14-variant
Dialektika va metafizika.
Qarama-qarshi tomonlar birligi va ularning munosabatlari.
Miqdor va sifat dialektikasi.
Dialektika [yun. dialektike (techne) — suhbat olib borish, bahslashish sanʼati] — borliqning vujudga kelishi, uning taraqqiyoti haqidagi falsafiy taʼlimot hamda voqelikni bilish va unga asoslangan tafakkur uslubi. " Dialektika " tushunchasi falsafa tarixida dastlab hozirgi maʼnosidan boshqacha tushunilgan. Yunon falsafasida dialektika muxolifning muhokamasidagi ziddiyatlarni ochib tashlash, munozara orqali xaqiqatni topish sanʼatini anglatgan. Keyinchalik bu usul tabiat hodisalariga tatbiq etila boshlagan, bilish uslubiga aylangan. Dialektik tafakkur voqelikni bilish jarayoni sifatida inson, jamiyat bilan bogʻliklikda paydo boʻlgan. Voqelikni bilish va uni inson manfaatlari yoʻlida oʻzgartirishning dialektik us-lubini anglashga intilish qaDialektika zamonlarga borib taqaladi. Bu intilish dastlab Sharqda paydo boʻlib, antik davrda oʻz takomiliga yetgan. Falsafa tarixida dialektika turlicha talqin qilingan. " Dialektika " soʻzi ilk bor Sokrat (Suqrot) tomonidan qoʻllanilgan. U dialektikani bir-biriga zid, qaramaqarshi fikrlar toʻqnashu-vi orqali haqiqatni topish sanʼati deb bilgan. Geraklit ijodida dialektika oʻzining antik davrdagi eng yorqin koʻrinishiga ega boʻldi. Geraklit fikricha, Dialektika— muttasil harakatdagi olam ichki jihatdan ziddiyatli va u doimiy vujudga kelish, rivojlanish hamda tanazzulga yuz tutish — qaramaqarshiliklar birligidan iborat. Mazkur davrda Geraklit va b. yunon faylasuflari taʼlimotlari negizida sofistlarning salbiy tusdagi dialektikasi vujudga keladi. Sofistlar haqiqatni borliq dialektikasidan emas, bahslar olami, ruhiyatidan axtarib, ziddiyatli inson tafakkurini harakatga keltirdilar, oxir-oqibatda bilish faqat nisbiy, gumoniy, taxminan ekanligini eʼtirof etishgacha borib yetdilar. Oʻrta asrlardan 18-asrgacha dialektika oddiy (maktabda oʻqitiladigan) mantiq ilmi sifatida tushunib kelindi. Platon dialektikani narsalarning ideal mohiyatini bilish maqsadida tushunchalarni boʻlak-boʻlaklarga ajratish, soʻng bir-biri bilan oʻza-ro bogʻlash uslubi deb hisoblagan. Kuzalik Nikolay, J. Bruno dialektikani qara-maqarshiliklarning mos kelishi haqidagi taʼlimot deb taʼkidlashgan. Kantnit fikricha, dialektika voqelikni tajriba, hissiy bilimlar orqali emas, balki sof tafakkur asosida bilishga intiladi. Gegel dialektikani borliq, ruh va tarix taraqqiyotining ziddiyatlarini anglashning umumiy uslubi deb bildi. Falsafa tarixida dialektikaning 3 ta asosiy shakli tarkib topdi: 1) qadimgi dunyodagi ilk, stixiyali, sodda dialektika (Geraklit, Platon va b.); 2) nemis mumtoz idealistik (xususan, Gegel) falsafasi; 3) K. Marks va F. Engels asos solgan materialistik dialektika K. Marks, F. Engels va xususan, V.I. Lenin dialektikani vokelikni bilish va uni inqilobiy oʻzgartirish qaqidagi taʼlimot hamda buning tegishli uslubi deb hisobladilar. Marksistik utopiya dialektika qonunlarida insoniyatning yalpi baxtsaodatga borish kafolatini koʻradi. 20-asr Gʻarb falsafasida dialektika neogegelchilik, ekzistensializm, diniy falsafaning turli oqimlarida rivojlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |