Vatan tuyg‘usi
Bizning orzu- niyatlarimiz ko‘p va ulug‘. Xalqimizda o‘zi pok, dili pok, niyati holis kishilarni yaratganing ozi qollaydi, degan gap bor. Maqsadlarimizga erishish uchun oldimizda turgan tosiq va govlarni yengib otishimizga ishonchim komil. Butun aql zakovatimiz, salohiyatimizni yurtimizning gullab yashnashi, xalqimizning farovon hayoti, xalqaro maydondagi obro-e'tiborining yanada oshishi uchun safarbar eta olishimizga shubha yoq.
Bugun har bir vatandoshimizning Vatan menga nima berdi, deb emas, men ozim xalqim, jonajon vatanim uchun nima qilmoqdaman, mustaqillikka, elimga qanday hissa qoshmoqdaman, degan tuygu bilan yashashiga erishsak, yurtimiz obod, davlatimiz ozod, bobolarimiz ruhi shod bolar edi.
Bobur
Bugun on yetti kundirki, Bobur Hirotda, Alisher Navoiy istiqomat qilgan muhtasham Unsiyada yashaydi. Unsiyaning baland peshtoqlari, milliy gumbazi, oftobda jilolangan rang - barang naqshlari Boburga Samarqanddagi Ulugbek madrasasini eslatadi. Lekin Unsiyaning tort tomonidagi tortta minorasi Ulugbek madrasasinikidan balandroq, binoning hajmi, bezaklari yap-yangi edi. Unsiyaning ichidagi xonalardan bir qanchasini Navoiyning shaxsiy kutubxonasi egallagan. Bobur kutubxonadagi kitoblarni varaqlaganda, ularning ba'zi joylarida ulug shoirning dastxatini kordi-yu, Samarqandda undan olgan maktubni esladi. Navoiyni korishga muyassar bololmagani uchun yuragini ma'yus tuygular chulgadi.
Kutubxona eshigi oldiga chiroyli bir javonga oxshash katta soat qoyilgan. Belgili vaqtlarda bu soatning tepasidagi jajji haykalcha harakatga keladi-yu, oltin bolg‘achalar bilan ohangdor qilib zang chaladi. Bunday soat
yasash g‘oyasini soatsozga Navoiyning o‘zi aytib, maxsus buyurtma bergan edi. (109 tа so‘z)
Ulug‘bek
Ulug‘bek yoshlik davrida bobosi Amir Temur bilan ko‘p yurishlarda qatnashgan. Temur vafotidan keyin hokimiyat Ulugbekning otasi Shohrux qoliga otdi. Shohruh Xurosonda hukmronlik qiladi. Movarounnahrni ogli Ulugbekka topshiradi. U vaqtda Ulugbek 15 yoshda edi. Ulugbek «Bibixonim» masjidi, «Gori Amir» maqbarasi, «Shohizinda» inshootlarining qurilishini tamomladi. U kop yerlarda boglar yaratdi. 1417-1420 yillarda ajoyib madrasa qurdirdi. Bu madrasa tarixda Ulugbek madrasasi deb ataladi. Ulugbek keyinchalik Samarqandda rasadxona qurdirdi.Rasadxonani osha vaqtdagi eng mukammal asboblar bilan ta'minladi.
Ulugbek oz davrining buyuk olimi, astronomi, shoiri va faylasufi edi. U rasm, musiqa kabi san'at turlari bilan ham shugullangan.
Ulugbek davrida Samarqand ilm markaziga aylangan edi.
Ulugbek yaratgan ilmiy ishlarning eng kattasi «Astronomiya jadvali» asaridir. U orta asr Sharq astronomiyasining eng songgi asari hisoblanadi. 97 tа so‘z
Do'stlaringiz bilan baham: |