Ota yurtga muhabbat
Ota yurtga cheksiz muhabbat degani atrofdagi bepoyon dunyodan yuz ogirib, bir umr oz yurtingdan tashqari chiqmasdan yashash kerak degan manoni anglatmaydi. Agar biz oz qobigimizga oralib qolsak, hech qachon har taraflama taraqqiyotga erisha olmaymiz.
Misol uchun, yurtimiz yoshlari hozir dunyoga sochilib ketganlar. Birlari ta'lim olgani oshiqqan bolsa, boshqalari xorijdan kasb-hunar organib kelish uchun ketganlar. Axir, ota-bobolarimiz: «Yurgan daryo, otirgan boyra», deb bekorga aytishmagan. Aslida ham shunaqa: kuch quvvating bor paytda dunyo kezib, ilm olishing, boshqa xalqlar va mamlakatlar hayotini organishing lozim. Biroq, yer yuzasining qay bir burchagida yurmagin, ota yurt sen uchun yagona. U bilan manaviy aloqani uzib yubormasang, hayotda oz munosib orningni yoqotmaysan. Chunki, begona yurt, begona havo, begona suv hech qachon Vatan ornini bosolmaydi.
Nafsilambirini aytganda, qachonki Vatan omon ekan, biz ham omon bolamiz!
Mutal Burxonov
Tabiatdagi oziga xos nozik tarovatlarni shoirlar she'rga solsa, musavvirlar boyoqqa kochiradi, musiqachi esa kuy va qoshiqlarda ijro etadi. Kompozitor Mutal Burxonov qadimiy Buxoroda osdi. U qadimiy obidalar sehri, tabiat gozalligidan qattiq ta'sirlanar, qalbida ajib tuygular josh urar, quvonchdan vujudi tolib-toshib nimadir aytgisi, choqqilarga qarab hayqirgisi kelardi. Bularning hammasi bir kuni kuy, qoshiq, yirik shakldagi musiqa asarlari bolib otilib chiqdi. Uning ijodi ozbek musiqasining eng yorqin sahifalaridan birini tashkil etdi.
Ustoz asarlarining fazilatlaridan biri milliylikdir. Mutal Burxonov musiqa, san'atimizni rivojlantirib, bir qator yangi musiqa asarlari bilan boyitdi.
Ustoz yaratgan nodir asarlar asl san'at namunasi sifatida yillar osha yashaydi.
(94 tа so‘z)
Yunus Rajabiy
O‘zbek xalqi dunyoga fan va madaniyatning boy yodgorliklarini berdi. Sharq olimlari qoldirgan asarlar hali ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ular respublikamizda fan va madaniyatning rivojlanishi va gullab yashnashiga katta ta'sir etmoqda.
Boshqa ilmlar qatorida musiqa ham san'atga oid fanlarning yirik tarmogi - qadimiy merosidir. Xalq yaratgan kuy va qoshiqlar avloddan avlodga otib, hozirgi kungacha yetib keldi.
Ozbek musiqasining bilimdonlaridan biri bastakor va olim Yunus Rajabiy bu sohada faol ish olib bordi. U ozbek musiqasini organdi, topladi, qayta ishladi.
1960 yilda Yunus Rajabiyning «Ozbek xalq musiqasi» nomli besh tom`li kitobi nashr etildi. Bu besh tomlik asar ozbek musiqa madaniyatida katta voqea bo‘ldi.
Xalq madaniy merosini hurmat ila saqlab kelgan, o‘zbek musiqasini yanada rivojlantirgan akademik Yunus Rajabiy haqiqiy musiqashunos olim edi.
(98 tа so‘z)
Do'stlaringiz bilan baham: |