Ta’lim jarayoni qonuniyatlarining mohiyatini ochish, tartibga solish ustida rus ta’lim nazariyachilari N.A. Sorokin, I.Ya. Lerner, Yu.K. Babanskiy, M.N.Skatkin, I.V. Zagviyazinskiylar tadqiqot ishlarini olib borganlar. - Ta’lim jarayoni qonuniyatlarining mohiyatini ochish, tartibga solish ustida rus ta’lim nazariyachilari N.A. Sorokin, I.Ya. Lerner, Yu.K. Babanskiy, M.N.Skatkin, I.V. Zagviyazinskiylar tadqiqot ishlarini olib borganlar.
- Pedagogikada umumiy va xususiy, ichki va tashqi, didaktik hamda o‘quv- biluv, psixologik va tashkiliy qonuniyatlar farqlanadi. Ushbu qonuniyatlarga misollar keltiramiz.
- Pedagogikada ta’lim maqsadi va mazmuni jamiyatni shaxsni ma’lumot darajasiga qo‘ygan talabiga bog‘liq - bu umumiy qonuniyat. Pedagogikada ta’limni natijaviyligi o‘quvchilarni ongli faoliyatiga bog‘liqligi - bu xususiy qonuniyat.
- Pedagogikada ta’lim samaradorliligi ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasiga bog‘liqligi - bu tashqi qonuniyat.
- Pedagogika bo‘yicha o‘quv materialini chuqur va izchil o‘zlashtirilishi o‘quvchilarni faolligi va mustaqilligiga bog‘liqligi - bu ichki qonuniyat. Pedagogikada ta’lim natijasi o‘quvchilarni ta’lim maqsadini anglaganligiga va qabul qilganligiga bog‘liqligi - bu didaktik qonuniyat.
- O‘quv materialini o‘zlashtirishni mahsuldorligi ta’limni muammoliligi darajasiga bog‘liqligi - bu o‘quv-biluv qonuniyati.
- O‘quvchilarni rivojlanishi darajasi ular munosabatda bo‘ladigan odamlarning rivojlanganlik darajasiga bog‘liqligi - bu ijtimoiy-psixologik qonuniyat.
- Ta’lim jarayoni samaradorliligi jarayonni o‘qituvchi tomonidan oqilona boshqarishi va tashkil etishiga bog‘liqligi - bu tashkiliy qonuniyat.
Ta’lim jarayonining funksiyalari - O‘quv jarayoni qonuniyatlari va ziddiyatlari uning vazifalarini keltirib chiqaradi. Ta’lim jarayoni quyidagi vazifalarni bajaradi: ma’lumotli qilish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ta’lim jarayonining ma’lumotli qilish vazifasi tabiat, jamiyat, texnika, inson to‘g‘risidagi bilimlarni o‘zlashtirishi, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, qobiliyatlarini o‘stirish bilan harakterlanadi.
- Ta’lim jarayonining navbatdagi vazifasi rivojlantirishdir. Ta’limning ushbu vazifasi nutqning rivojlanish bilan, so‘z zaxirasining ortishi bilan, tafakkurni, his- tuyg‘uni, tasavvurni rivojlanishi bilan, qobiliyatni rivojlanishi bilan harakterlanadi.
- Bilimlar tizimini o‘zlashtirish, shaxsni rivojlantirish o‘quvchilarni tarbiyalashni taqozo etadi.
- Ta’lim jarayonini tarbiyalovchi vazifasi o‘quvchilarda mehnatsevarlikni, mas’uliyatli, axloqiy normalarni, estetik ideallarni, tafakkur madaniyatini shakllantirishi bilan harakterlanadi. Demak, o‘qitishning asosiy ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalari, tashkiliy, strukturali, psixologik, integratsion, differensiotsion, konsultatsion, nazorat-tashhis, fasilitatsion, refleksiv vazifalar bilan boyitiladi.
- O‘qitishning ta’limiy vazifasi mohiyati pedagogik bilim, ko‘nikma, malakalar tizimi shakllanishi va ularni amaliyotda qo‘llash uchun sharoit yaratish tilan ifodalanadi.
- Rivojlantiruvchi vazifa o‘quvchilar shaxsida fikrlash, hissiy, motivatsion, kommunikativ sifatlarini rivojlanishi uchun ta’limning aktiv metodlarini qo‘llashda amalga oshiriladi.
- Tarbiyalovchi vazifa o‘quvchilarda intellektual, hissiy sifatlar hamda kasbiy- qadrli qarashlar, o‘quv bilish faoliyati motivlari shakllanadigan turli faoliyatlarga kiritishda namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |