IIV ICHKI ISHLAR AKADEMIK LITDEYI UCHUN DIKTANTLAR TO'PLAMI.
2019.
DIKTANT
Ikki dost
Ikki oshna yoshlikdan birga osdilar. Davr kelib ikkalasi ham oz baxtini izlab yolga chiqsalar, ikki yol uchraydi. Biri bir tomonga, ikkinchisi boshqa tomonga yol oladilar. Ulardan biri shaharma-shahar yurib ilm-u hunar orttiradi. Ikkinchisi, borgan shahrida podshoh saylash uchun uchirilgan semurg qush tasodifan uning boshiga qonib, shu shaharga shoh bolib qoldi. Yillar otib, dosti shu shaharga keldi. Har yerga qoyilgan shahar shohining rasmiga kozi tushdi. Dostining iqbolidan shodlanib, uni korishga oshiqdi. Podshoh saroyiga borib uning huzuriga kirdi. Podshoh uni tanib, tanimaslikka oldi. U kuyunib, yonib: «Axir men sening dosting falonchiman-ku!»- deb ozini tanitdi. Podshoh esa: «Xosh, mendan nima istaysan»,- dedi. Dosti esa «Sendan hech qanday iltimosim yoq. Shahringga kelsam, xalq orasida podshohning kozlari ojiz bolib qolibdi, degan xunuk xabarni eshitdim. Shuning uchun dostimning holidan xabar olay deb huzuringga kelgan edim»,- debdi-yu, yoliga qaytibdi.
(133 so 'z. «Saodatnoma»)
Gozallik ta'rifi
Gozallik deganda, koz oldimga birinchi bolib gul tasviri keladi. Balki gul gozallik ramzidir. Gozallikni his qilmay turib, u haqida gapirish goyoki gulni kormasdan uni tavsiflashga oxshaydi. Gozallik hech qanday qolipga sigmaydi. U oz nomi bilan gozallik. U haqida gapirganda uzoq yolga otlanish oldidan kerakli buyumlarini chamadonga solayotgan sayyohni eslayman. Sayyoh barcha kerakli narsalarai chamadonga joylab, uni arang berkitadi, kerakli nimasidir esiga tushib, yana ming azobda ochib yopadi, yana kerakli narsalar chiqaveradi-chiqaveradi, qoldirib ketishga kozi qiymaydi...
Insonda ichki gozallik muhim deyishadi. Lekin insonlar xotirasida siz birinchi taassurotni chehrangiz bilan qoldirasiz. Qalbi gozal insonlarning yuzi ham gozal boladi, deydiganlar yuz foiz haq. Chunki qalbdagi nur yuzlardan va nigohlardan taraladi. Gozallik nafi yuzdan, sozdan va amaldan, balki ozingiz yashaydi maskandan ham ufurib turishi lozim. Inson xulq-atvorining atrofini gozallashtirgani sari ozi ham gozallashib boradi.
(134 so 'z. D. Abdusattorova Ezgulik)
Kamtarlik
Kamtarlik - inson qiyofasini bezovchi bebaho fazilatlardan biri. Haqiqiy kamtarlik, insonparvarlik, odamiylik kabi xislatlar bilan uzviy bogliqdir. Kamtar odam ozini hech qachon mehnatkash xalqdan ustun qoymaydi. Xalq bilan doimo bir tan, bir jon bolib yashaydi. Oilada, turmushda, yurish-turishda, kiyinishda oddiy odamlarga nisbatan samimiy munosabatda boladilar.
«Kamtar kam bolmas», «Kamtarga kamol», - deydi dono xalqimiz. Isbot talab qilmaydigan bu haqiqat ming yilliklarning sinovidan otib kelmoqda. Shu bois, kuyunchak birodarlarimiz oz yaqin qadrdonlariga doimo kamtar bol, kamsuqum bol, kam bolmaysan deb nasihat qiladilar. Chinakam kamtar, chinakam kamsuqum kishilardan har qanday buyuklikni, har qanday fidoyilikni kutish mumkin. Chunki, undaylar ota-ona-yu dost - birodarlarga samimiy mehr-muhabbat korsatishni, kozlagan maqsad sari sabr-bardosh bilan intilishni oz hayotlarining mazmun-mohiyati deb biladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |