Milliy bog
Ozbekiston poytaxti Toshkentdagi katta Milliy bog har kuni dam oluvchilar va bolalar bilan gavjum. Bogning kiraverishidagi yangi oshxona mijozlar xizmatiga shay. Baquvvat tosinlarga ornatilgan oshxona tomi ertaklardagi bahaybat qoziqoringa oxshaydi. Suv toldirilgan marmar hovuzda tanga baliq va xonbaliqlar suzib yurishibdi.Orqa tarafdagi archazor xiyobonda oq, qizil, sariq atirgullar barq urib ochilgan. Bahor tashrifidan yashnagan gulzor, hazrati inson mehnatiga tasannolar aytayotgandek, mayin, yoqimli hidlar taratib asta tebranadi. Atirgullar iforiga maftun turfarang kapalaklar guldan gulga qonib, yayraydilar
Har xil attraksionlar bolalarga quvonch ulashadi.Ularning shodon qichqiriqlari farovonlik, tinchlikdan darak beradi. Bolalarning begubor kozlaridagi quvonchni korib, ota-onalar shunday kunlarga shukronalar aytadilar. Jannatmakon yurtimizda tinchlik barqaror bolsin!
Alla
Otgan zamonda bir oilaning qizchasi yoqolib qoladi.Qizchasi katta bolib voyaga yetgan chogida ota-onasi uni topishga muvaffaq bolishadi.Biroq qizcha ota-onasiga yotsirab qaraydi, uydan chiqib ketishini hamda avvalgi joyiga qaytishini istaydi. Shunda bechora ota-onasi hech bolmasa bir kecha tunab ketishini undan iltimos qiladi. Qiz rozi boladi.Yarim kechada onasi uyqudan turib beshikda yotgan ukasini uxlatish maqsadida alla aytadi. Shu payt qizning uyqusi qochib allaga quloq tutadi va ona mehrini tuyib, ozini ona bagriga otadi. Siz mening chin onam ekansiz,-deydi u onaizorni quchoqlab.Chunki uni ham yoshligida onasi alla aytib uxlatar edi. Alla sehri orqali ular murod-maqsadiga yetishadi.
(100 ta soz)
Samoviy radiokoz
Yaqinda Ukraina Fanlar akademiyasining radiofizika va elektronika institutida samoviy radiokoz yaratildi. Kozning otkirligi bilan endi u shimol yollarida har qanday navbatchining ishini bajarishi mumkin. Bu yol bilan kemalar kuzatuvini taminlasa ham boladi. Yer sathining tuzilishini masofada organadigan radiolokatsio sistemaning yangi, sanoat uchun moljallangan nusxasi yerning Kosmos-1976 suniy yoldoshiga ornatilgan.
Radiokoz qoronguda ham qalin butalar orasida Qutb kechasini kora oladi.Radio tolqinlar yer sathidan bir xil bolib qaytmaydi. Signallarning intensiv oqimidan quruqlik hamda suvni, har xil qalinlikdagi muzliklarni, yoriqlarni,tepaliklarni,muzdagi kanallarni, aniq ilgash mumkin. Yangi lokator birinchi sinovdayoq Antarktida muzliklarida yoqolib qolgan Mixail Somovdizelelektroxodini qutqarishda katta yordam berib, ozini oqladi.
(95 ta soz)
Do'stlaringiz bilan baham: |