NONDAY AZIZ
Xalqimizning ajoyib udumlari, an'analari behisob. Ammo ular orasida bir an'ana borki, u haqda har qancha sozlasang shunchalik oz. Bu - kitob bilan bogliq an'ana bolib, elimiz mutolaani sevishi, unga chanqoqligidir.
Kitob uni yaratgan xalqning bebaho ma'naviy boyligidir. U inson aql-idroki va ijodkorligining buyuk kashfiyotlaridan biridir. Kitob - hayot darsligi, barcha bilimlar asosi, dunyo voqea-hodisalari va el-u elatlar hayotidan hikoya qiluvchi birdan-bir manba.
Kitob - insonning eng yaqin dosti va maslahatgoyi, aql qayrogi. Kitob - xazinalar kaliti, tafakkur manbai. Kitob - nonday aziz, motabar va muqaddas. Shu boisdan ham kitobni sevish, qadrlash va e'zozlash qadim- qadimlardan boshlangan.
Ozbek xalqi kitob, uning hayot darsligi, mojizakorligi haqida koplab afsonalar, naql-rivoyatlar, topishmoqlar, maqol va matallar toqigan.
Xalq «Qat-qat qatlama, qatlamadan hatlama» deb kitobdan, hatto hatlab otish mumkin emasligini ta'kidlaydi.
Quyida keltirilgan hikmatlarda kitob bamisoli oftob yanglig uluglanadi, uning qadriga yetishlik ta'kidlanadi:
Kitob - oftob.
Olim - kitob.
Kitob - aql chirogi.
Kop yurgan kop korar,
Kop oqigan kop uqar.
Kitob bilim beradi,
Bilim baxt keltiradi.
YANGI HOVLI
Bizning yangi hovlimiz Abdulla Qahhor kochasida joylashgan. Hovliga chiroyli eshik orqali kiriladi. Eshik yonida mashina kirishi uchun katta darvoza ham bor. Hovliga kirishingiz bilan besh xonali uyga kozingiz tushadi. Uyning tomi toq qizil rangga boyalgan. Oppoq rangdagi derazalarning yaltirashi kozingizni oladi. Uyning yertolasi ham bolib, u yerda sabzavot va boshqa mahsulotlar saqlanadi.
Xonalarning birida ukam ikkalamiz yashaymiz. Bizning xonamizga guldor gilam toshalgan. Ikkita karavot qoyilgan. Karavotlarda chiroyli korpa va yostiqlar bor.
Hovlidagi gulzor va mevali daraxtlar kozingizni quvnatadi. Daraxtlar tagiga qoyilgan kattagina sorida yoz oylarida miriqib dam olish mumkin.
IFTIXOR
Nihoyat, Londondan Toshkentga uchadigan boldik. Havo kemasiga chiqishimiz bilan osoyishta va yoqimli ovoz yangradi: «Assalomu alaykum, xonimlar va janoblar! Sizlarni «Ozbekiston havo yollari» milliy aviakompaniyasi nomidan muborakbod etamiz!» Rostini aytsam, kozimdan yosh chiqib ketdi. Bu sozlar mening tilimda, ona tilimda jarangladi! Vatanimdan minglab chaqirim narida, tagin yuzlab xorijiy yolovchilar otirgan kemada!..
Aqalli mana shu holatning ozi uchun Istiqlolga ming bora ta'zim qilishga tayyorman! (O. Hoshimov)
NINACHI
Dunyoda eng kop ovqat yeydigan jonivor qaysi ekanligini bilasizmi? Siz, ehtimol, sher yoki yolbars deb oylarsiz. Boshqa birovlar ayiq yoki bori deb hisoblar. Ba'zilar bunday jonivorlar qatoriga filni ham qoshishar. Ammo bularning birortasi ham togri emas. Dunyoda eng kop ovqat yeydigan jonivor ninachidir. U ikki soat ichida qirqta pashsha va chivinni tutib yeydi. Agar uning gavdasi sher yoki fil kabi katta bolganida edi, birdaniga bitta sigirni yeb qoygan bolar edi. Bitta ninachi shuncha zararli hasharotni yoq qilsa, onlab, yuzlab ninachilarning tabiatga, odamlarga qanchalik foyda keltirishini tasavvur qilish mumkin. Bu bilan ninachi tabiat qoriqchisi vazifasini bajaradi. Tabiatda ninachiga oxshagan foydali jonivorlar kop. Ularni asrash hammamizning vazifamizdir. («Ozbek tilini organamiz» kitobidan)
SABZAVOT
Odamlar sabzavotni ovqatga juda qadimdan ishlatib keladilar. Orta Osiyoda piyoz, sabzi, qalampir, turp va boshqa sabzavot ekinlari ikki ming yil ilgari ham ekilgani ma'lum. Sabzavot otsimon osimlik bolib, uning biror sersuv qismi, chunonchi, sabzi, turp, sholgomning etli ildiz mevasi; karam va salatning barglari; gulkaramning gunchasi; rovochning barg bandi; pomidor, bodring, baqlajonning mevasi ovqatga ishlatiladi. Sabzavotlar mazali bolishi bilan birga juda foydali hamdir. («U kim. Bu nima» kitobidan)
Do'stlaringiz bilan baham: |