Hamid Olimjon
Ozbek adabiyotining yorqin siymolaridan biri Hamid Olimjon joshqin lirik shoir, yozuvchi, mohir dramaturg, otashin publitsist, tarjimon, atoqli jamoat arbobi edi. U ozining nasriy, lirik, dramatik asarlari, adabiyotshunoslikka doir hamda publitsistik maqolalari va tarjimalari bilan ozbek adabiyoti tarixida katta orin tutadi. Ayniqsa, uning bahor va baxtni kuylab yozgan asarlari - «Orik gullaganda», «Baxtlar vodiysi», «Bahorni soginganda», «Daryo kechasi», «Ishim bordir osha ohuda», «Guncha yanglig burkanib», «Gazal» va boshqalar musiqaga boy, sehrli, ohangdor she'rlardir.
«Hamid Olimjon tugma va nodir talant edi, - deb yozgan edi Mirtemir. - Uning qonida, ozligida, koz qorachigida, toqson ikki tomirida tugma bir zukkolik, shoirona bir sajiya, bilgichlik, burrolik, nurbaxshlik, yorqin qalb, odob ayon, peshanasida va yirik kozlarida uluglik ochiq-oydin edi. Uning bilmagani oz, oqimagani kam edi. Hammadan, har narsadan xabardor, qisqaroq aytganda, chin ma'nosi bilan oqimishli qalamkash edi».
Abdulla Qodiriy
Abdulla Qodiriy yangi davr Ozbek adabiyotining asoschilaridan. Ozbek adabiyotining asoschilaridan, Ozbek milliy romanchilik maktabining yaratuvchilaridan birildir.
Abdulla Qodiriy ijodi 1913-1914-yillarda boshlandi. U shu yillari barcha ilgor fikrli yoshlar qatori ozining ilk asarlarida marifat, milliy taraqqiyoti va hurligi goyalarini targib eta boshlagan. Qodiriy dastlab marifiy sherlar yozdi. Ahvolimiz, Millatimiz, Toy kabi sherlari jadid matbuotida elon qilinadi.
Abdulla Qodiriy 1925-1926-yillarda Otkan kunlar romanini, 1928-yili Mexrobdan chayon romanini elon qiladi.
Otkan kunlar romanida xalqimiz otmishini, nizo va adovatlar, shu bilan birga ozbek turmuashini yoritib kelgan asriy qadryatlar ham mahorat bilan korsatib berilgan.
Yaxshi dostlar
Yashil ormonda bir kichik Ayiqcha bor ekan, U juda chiroyli, xuddi oyinchoqqa oxshar ekan. Uning eng yaxshi dost Olmaxon ekan. Ular juda ahil ekanlar.
Bir kuni OLmaxon dost Ayiqchani ormondan qidirib topa olmabdi. U nima qilarini bilmay, xafa bolib kop yiglabdi. SHu payt bir kaltakesak Olmaxonning oldiga kelib, ayiqchani ovchi tutib, qishloqqa olib ketganini aytibdi. Olmaxon yiglashdan toxtab, ovchilarning uyi tomon yol olibdi. Olmaxon qarasa, dosti ayiqcha ovchining ogilxonasida qamalib yotgan ekan Ovchilar esa maza qilib bemalol ovqatlanayotgan yekanlar. Bu holni korgan Olmaxon ovchilarga sezdirmasdan, darrov ogilxonaning ichiga tomon tuynuk ochibdi. Tuynukdan ogilxonaning ichida quyosh nuri tushibdi. Quyosh nuri tushganini korib Ayiqcha Shiftga qarabdi. U yerda turgan dosti Olmaxonni koribdi. Ayiqcha bir amallab tomda chiqib olishga harakat qilgan ekan, Olmaxon uni tortib olibdi. Ayiqcha xursand bolib:
-Yaxshi dost dostining boshiga kulfat tushganda sinalar ekan, -debdi va Olmaxonga raxmatlar aytibdi.
Ilm
Ilm deb oqimoq, yozmoqni yaxshi bilish, har bir kerakli narsalarni organmoqni aytiladi. Ilm inson uchun goyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Zeroki, ilm bizga oz ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi korsatadi. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi otkir qiladi.
Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidir. Chunki ilmsiz kishilar ota-onasiga, qarindosh-urugiga, yor-dostiga, din va millatiga foyda yetkaza olmaydi. Ilmning foydasi shu qadar kopdirki, tarif qilgan bilan ado qilish mumkin emas. Bizni madaniyat, insoniyat,marifat dunyosiga chiqaradi,yomonlikdan qaytaradi, yaxshi xulq va odob sohibi qiladi. Zeroki butun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, himmatimiz, yaxshi yashashimiz, gayratimiz ilmga bogliqdir. Oqigan olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir. Shuning uchun oqimogimiz va doimo organmogimiz lozim.
(108 soz. A.Avloniy, Turkiy guliston yoxud axloq)
Do'stlaringiz bilan baham: |