Didaktik tamoyillari



Download 383,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana18.07.2022
Hajmi383,1 Kb.
#823280
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 INFORMATIKA FANLARINI O`QITISHNING ASOSIY DIDAKTIK TAMOYILLARI



2 Mavzu: INFORMATIKA FANLARINI O`QITISHNING ASOSIY 
DIDAKTIK TAMOYILLARI 
Reja: 
1. Ilmiylik 
2. Tizimli va izchil bayon qilish 
3. Tushunarlilik 
4. Ko’rgazmalilik
5. Nazariyaning amaliyot bilan bog’lanishi 
6. Bilimlarni mustahkam o’zlashtirish 
7. Faollik 
Tayanch tushunchalar:
ilmiylik, tushunarlilik, faollik, ko’rgazmalilik, 
bayon qilish, mustahkamlash, bog’lash. 
Didaktikaning predmeti-ta’lim jarayoni va uning qonuniyatlaridir. Didaktika 
o’ziga xos tadqiqot sohasiga va tadqiqot predmetiga ega bo’lganidek, uning o’ziga oid 
tushunchalar tizimi ham mavjud. Har bir tushuncha ma’lum didaktik hodisaga taalluqli 
bo’lib, ular vositasida didaktik hodisalarning asosiy belgilari umumlashtiriladi. 
Demak, didaktik tushunchalar pedagogik fikrlash shakli, shuningdek, didaktik 
hodisalarni bilish, tadqiqqilish, bayon qilish hamda amaliyotda foydalanish 
vositalaridir.
Didaktik kategoriyalar - 
didaktikaning ayrim muhim tushunchalari 
didaktikaning kategogriyalari deb ataladi.
Ma’lumot-ta’lim va tarbiya jarayonida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan 
ilmiy bilimlar, bilim olish ko’nikma va malakalari, hamda ular asosida tarkib topgan 
dunyoqarashlar, ahloqiy fazilatlar, shuningdek,shaxsning ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlantirish yig’indisidir. 
Ta’lim-ma’lum maqsadga qaratilgan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va 
malakalar bilan qurollantiradigan, o’qituvchi va o’quvchining birgalikdagi 
faolliklariga asoslangan jarayondir. O`qitish o’qituvchining faoliyatini, o’qish esa 
o’quvchining bilim olish faoliyati jarayonini bildiradi. 
Bilimlar-insoniyatning asrlar davomida ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida 
to’plagan umumlashgan tajribasidir.
Ta’lim jarayonida biror fan sohasida insoniyat tomonidan o’rganilgan va 
egallangan bilimlarni barchasini o’rgatishning imkoniyati yo’q. Shuning uchun 
o’quv jarayonida fanlarning poydevori, asoslari eng asosiy, muhim narsalar 
o’rganiladi.
Ko’nikmalar olingan bilimlarga asoslanib qo’yilgan vazifalar va shartlarga 
binoan bajariladigan harakatlarning yig’indisidir. Ko’nikma hosil qilish uchun aqliy 
va jismoniy mehnat qilish usullarini bilib olish, hosil qilingan bilimlarni amalda 
qo’llay bilish kerak bo’ladi. 
Malaka-ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. Malaka 
qanchalik puxta bo’lsa, odam ishni shunchalik tez va to’g’ri bajaradi. 
Insoniyat tomonidan asrlar davomida to’plangan ma’lumot va bilimlar har bir 
yangi avlod tomonidan o’zlashtirilib, boyitilib borilishi va jamiyat taraqiyotiga 
xizmat qilishi lozim. To’plangan ma’lumot va bilimlarni o’zlashtirish o’ta murakkab 


jarayon bo’lib, u faqat ilmiy jihatdan asoslangan holda maxsus tashkil etilishi lozim. 
Lekin, har bir jarayon ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo’ladi, shuning uchun, o’z 
qonun-qoidalariga, xususiyatlariga ega. Ta’lim jarayonini qonun-qoidalarini 
o’rganish, tahlil etish va yangi bilimlar yo’nalishlarini izlab topish, ularni 
o’zlashtirishning samarali metodlarini ishlab chiqish masalalari bilan 
pedagogikaning didaktika bo’limi shug’ullanadi. Ta’lim jarayonini, insonning 
bilish qobiliyati va tafakkuri hodisalarini falsafa, psihologiya, fiziologiya fanlari 
hamo’rganadi. Ammo, didaktika bu masalalarga maxsus fan sifatida yondoshadi va 
izlanish ishlarini olib boradi. Didaktika ta’lim, uni tashkil etish, bilimlarni 
o’zlashtirilishi, ta’lim mazmunini aniqlash, ta’lim usullari, qoidalari kabi barcha 
masalalar bilan shug’ullanadi. 
Didaktika fan sifatida o’z tadqiqot predmeti va metodlari hamda aniq 
maqsadlariga ega. Didaktika ko’p asrlik tarixiga ega. 
Didaktika yosh avlodni «nimaga o’qitish», «nimani o’qitish» va «qanday 
o’qitish» kabi savollarga javob beradi. Didaktika, o’z navbatida ayrim o’quv 
fanlarga oid o’qitish va o’qish metodi va uslublari bilan uzviy bog’liqdir. U 
o’qitishning barcha fanlarga oid umumiy qonuniyatlarini aniqlab borishi bilan birga, 
har bir o’quv fanini o’qitish metodlari uchun asos bo’lib hizmat qiladi.
Ilmiy didaktikaning asoschisi chex pedagogi Yan Amos Komenskiy 
hisoblanadi. Uning «Buyuk didaktika» (1632 yil) asari o’qitishni rivojlantirishga 
g’oyat katta ta’sir ko’rsatdi. Sharqda pedagogik fikrlar rivojiga mutafakkirlar: Imom 
al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, 
Ibn- Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf 
Xos Xojib, Kaykovus, Umar Xayyom, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy va 
boshqalar katta xissa qo’shdilar. O`zbekitsonda didaktika fanining rivojlanishi 
Ismoil G’asprali, Mahmudxo’ja Bexbudiy, Munavvar-qori Abdurashidxon o’g’li, 
Muhammadsharif So’fizoda, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, 
Muhammadrasul Rasuliy, Ishoqxon Ibrat, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, 
Oqilxon Sharofiddinov, Siddiq Rajabov kabi pedagog va olimlarning nomlari bilan 
bog’liq. Umumiy didaktika-barcha o’quv fanlari, ma’lumot darajalari asosida 
ta’limning maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, qoidalari, metodlari, tashkiliy shakllari 
natijalarini o’rganuvchi fandir. 
Xususiy didaktika umumiy didaktika bo’yicha o’rganilgan bilimlarni, masalan, 
ta’lim qoidalari, ma’lumot mazmuni bo’yicha hosil qilingan tasavvurlarni inkor 
etmaydi. Aksincha, xususiy didaktika bo’yicha o’rganiladigan bilimlar umumiy 
didaktikada hosil qilingan tushunchalarni to’ldiradi, ularni yanada oydinlashtirishga 
ko’maklashadi. Binobarin, umumiy va xususiy didaktika o’zaro uzviy bog’liq 
pedagogik fanlardir. 


Download 383,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish