Zaxarova, I. G.
Informatsionnie texnologii v obrazovanii [Tekst] : ucheb. posobie / I. G. Zaxarova. - 2-e izd.,
stereotip. - M. : Academia, 2005. - 192 s. - (Vissh. prof. obrazovanie). - 2 ekz. - 9339 s.,
yakka holda o’qitish tamoyili, I.A.Lashkaryova tomonidan ta’limda predmstlararo
aloqadorlik, S.M.Mixaylov tomonidan ta’limda tarixiylik, M.I.Maxmutov tomonidan
ta’limda muammolilik tamoyili, V.Okan’ tomonidan ta’limda samaradorlik,
Yu.K.Babanskiy tomonidan ta’limda optimallashtirish, S.M.Rivers tomonidan
ta’limda faollik, moslik, e.N.Medinskiy tomonidan ta’limda o’qituvchining roli,
S.Rajabov tomonidan ta’lim va tarbiya birligi. I.T.Ogorodnikov tomonidan ilmiylik,
M. A. Danila v tomonidan g’oyaviylik,tarixiylik tamoyillari taklif etilgan.
A. Komenskiyning didaktika ta’limotini tahlil qiladigan bo’lsak, u quyidagi
didaktik tamoyillar tizimiga navbatdagi tamoyillarni kirittan:
ta’limda onglilik va faollik;
ta’limda tizimlilik;
ta’limda tabiiy moslik;
ta’limda puxta o’qitish;
ta’lnmda ketma-ketlik;
o’qitishda kurgazmalilik;
o’qitishda taqlid qilish.
XX asrning 20-yillarida rus pedagog nazariyachilari Sh.I.Gonelin,
A.P.Pinkevichlar o’z asarlarida didaktik tamoyillar ahamiyati va ularning turlari,
didaktik tamoyillar tizimi borasida o’z fikrlarini bildirganlar.
A.P.Pinkevich yaratgan didaktik tamoyillari tizimida quyidagi tamoyillar o’rin
olgan:
ta’limning hayot bilan bog’likligi;
o’quv jarayonining ijodiy tusda bo’lishi;
ta’limda mustaqillik
XX asrning 30-yillarda pedagogika fani nazariyachilari va amaliyotchilari
oldida asosiy vazifa - o’quvchilarni fan asoslaridan bilimlarni puxta egallashini
ta’minlash vazifasi turgan.
Shunga asoslanib e.M.Medinskiy quyidagi ta’lim tamoyillari majmuasini ilgari
surgan:
ta’limda tizimlilik;
ta’limda onglilik;
ta’limda nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi;
ta’limning tarbiyalovchiligi;
ta’limda o’qituvchining etakchilik roli;
ta’limda texnika tamoyili.
N.G.Kazanskiy ta’limda onglilik, ko’rsatmalilik, ketma-ketlik tamoyillari
ahamiyatini yoritib bergan. Boshqalardan farqli o’laroq, S.M.Mixaylov quyidagi
ta’lim tamoyillari tizimini ta’lim jarayonining asosiy didaktik tamoyillari deb
ta’kidlagan:
ta’limda ko’rgazmalilik tamoyili;
ta’limda tarixiylik tamoyili;
ta’limda o’rganish tamoyili;
o’rganilayotgan ob’ektni boshqa ob’ektlar bilan aloqasini o’rnatish
tamoyili;
ob’ektlar o’rtasidagi aloqalarni aniqlash tamoyili.
Respublikamizda faoliyat ko’rsatgan va ko’rsatib kelayotgan didakshunos
olimlar S.Rajabov, A.Munavvarov, I.Tursunov, O.Roziqovlar tahriri ostida chop
etilgan darslik va metodik qo’llanmalarda quyidagi ta’lim tamoyillari asosiydir deb
ta’kidlanadi:
Ta’limda ilmiylik tamoyili,
ta’lim va tarbiyaning aloqadorligi tamoyili,
ta’limda tizimlilik tamoyili,
ko’rgazmalilik, ta’limda moslik, nazariyani amaliyot bilan bog’liqligi
tamoyili,
ta’limda puxta o’zlashtirish tamoyili,
onglilik tamoyili,
faollik va ta’limda yakka holda o’qitish tamoyili.
Informatika kursining mazmuni va tuzilishini aniqlashda, shuningdek, uni
o’qitish jarayonida umumiy didaktika (o’qitish nazariyasi) tomonidan ko’rsatilgan
asosiy tamoyillarga rioya qilish zarur:
ilmiylik;
tizimli va izchil bayon qilish;
tushunarlilik;
ko’rgazmalilik;
nazariyaning amaliyot bilan bog’lanishi;
faollik.
bilimlarni mustahkam o’zlashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |