O`qituvchi quyidagi vazifalarni bajarishi lozim bo’ladi
:
1.
O`quvchilar bilish qobiliyatiga asoslanib, o’qish uchun qo’zg’atuvchi
sabablar (motivlar) yaratish;
2.
Berilayotgan ma’lumotlarni idrok etish uchun sharoit yaratish;
3.
Ta’lim jarayonida bolalar ongida mavjud bo’lgan bilimlarga va shakllangan
tajribalariga suyanib, ma’lumotlarni anglash, taqqoslab, tahlil etish va xulosalar
chiqarishga undash;
4.
O`quvchilarning olgan bilimlarini, amaliyotda qo’llash orqali ularda
ko’nikma va malakalarni hosil etish hamda ularni mustahkamlash va
takomillashtirish;
5.
Bilimlar, ko’nikma va malakalarni doimiy amaliyotda qo’llanishini
ta’minlash;
6.
Ta’lim natijalarini tahlil qilish va o’quvchilarning keyingi istiqbolini tashhis
etish va rejalashtirish.
Didaktika tushunchasini Ya. Komenskiy ham ana shu yo’sinda sharhlagan.
Uning bu boradagi fikr-mulohazalari 1657 yilda nashr etilgan 'Hammaga hamma
narsani o’rgatishning universal sann’ati ifodalangan buyuk didaktika" nomli
asarida bayon kilingan. Lekin Komenskiy didaktika faqat o’qitish san’atidangina
emas, balki tarbiyalash san’atidan o’am iboratligini qayd qilgan va tarbiya har
tomonlama ahloqiylik yunalishidagi fe’l-atvorni shakllantirishning zarur sharti
ekanligini ham uqtirgan
1
.
Didaktikani yuqoridagicha tushunish XIX asr boshigacha, ya’ni taniqli nemis
pedagogi va faylasufi Iogann Genrix Gerbart didaktikaning asosiy nazariyasini
ishlab chiqqunicha davom etgan. Binobarin didaktikani pedagogikaga
bo’ysinadigan tarbiyalovchi ta’limning yaxlit va ziddiyatsiz nazariyasi sifatida
talqin etadi.
Gerbart va xususan uning izdoshlari ana shu nazariyaning rolini hisobga olib
didaktikaning asosiy vazifasini - darsda bayon qilinadigan material ekanligini rad
etdilar. Gerbart kontseptsiyasiga muvofiq o’qituvchi asosan o’quvchilarni yangi
o’quv materialini o’zlashtirishga doir harakatlarini tahlil
QI
lishi lozim edi.
Bugungi kunda fan va texnika shunday tezlikda taraqqiy topmoqdaki, maktab
ta’limi bilan ularning ketidan quvib etish mumkin emas. Lekin maktabni bitirgan
yoshlar albatta o’zlari bilmaydigan ilmiy kashfiyotlarga, jamiyatni
rivojlantirishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi tizimga duch keladilar.
Lozim darajadagi aqlga, irodaga va xissiyotta ega bo’lgan kishilargina notanish
ma’lumotlarni tezroq o’zlashtirib olishi mumkin.
O`quvchilarni kamol toptirishda optimal natijalar beradigan o’qitish
jarayonining ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqish zaruriyati tug’ildi.
O`quvchilarning kamol topishi ta’lim jarayonida amalga oshishi sababli bilim va
malakalarni o’zlashtirishga qaratilgan didaktik tamoyillar ma’lum natijalarni
beradi. Lekin vazifa qandaydir natijalarga erishishdan emas, balki o’quvchilarni
kamol toptirish uchun o’qitishning eng yuqori samaradorligini ta’minlashdan
iboratdir. Buning uchun esa, o’quv jarayonining qurilishini ishlab chiqish kerak.
Didaktikada tarbiyalovchi dunyoqarashni shakllantirish masalalari ko’riladi, ta’lim
jarayonida o’quvchilarda mustaqillnkni, tashabbuskorlikni va shaxsning boshqa
ayrim sifatlarni tarbiyalash vazifalari tahlil qilinadi. Mana shunday muhim
masalalarning ko’rib chikilishi ta’lim jarayonida ta’lim-tarbiyaning birligini
ta’minlashga xizmat qiladi. Ta’lim jarayonida didaktik tamoyillar muammosi jahon
pedagoglarining hamma davrlarda diqqat e’tiborida bo’lgan. Bu borada
mutaxassislar erishgan yutuklar bilan birga, shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki,
hozirga qadar ta’lim tamoyillari tizimining ilmiy asoslari mukammal ishlab
chiqilmagan. Ta’lim tamoyillari boshqa didaktik kategoriyalar kabi, pedagogika
fanining zamonaviy rivojlanish darajasi va yosh avlodni tarbiyalash sifati
talablariga ko’ra aniqlashtirilishiga muhtojligi sezilmokda. Pedagogik adabiyotlar
tahlili shuni ko’rsatadiki, ta’lim tamoyillari ijtimoiy hayot o’zgarishi, pedagogika
fanining rivojlanishi bilan o’zgarib turadi. Ayrim didaktik tamoyillar o’rniga. yangi
didaktik tamoyillar keladi. Tahlillar shuni ko’rsatadiki, har bir ta’lim tamoyillari u
yoki bu mutaxassis olim tomonidan ta’lim tamoyillari qatoriga kiritilgan. Masalan,
A.Komenskiy tomonidan ta’limda tabiiy moslik, ko’rgazmalilik, ta’limda ketma-
ketliklar, K.V.elnitskiy tomonidan ta’limda onglilik, Skvortsova tomonidan ta’limda
1
Do'stlaringiz bilan baham: |