OQKONGILLIK
Oq kongil odam har qachon boshqalar baxtiga, ularning xizmatdagi yo shaxsiy hayotdagi yutuqlariga xuddi oz baxti, oz yutugi kabi qarab quvonadi. Agar bu quvonch zamiriga chuqurroq razm solinsa, yuksak, olijanob bir ma'no tantanasi kozga chalinadi. Oq kongil odam shaxslar baxtida jamiyat baxtining in'ikosini koradi!
Lekin ichiqora, baxil, ziqna odam birovning baxtini ham, yutugini ham korolmaydi. Bundaylar ichiqoralik qilib: «Menda-ku yoq, senda nima uchun bolishi kerak!» deydilar-da, baxillik qutqusining qullari bolib qoladilar.
Xosh, bunday yaramas qiliq, ya'ni baxillik qayerdan paydo boladi?
Albatta, baxillik qon yo jon bilan otadigan fiziologik hodisa emas. Har qanday chaqaloq yaxshi fazilatni ham, yomon illatni ham keyin -yashash, osish jarayonida orttiradi. Agar shunday bolmasa, yomon xulq-atvorli ota-onaning bolasi har vaqt yomon, yaxshi xulq-atvorli ota-onaning bolasi har vaqt yaxshi bolib osishi kerak edi. Ammo hayotda, haqiqatda bunday emas. Aslida bolani chinakam inson qilib yetishtiradigan, uni yomon xulq-atvordan saqlab tarbiyalaydigan eng katta, eng boobro murabbiy - ota-ona, oila muhiti yo shu oilada ota-ona ornini bosgan katta yoshli odamlardir. Bular nazorati bolmasa, maktab ham, jamoat tashkilotlari ham qiyin ahvolga tushib qoladi. Shunisi ham borki, har bir ota-ona bolasining xulq- atvori, aqliy-jismoniy tomoni qanday bolishidan qat'i nazar kam-kostsiz osishini, oilada, hayotda baxtli bolishini istaydi. Shu tabiiy istak mayli bilan ba'zi oilalarda ota-onalar bolalarini kichikliklarida qogirchoqdek yasatishadi, qollarini sovuq suvga urdirmay papalashadi, erkatoy, tantiq qilib ostirishadi. Natijada bunday bolalar injiq, ichi tor, ziqna bolib yetilishadi. Bularda boriga qanoat qilish, yogiga konikish xislati bolmaydi. Aksincha, kongillari tusagan narsani har qanday tadbir bilan, harom-xarish yollar bilan bolsa ham muhayyo qilish taraqqiy topadi. Agar mana shunday mayl tomiri vaqtida qirqilmasa, u bolani oxirida ma'nan mayib qiladi. Bunaqa bola ota-onasining qudratli panohidan havolanib, uyida hech kimning gapini quloqqa olmaydi, maktabda sinfdoshlarini, hatto muallimlarini ham nazariga ilmaydi, jamoada hamma ozini baravar tutishi kerakligini pisand qilmaydi. Bu xulq-atvor bolani katta hayot qiyinchiliklaridan, ya'ni har qanday bola katta bolganida duch keladigan mehnat mashaqqatlaridan qorqadigan qilib qoyadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |