Dialektika


Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni



Download 126,5 Kb.
bet3/8
Sana29.12.2021
Hajmi126,5 Kb.
#81487
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Falsafa fanidan

Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni — dialektikattg qonunlaridan biri. Uni Gegel ishlab chiqqan. Bu qonunga koʻra, ziddiyat, qarama-qarshi tomonlar, kuchlar oʻrtasidagi kurash harakat va rivojlanishning sababi, manbai hisoblanadi. Rivojlanish ziddiyatlarning paydo boʻlishi, rivojlanishi va bartaraf qilinishi jarayonidan iborat, bu eskining yoʻqolishi va yangining paydo boʻlishiga olib keladi. Qaramaqarshilik deb narsa va hodisalarning bir-birini taqozo etuvchi tomonlari, quchlarning oʻzaro munosabatiga aytiladi. Qarama-qarshiliklar birligi nisbiy, oʻtkinchi, yaʼni u narsa va hodisadagi ikki qarama-qarshi kuchning maʼlum nisbiy vaqt ichida birga mavjud boʻlib turishini anglatadi. Qarama-qarshiliklar kurashi esa abadiy, yaʼni rivojlanishning manbai sifatida doim, har qanday sharoitda barcha jism va hodisalarga xos. Qonunning mohiyati va amal qilish jarayonini oʻrganishda ichki va tashqi, asosiy va asosiy boʻlmagan zidsiyatlarni bir-biridan farq qilish zarur, lekin ular oʻrtasida mutlaq chegara ham yoʻq. Voqelikda ular oʻzaro chirmashib ketadi, bir-biriga oʻtadi va taraqqiyotga xilmaxil taʼsir qiladi. Shuning uchun ziddiyatlarning har biriga konkret yondashish, ziddiyat namoyon boʻladigan sharoitni, muhitni, vaziyatni, u oʻynaydigan rolni hisobga olish zarur.

Sobiq Ittifoqning mafkurasi darajasiga koʻtarilgan marksizm taʼlimotida, asosan, ziddiyatlarga koʻproq eʼtibor berilar va mutlaqlashtirilar, ular oʻrtasida murosa boʻlishi haqidagi Gegel gʻoyalari inkor etilgan edi. Mavjud jamiyat taqdiri ishchilar sinfining burjuaziya ustidan gʻalabasi bilan yakunlanadi, deb qilingan "bashorat" asossiz boʻlib chiqdi. Ishchilar bilan ish beruvchilar oʻrtasida muayyan konsensus (kelishuv) vujudga keddi. Odamzod azaldan ziddiyatlar kamroq boʻlgan, kishilarning xilmaxil intilish va maqsadlari bir-biridan farq qiladigan gʻoyalar uygʻunlashgan, barqarorlik ustuvor boʻlgan jamiyat qurishga intiladi. Ziddiyatlarga boy boʻlgan hozirgi murakkab davrda kelishmovchiliklarni konsensus asosida hal qilish zarurligi gʻoyasi muhim metodologik ahamiyatga ega. arama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuniga muvofiq xar bir narsa bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan va biri ikkinchisini istisno etuvchi qarama-qarshi tomon va kuchlarga ega bo’lib ular o’rtasidagi kurash natijasida eskining yuqolishi va yangining paydo bo’lishi yuzaga keladi.

Ma’lumki, narsalar turli- tumandir. Xamma tomonlari bilan aynan o’xshash bo’lgan ikki narsaning o’zi yo’k. Narsalarning tafovvut darajasi xam bir xil emas: muxim va nomuxim tafovvutlar mavjud.

Narsa va xodisalardagi tafovvutlar qarama-qarshiliklar asosini tashkil etadi. Qarama-qarshiliklar deb shunga aytiladiki, tabiatdagi narsa va xodisalargada mavjud bo’lgan tomonlar, xossalar va yo’nalishlar bir-birini inkor qiladi, bir vaqtning o’zida bir-birini taqazo xam qiladi. Masalan, magnitdagi shimoliy va janubiy kutblar, elektrning manfiy va musbat zaryadlari, atomdagi tortilish va itarilish, ijtimoiy xayotdagi yovuzlik va ezgulik o’zaro bir-birini inkor etadi va ayni vaqtda biri ikkinchisini taqazo etadi.

Qarama-qarshiliklar birligi va kurash qonuni bilish jarayonida xam o’z ifodasini topadi. Ma’lumki, bilish jarayoni bir biriga uzviy bog’lik bo’lgan xissiy va ratsional bilishdan iboratdir. Xissiy bilish orkali inson narsa va xodisalarning faqat tashqi tomonlari va xususiyatlari to’g’risida ma’lumot oladi, mavxum tafakkur orqali esa ularning ichki munosabatlarini belgilovchi qonuniyatlarni biladi. Bu yerda xissiy va ratsional bilish bir jarayonning ikki ajralmas, ammo bir biridan farq qiluvchi muxim tomonlaridir.

Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunining umumiylik xususiyati moddiy dunyodagi xamma narsa va xodisalarga xos ekanligidagina emas, balki ziddiyatlar narsa va xodisalarga, ularning paydo bo’lishidan tortib xalok bo’lishigacha boshidan oxirigacha singib ketgan.


  1. Miqdor va sifat dialektikasi – dialektikaning qonunlaridan biri. Tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining eng umumiy tarzini ochib beradi. Uni Gegel taʼriflab bergan. Rivojlanish murakkab jarayon boʻlib, unda miqdor va sifat oʻzgarishlari sodir boʻladi. Predmet yoki hodisaning rivojlanishi avval asta-sekin roʻy beradigan miqdor oʻzgarishlaridan boshlanadi. Miqdor oʻzgarishlari maʼlum darajaga yetgach, meʼyorning buzilishi tub sifat oʻzgarishlariga olib keladi. Miqdor sifatga oʻtadi. Miqdor oʻzgarishlari turli shaklda sodir boʻladi. Miqdor oʻzgarishlari obʼyekt qismlari sonining oʻzgarishi shaklida, makoniy shakllarning yoki elementlar aloqadorligi tartibining oʻzgarishi va h.k. shakllarda sodir boʻlishi mumkin. Obʼyektiv voqelikda faqat miqdor oʻzgarishlari sifat oʻzgarishlariga olib kelmay, sifat oʻzgarishlari ham miqdor oʻzgarishlariga olib keladi, vujudga kelgan yangi sifat doirasida miqdor koʻrsatkichlari rivojlanadi. Mas, Oʻzbekiston Respublikasining mustaqillikka erishganligi — sifat oʻzgarishi. Natijada xalq xoʻjaligi, iqtisodiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlar vujudga keldi, xalqning iqtisodiy, siyosiy, madaniy ravnaqi uchun keng yoʻl ochildi.

Miqdor oʻzgarishlari nisbatan sokin, uzluksiz davom etsa, sifat oʻzgarishlari uzilishli, sakrashsimon boʻladi. Rivojlanish jarayonida eski sifatning yangi sifatga aylanishi uzluksizlikning uzilishi yoki sakrash deb ataladi. Sakrash — rivojlanish jarayonida qonuniy sodir boʻladigan burilish nuqtasi, taraqqiyot zanjiridagi zaruriy halqadir. Sakrash oʻzgarishning eng intensiv shakli, rivojlanish maromining oliy nuqtasidir, uning natijasida eski narsa yemiriladi, yangi narsa vujudga keladi. Bir sifatdan ikkinchi sifatga oʻtish sakrash orqali boʻlishi umumiy qoida boʻlib, u xali bu sakrash har bir tayin vaziyatda tayin narsa va hodisalarga nisbatan qanday amalga oshishini koʻrsatib bermaydi. Hodisaning bir sifat xrlatdan boshqa holatga oʻtishi yoʻqolish va paydo boʻlishning , mavjudlik va yoʻqlikning , inkor va tasdiqning birligidan iborat (qarang Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni). Sakrashda yangi yuzaga kelayotgan hodisa eskisini inkor etadi; bunda sifat va miqdor oʻzgarishlari birbirini taqozo etadi (qarang Inkorni inkor qonuni). Dialektika sakrashlarning , bir sifatdan ikkinchi sifatga oʻtish shakllarining xilma-xilligini jiddiy hisobga olishni, har bir muayyan vaziyatda shu oʻtishning tayin shakllarini aniqlab, bilib olgan holda ish koʻrishni talab qiladi. Eng muhimi — sakrashning , oʻsishning tayin shaklini payqab olish, topish, ifodalash va shunga qarab harakat qilish kerak.

Miqdor va sifat dialektikaning boshqa qonunlari singari ilmiy bilish va amaliy faoliyat uchun katta ahamiyatga ega. U bizga obʼyektiv dunyoning rivojlanish jarayonini toʻgʻri tushunib olish, narsa va hodisalarning sifat jihatidan oʻzgarish tarzini anglash va undan jamiyatni yanada rivojlantirishda foydalanish imkonini beradi




Download 126,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish