Diktant ikki do‘st



Download 0,5 Mb.
bet30/31
Sana21.12.2022
Hajmi0,5 Mb.
#892967
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
IIV AKADEKIK LITSEY DIKTANT 2019

MAHALLAM - FAXRIM
Ikki tomoni shinam uylardan iborat ko‘chadan o‘tib bormoqdasiz. Har bir xonadon atrofi supurilgan, suv sepilgan. Ariqchadan suv oqib turibdi. Kimdir uyning ko‘cha tomoniga tok ekib, so‘ri qilingan. Boshqalar esa mevali daraxt ekkan. Kichik-kichik pollarga oshko‘k sepilgan. Pomidor, baqlajon, bolgar garmdorisi o‘sib yotibdi. Yana bir xonadon esa o‘z hududiga zich qilib terak ekib tashlagan. Shu serfayz ko‘chaning gavjumroq joyida "...mahalla idorasi" degan yozuvga ko‘zingiz tushadi.
Mahalla haqida X asrda yashab o‘tgan buxorolik tarixchi Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far Narshaxiyning "Buxoro tarixi" kitobida ma'lumot ilk bor uchraydi. Hozir esa "mahalla" so‘zini kunda bir necha bor eshitamiz va tilga olamiz. Buning sababi ko‘pchiligimiz mahallada istiqomat qilamiz hamda uning ishida qatnashib turamiz.
Mahalla - asosan O‘zbekistonga xos nodir hodisa. Mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi umumiy qoidalar va an'analar bilan bog‘langan.
E'tibor bergan bo‘lsangiz, mahallalarda ko‘pincha katta ko‘cha bir tomonning ma'lum qismini va uni oralab ketgan ko‘chalar, torko‘chalar, berk ko‘chalarni qamrab oladi. Mahallalar qanday tarkib topgan? Mahallalar odatda, asrlar davomida kasb-hunar yoki milliy belgilar asosida vujudga kelgan. Hozir biz Qoshiqchi, O‘qchi, Degrezlik kabi mahallalar nomini eshitib qolamiz. Demak bu mahallalardan, qosliiq, o‘q yasovchi, qozon quyuvchi ustalar yashagan. Ayrim mahallalar o‘sha joyning relyefidan yoki boshqa belgilaridan kelib chiqib nomlangan. Ganchtepa, Shahidontepa, Chuqurqishloq, Balandmachit, Qatortol singari nomlar shu tarzda kelib chiqqan. Hozirgi paytda mahallalar aholi bilan ishlaydigan g‘oyat muhim organga aylangan. Unga maxsus qonun bilan o‘zini-o‘zi boshqarish huquqi berilgan. Binobarin, mahallaning, unda istiqomat qiluvchi aholining barcha muammolari o‘sha yerning o‘zida hal etiladi.


BOZOR VA FAROVONLIK
Qaysi yurtning tuprog‘i hosildor, iqlimi yaxshi, eng asosiysi odamlari mehnatkash bo‘lsa, o‘sha yerda to‘kin-sochinlik, farovonlik va fayz-baraka bo‘ladi.
Qadimdan qolgan bir naql bor: «Yurtning farovonligini, elning kayfiyatini bilishni istasang, bozorga bor».
Yoz va kuzning serbaraka hosili bozorlarimizni to‘ldirib, elimiz dasturxonini noz-ne'matlar bilan bezamoqda. Sharqona bozorlarimizni tomosha qilgan sayyohlar uning turli-tuman, shirindan shakar meva-chevalarga boyligini ko‘rib, yurtimizga havas qilishmoqda.
O‘zbekistonning barcha shahar va tumanlarida qadimiy, ko‘hna bozorlar qayta ta'mirlanmoqda hamda yangi, ko‘rkam zamonaviy bozorlar barpo etilmoqda.
Sotiladigan mahsulot turiga ko‘ra bozorlarning dehqon bozori, yoyma bozor, qurilish mahsulotlari bozori kabi turlari bor.
Ota-bobolarimiz sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi muomala odobiga alohida e'tibor berganlar. Bu borada Yusuf Xos Hojib bobomiz: «Savdoda kimki rostgo‘y, fe'li to‘g‘ri bo‘lsa, zarur bo‘lganda unga mol topilmay qolmaydi», - deya nasihat qilganlar. Kaykovus bobomiz esa «Qobusnoma» kitobida: «Ey, o‘g‘lim, bozorda narsa sotmoqchi bo‘lsang, oz foydaga qanoat qil, xaridorlarni o‘zingdan uzoqlashtirma, molingning narxini oshirma. Xalq sening oldingga bir narsani olish yoki sotmoq uchun kelsa, shunday xushmuomala, shirinso‘z bo‘lginki, ular o‘z mollariga qimmat narx qo‘yishdan sharm qilsinlar. Hamisha to‘g‘ri so‘zla, baxil bo‘lma, kambag‘allarga ehson qil», - deganlar.
Xalq orasida bozor haqida qadim-qadimdan turli naqllar to‘qilgan: «Bozorda - boriga baraka», «Bozorga borib, baxtingni sina». Husayn Voiz Koshifiy bozorga borganda quyidagi yetti qoidaga rioya qilish zarurligini ta'kidlaganlar:
1. Hech kimni yelkang bilan turtma.
2. Kishilarning orqasidan tikilib qarama.
3. Og‘zingni ochib anqayib yurma.
4. Birovni uzoqdan baland ovoz bilan chaqirma.
5. Ishing bo‘lmasa, peshtaxta oldida turma.
6. Xarid qilmaydigan bo‘lsang, molning narxini so‘rama.
7. Zaruriyat bo‘lmasa, oldi-sotdiga aralashma.
Shunday ekan, bozorda turli qo‘pol so‘zlarni ishlatib, xaridor haqiga xiyonat qilib, tarozidan urib qolish, nopok yo‘l tutib, pul qaytimini to‘g‘ri bermaslik kabi yaramas odatlardan saqlanish lozim.



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish