Dialektika



Download 126,5 Kb.
bet2/8
Sana29.12.2021
Hajmi126,5 Kb.
#81487
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Falsafa fanidan

Metafizika voqeʼlik prinsiplarini oʻrganuvchi falsafiy tadqiqotdir. U oʻz ichiga kosmologiya va ontologiyani oladi.

Metafizika shuningdek mavjudlik va olam tabiatini izohlashga harakat qiladi.



Metafizika (yun. meta ta physika — fizikadan soʻng) — borliqning sezgilardan yuqori turuvchi pritsiplari va umumiy asoslari toʻgʻrisidagi fan. Fizikada tadqiqotchi bevosita hissiy obʼyektlar ustida izlanish olib borsa, M.da esa tadqiqotchi sezgilar vositasida anglab olish mumkin boʻlmagan obʼyektlarni tadqiq etadi. M.ning tadqiqot mavzuiga kiruvchi sifat, maz-mun, mohiyat, hodisa va boshqa obʼyektlar toʻgʻrisida fikr yuritganda ularni bevosita koʻrib boʻlmaydi, ular boshqa narsa va hodisalarning oʻzaro aloqadorliklari jarayonida namoyon boʻladi. Shu jihatdan tarixan M. atamasi, koʻpincha, falsafa atamasining sinonimi sifatida ishlatilgan.

Metafizika atamasining paydo boʻlishi Aristotelttt "Metafizika" nomli asari bilan bogʻliqligi haqidagi fikr falsafiy adabiyotlarda keng tarqalgan. Ammo Metafizika atamasini Platon asarlarida mustaqil bilish metodi sifatida uchratish mumkin. Aristotelning "birinchi falsafa"ga oid tabiiy-ilmiy masalalarni qamrab olgan maʼruza va asarlarini Andronik Rodosskiy toʻplab, uni "Metafizika" deb nomladi.U 14 kitobdan iborat toʻplamdir. Aristotel tuzgan fanlar tasnifida oʻzining ahamiyati, qadrqimmati jihatdan birinchi oʻrinni borliq haqidagi fan egallaydi. Aristotel uni "birinchi falsafa" yoki teologiya (xudo haqidagi taʼlimot) deb ataydi. Bu falsafa "ikkinchi falsafa" (yaʼni fizika)dan shu bilan farq qiladiki, fizikada bevosita sezgilar orqali seziladigan aniq obʼyektlar tadqiq qilinsa, "birinchi falsafa"da borliqning materiya va shaklning aniq bogʻlanishiga bogʻliq boʻlmagan jihati, asl ildizi tadqiq qilinadi. Aristotel fikricha, M. insonning subʼyektivligi bilan ham, inson faoliyati bilan ham bogʻlanmagan boʻlib, u fanlarning ichida eng qimmatlisi, inson hayotining vositasi, quvonchining manbaidir.

Antik davr Metafizikasini Metafizikaning asl namunasi deyish mumkin. Davrlar utishi bilan metafizikaga munosabat oʻzgardi. Oʻrta asrlarda Metafizikaga yuksak akdiy bilimni eʼtirof etgan holda borliqni akdiy bilishning oliy shakli deb qaralgan. Sxolastika namoyandalari esa metafizikaga xudoni bilishga imkon beruvchi bilim sifatida qarashgan. Oʻrta asrlarda haqiqatan ham metafizika falsafiy tushunchalarning rivojlanishiga, falsafa fanining takomillashuviga sababchi boʻldi. Shu davrlarda olimlar erkinlik va zaruriyat, tasodif va qonuniyat tushunchalarining mazmuniga aniklik kiritishdi. M. olamning yaxlit manzarasini yaratishga turtki berdi. Metafizika har qanday taʼlimning , xususan, didakti-kyning magʻzini tashkil etuvchi metod boʻlib xizmat qildi, falsafaning tushunchalarini boyitdi. Yangi davrga kelib, metafizika tabiatshunoslikning bagʻriga singib ketdi.

Bu fanlardagi bilish (gnoseologik) muammolarni tadqiq etishdan borliqning mohiyatini tadqiq etuvchi ontologik muammolarni tahlil etishgacha metafizika asosiy falsafiy yoʻl-yoʻriq boʻlib xizmat qiladi. Ammo u bir tomondan, oʻrta asrlardagi diniy sxolastika namoyandalarining deistik, panteistik tanqidlariga, ikkinchi tomondan, keyingi davrlarda skeptitsizm, sensualizm, mexanitsizm vakillarining shafqatsiz tanqidiga uchraydi. Nemis mumtoz falsafasi vakillari ham metafizikani tadqiqot obʼyekti va predmetiga ega boʻlmagan fan sifatida, dogmatizmda ayblashdi. Gegel metafizikani dialektikata qarama-qarshi turuvchi metod deb taʼrifladi. Marksizm klassiklari esa metafizikani rivojlanishga qarama-qarshi, antidialektik metod deb tanqid qilishdi.

Metafizika tushunchasi Oʻrta Osiyo mutafakkirlarining taʼlimotida ham oʻz ifodasini topgan. Ibn Sino taʼrifiga koʻra, metafizika borliq toʻgʻrisidagi taʼlimotdir. Uning fikricha, metafizika borliqning 4 turini oʻrganadi: 1) jismoniy (moddiy) likka ega boʻlmagan obʼyektlar — ilo-hiy mavjudotlar va Allohni; 2) ilo-hiyligi kamroq boʻlgan, materiyaga qandaydir aloqasi bor obʼyektlar (osmon jismlari, ularni harakatga keltiruvchi kuchlar)ni; 3) obʼyektlarning moddiylik bilan birlashishini, baʼzi hollarda esa ulardan erkin holda mavjud (substansiya, xususiyat, zaruriyat, im-koniyat) boʻlishini; 4) moddiy obʼyektlar va tushunchalar materiya bilan doimo bogʻliklikda boʻlgan jism tabiatiga ega ekanligini.

Hozirgi zamonda metafizika xilma-xil talqin etilishiga qaramasdan, metafizikani inson borligʻining eng umumiy asoslarini oʻrganuvchi falsafiy taʼlimot deyish mumkin. Shunday qilib, metafizika voqelikka yondashish, uni oʻrganish uslubi, metodidir. Voqelikni faqat toʻxtovsiz oʻzgarish, rivojlanish jarayonida tadqiq etib boʻlmaydi. Shu sababli voqelikning muayyan qirrasi, tomoni, holati, jihatini voqelikdan ajratib oʻrganishda, uni mavhumlashtirish, umumlashtirish, ideallashtirishda metafizikaning tadqiqot metodi fanda kerak boʻladi. Hozirgi zamon falsafasida ham metafizikaga ikkiyoqlama munosabat mavjud. Metafizikani ratsionalizm nuqtai nazaridan yoklovchilar ham, uni mavhum ontologizmni ifodalovchi quruq falsafabozlik deb qarovchilar ham topiladi. Umuman olganda, metafizika olamga yondashishning bir falsafiy usulidir. Uni biryoklama inkor etish ham, mutlaklashtirish ham toʻgʻri emas. Metafizika bilish metodi, voqelikni anglashda metodologik moʻljal boʻlishi mumkin. Bu metoddan boshqa metodlar bilan umumiy birlikda foydalanish maqsadga muvofikdir.




  1. Download 126,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish