Sheriyatmiz malikasi
Zulfiya opa deganda, dafatan koz oldimizda turfa chechaklar bilan ziynatlangan bir chamanzor namoyon boladi . Zulfiya opa qahramon, ulkan jamoat arbobi, murabbiy va muharrirdir. Shoira oz suhbatlarida, maqolalarida ozlarini goyatda kamtar tutib, kam ijod qilganliklarini chiroyli bir nadomat bilan aytib turadilar .
Mamlakatimizning eng nomdor adiblari Zulfiya opaga sher bagishlaganlar yoki asarlarida opaning nomlarini kop bora ehtirom bilan zikr etganlar. Ular qatorida Nikolay Tixonov, Mirzo Tursunzoda, Chingiz Aytmatov0, Rasul Hamzatov, Mustay Karim kabi siymolarning nomlarini keltirish mumkin. Adabiy davralarda Zulfiya opaga juda katta mehr bilan boqib, u kishini sheriyatimiz malikasi deb atab keladilar . Opaning hayot jasorati esa qalamkashlar uchun gozal va afsonaviy mavzu bolib kelayotir .
Xalqimiz hayoti sadoqat va vafo bilan yogrilgan farzandini, albatta, ardoqlaydi .
(110 soz ) ( A.Oripov)
NAZOKAТ
Qiz bolalarning yurish-turishi, gap-so‘zi nazokatli, dilbar bo‘lsin. Bundaylarga ortiqcha harakat, qo‘pol qo‘l siltashlar yarashmaydi.
Nazokat, dilbarlik deganda muloyimlik, nozik xatti-harakat, yumshoqlik tushuniladi. Qattiq gapirish, qattiq kulish, qollarini siltab, hammani oziga qaratib turish nazokatdan yiroqdir. Darhaqiqat, tili shirin, chehrasi gulgun qiz-ayollar oz oilasining baxt-u saodati, ota-onasining faxri bolibgina qolmay, oz elining korki hamdir.
Demak, qizlarda, ayol kishida, birinchi navbatda, aql-u farosat, idrok-u nazokat bolishi kerak. Ana shu bilan u past-balandni, achchiq-chuchukni, bor-yoqni, oila sharoitini, imkoniyatlarni fahmlay oladi, idrok etadi, aql-hushi bilan ish yurgizib, kam-kostlarni bartaraf qiladi. Zotan, ayollarga xos bolgan olmas nazokat atrofdagilarga hamisha qanot bagishlab kelgani haqida hayotda misollar bisyor.
Nazokat hamisha mehr bulogidan suv ichadi.
Sakkizinchi mojiza
Tasavvur qiling: siz tasviriy sanat muzeyiga kirdingiz. Polotnolardagi ranglarni, odamlarning qiyofasini kozingiz bilan korib, hayajonga tushasiz. Tasavvur qiling: siz musiqa tinglayapsiz . Cholgu ohanglari, xonandaning ovozini qulogingiz bilan eshitib, hayajonga tushasiz
Deylik, konsertga tushdingiz. Sozanda soz chalyapti, xonanda qoshiq aytyapti. Raqqosa raqs tushyapti. Siz tomoshani kozingiz bilan korib, qulogingiz bilan tinglab zavqlanasiz. Endi, tasavvur qiling: siz kitob oqiyapsiz. Oq qogozda qora chiziglar- harflardan bolak hech nima yoq . Rang ham, ovoz ham, raqqosaning harakatlari ham Ammo asarni oqishga kirishishingiz bilan koz ongingizda rangin manzaralar paydo boladi. Qulogingiz ostida ajib ohanglar jaranglay boshlaydi. Kitobdagi odamlarning qismatiga sherik bolib, ozingiz bilmagan holda beixtiyor larzaga tushasiz Hech shubhasiz, badiiy adabiyot dunyodagi sakkizinchi mojiza !
( 108 soz) ( O.Hoshimov Daftar hoshiyasidagi bitiklar )
Do'stlaringiz bilan baham: |