik, bobolik baxtiga muyassar bolganlar farzand va nabiralarini mehr-muhabbat bilan tarbiyalab, voyaga yetkazadilar.
Shuning uchun ham biz keksalarni doim e'zozlashimiz lozim. Birinchi Prezidentimiz 2015-yilni «Keksalarni ezozlash yili» deb e'lon qilganlari bejiz emas.
NAVROZ
Navroz quyosh yil hisobida yilning birinchi kuni. Orta Osiyo va Sharq mamlakatlarida yashovchi xalqlarning qadimiy, ananaviy bayrami. Bahorgi teng kunlikka, yani Quyoshning Hamal burjiga kirishiga togri keladi. Xivada «Navroz» bayrami shodiyonasini boshlash bayrami ham hisoblanadi. Navroz bayramida ommaviy xalq sayillari uyushtirilgan, yangi ungan kokatlardan tansiq taomlar pishirilgan, bazi ekinlarni ekish boshlangan. Dastlab, Navroz bayramini otkazish otroq dehqonlarda rasm bolgan, keyinchalik ular orqali yarim otroq va kochmanchi turkiy xalqlarning ham urf-odatlariga aylangan. Asrlar otishi bilan turli xalqlarda Navroz bayramini otkazish marosimlari ularning turmush tarziga, mafkurasiga moslashgan.
Tarixiy manbalarga kora, Navrozni bayram qilish ahamoniylar davridan boshlangan va Orta Osiyo, Eron, Afgoniston xalqlarida eng katta bayramlardan biri hisoblangan. Bu olkalarga islom dini kiritilganidan keyin Navroz bayrami man qilingan, ammo xalq oz sevgan bayramini nishonlashda davom etgan. Orta Osiyo va Eron xalqlari arab xalifaligi hukmronligidan qutulgan davrdan boshlab, Navroz bayramini otkazish yana rasmiy tus olgan.
NON HIKMATI
Nonning nomi ulug, nomidan ham ozi ulug. Bolaga ins-jins ziyon yetkazmasin deb, ona oz godagi yostigi ostiga non qoygan. Ota oglini ozga yurtga safarga otlantirib, oq fotiha berarkan, «balo-qazolardan saqlaydi» degan manoda farzandining qoliga non tutqazgan.
Yolga chiqqan bahodirga ota-onasi yoki suyuklisi non tishlatgan. Toki non-nasiba tortib, u uyga sog-salomat, beshikast qaytsin. Xastani, keksalarni korish, ustozni ziyorat qilish, hol-ahvol sorash uyiga non tugib borishdan boshlangan.
(«Oltin sandiq ochildi» kitobidan).
Do'stlaringiz bilan baham: |