Har narsadan aziz
Olam gultoji hisoblanmish inson uchun tabiat bitmas-tuganmas ne`matlar ato etgan. Bugdoy-shu ne`matlarning bittasi xolos, oltinday sargayib egilgan, hududsiz maydonlarda mavjlanib yotgan bugdoyzorlar ming yillardan buyon odamzot rizqining manbai hisoblanib kelgan.
Bugdoyning inson hayotidagi ahamiyati haqiqatan beqiyos. Hozirgina tegirmonda tortilgan undan yopilgan yangi nonning xushboy ta`mini tasavvur etib koring. U har bir kishida qaytarilmas, latif xotiralarni uygotadi.
Ozbek xalqining milly belgilaridan biri tandir bolsa, ikkinchi belgi, shubhasiz, nondir. Nonning turfa xil turlari bor: patir, gijda ,shirmon, gulobi, obinon, yoglama, kulcha, xon noni, lochira
Ularni sanab chiqishning iloji bormikin?
Nima bolganda ham ajdodlarimiz asrlar boyi kozga surtib, e`zozlab kelgan nonda chindan ham garoyib xususiyatlar bor. U zakovatning takrorlanmas mojizasi, quyoshning kichik bir ramzidir. U hech qachon kongilga urmaydi, aziz-u motabar ne`mat bolib qolaveradi.
(123 soz)
Yil fasllari
Yer quyosh atrofini bir yilda bir marta aylanib chiqadi.Shu davrda u oz sirtini quyoshga har tomonlama tutib beradi.Quyosh osmonda baland kotarilganda uning nurlari yerga togri tushib,uni kuchliroq qizdiradi va yer yuzi issiq boladi.Quyosh uncha baland kotarilmay,uning nurlari yerga qiyalab tushganda,u yerni paypaslab otib ketgandek boladi va yer yuzida sovuq turadi.qishdan keyin bahor,bahordan keyin yoz keladi.Yozning qoq ortasida, 22-iyunda yozgi quyosh turishi yuz beradi. Endi yoz ozining haqiqiy kuchini korsatadi. Kunlar juda isiydi,bolalar suvdan chiqmay qolishadi. Meva va sabzavotlar, poliz ekinlari garq pishadi. Bozor va kochalar qovun, tarvuzlarga tolib toshib ketadi. Biroq hademay kuz yaqinlashib, uning bazi alomatlari paydo bola boshlaydi.
(110 ta soz)
Ona yurt soginchi
Tugilib osgan uyim, mushtipar onajonim, bolaligim otgan qishlogimni, mehridaryo hamqishloqlarimni sogindim.
Qishlogimni eslaganimda yuzidan nur yogilib turuvchi, oppoq romolli momolar, nuroniy bobolar, qoshlariga osma tortgan dilbar kelinchaklar, togni ursa talqon qiladigan, Alpomishdek xushsurat yigitlar koz oldimda gavdalanadi .U yerda shirinsoz, qalbi qaynoq, bir-biriga mehribon insonlar bir-birining baxtidan quvonib, gamlariga sherik bolib yashashadi. Qishloqning shox, chaqqon kelinchaklari hali quyosh kotarilmay turib, hovli va kochalarni orasta qiladilar. Qishloq shunisi bilan qadrdon, shunisi bilan sevimli
Ona qishlogim, sening solim goshalaringni, shildirab oqib turgan jilgalaringni kocha tola bolalaringni qomsayman .Ajabo, qanchalar shirin-a, Vatan tuygusi
(96 soz)
Do'stlaringiz bilan baham: |