Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A


Mavzuni mustahkamlash uchun tavsiya etilgan savollar



Download 0,5 Mb.
bet88/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

Mavzuni mustahkamlash uchun tavsiya etilgan savollar:
1. Arteriya va vena qon tomirlari nima bilan bir-biridan farq qiladi?
2. Yurakning tuzilishini tushuntiring.
3. Kichik qon yaylanish doirasi qon tomirlarning tuzilishi.
4. Katta qon aylanish doirasi qon tomirlari va ularning tuzilishi.
5. Limfa tomirlarning tuzilishi va ularning ahamiyati.
6. Taloqning tuzilishi va odam hayotidagi ahamiyati.

13-MA’RUZA Mavzu: ASAB TIZIMI- NEVROLOGIYA
REJA:
1. Nerv sistemasi to’g’risida umumiy ma’lumotlar.
2. Orqa miya va uning tuzilishi.
3. Bosh miya va uning tuzilishi.
4. Miya po’stlog’ining tuzilishi.
5. Periferik nerv sistemasi.
Tayanch iboralar: reseptorlar, konduktorlar, effektor, markaziy va periferik nerv sistemalari, avtonom va somatik nerv sistemalari, simpatik va parasimpatik nerv sistemalari, orqa va bosh miya, pardalar, bo’limlar, egatlar, birinchi va ikkinchi signal sistemalari, orqa va bosh miyadan chiquvchi nervlar.
NERV SISTEMASI (NERVOLOGIYA) UMUMIY MA’LUMOTLARI.M.Sechenovning ta’biri bilan aytganda, “faoliyati reflekslarga asoslangan nerv sistemasi” bir necha xil vazifalarni o’taydi. Birinchidan, u organizmda turli funksiyalarni bajaradigan a’zolarning ishlashini idora qiladi, shuningdek bir-biriga bog’laydi va moslab turadi. Ikkinchidan, organizmni o’rab turgan tashqi muhitdan turli xildagi ta’sirotlarni qabul qilib, unga munosib javobni qaytarish yo’li bilan organizmni tashqi muhit bilan bog’laydi. Organizmdagi deyarli hamma a’zolar va to’qimalarga nerv tolalari tarqalganligi va bu oxirgi tolalar (nerv uchlari) ning hammasi markaziy nerv sistemasi bilan bog’langanligi tufayli nerv sistemasi shu a’zolarni, ya’ni organizmning hamma bo’laklarini yagona (yaxlit) bir sistemaga birlashtiradi. Natijada, hamma a’zolarning ishi birbiriga uzviy bog’langan bo’ladi. I.P. pavlov ta’limotiga ko’ra, organizmning tashqi yoki ichki muhitdan nerv reseptorlariga (dastlab qabul qilib oluvchi tolalariga) o’tgan ta’sirot nerv qo’zg’alishi jarayoniga aylanadi va sezuvchi nerv tolalari (o’tkazish yo’llari) yordamida markaziy nerv sistemasiga boradi. U joydan boshqa (harakatlantiruvchi) yo’llar yordami bilan ishchi a’zolarga yetadi. Nerv sistemasining asosini tashkil qiluvchi nerv hujayralari o’zidan shoxlar chiqaradi. Har bir nerv hujayrasi o’zidan chiqqan shoxlar bilan birga neyron deb ataladi. Demak, nerv sistemasining hammasi neyronlar to’plamidan iborat. Nerv hujayralari tarmoqlari yordamida bir-biri bilan bog’langan bo’ladi. Lekin hujayralar bog’lanuvchi tolalarining uchlari bir-biriga qo’shilib (ulanib) ketmay, tegib turadi, xolos. Ana shu nerv tolalarining bir-biriga tegib turgan joylari sinaps deb ataladi. Nerv hujayralari asosan nerv sistemasining markaziy qismida joylashgan bo’lib, ularning shoxlari periferik nervlarni hosil qiladi. Demak, har qaysi nerv orqa va bosh miyaga boruvchi (markazga tomon harakatlanuvchi yoki sezuvchi), shuningdek shu miyadan ishchi a’zolarga boruvchi (markazdan uzoqlashuvchi yoki harakatlantiruvchi) tolalar (o’tkazish yo’llari) dan iborat. Markaziy va periferik nerv sistemalarining birgalashib ishlashini sodda qilib tushuntirish uchun shunday misolni keltirishimiz mumkin. Qarshimizda bir necha qavatli katta bino turibdi, deb faraz qilaylik. Shu binoga har tarafdan keltirilgan juda ko’p telefon simlari kiritilgan, bu simlar telefon apparatlariga ulangan. Telefon simlari orqali turli mazmundagi xabarlar tashqaridan va shu bino ichidagi xonalardan kelib turadi hamda hammasiga munosib javoblar yuboriladi. Ana shu har bir ta’sirotni markazga olib borib, undan javobni ishchi a’zoga yetkazuvchi ikki xil (sezuvchi va harakatlantiruvchi) nerv tolalari hosil qilgan yoy refleks yoyi deb ataladi.
Demak, hamma reflekslarning asosida ikki xil neyrondan iborat refleks yoyi o’tadi. Butun nerv sistemasini quyidagi uch qismdan tuzilgan, desak bo’ladi:
1) reseptorlar (dastlab qabul qiluvchilar) tashqi yoki ichki muhitdan qabul qilgan ta’sirotni nerv jarayoniga (nerv qo’zg’alishiga) aylantirib, markazga tomon intiluvchi (afferent) neyronga beradi. Bu yo’ldan sezuvchi hujayralarga borgan ta’sirot;
2) konduktorlar (yoki assosiativ) neyron vositasida sezish hujayrasidan harakatlantiruvchi hujayraga (yo’lga) o’tadi, so’ngra u javob reaksiyasi sifatida;
3) effektorlar (markazdan uzoqlashuvchi neyron) orqali ishni (bajaruvchi) a’zolarga (muskul yoki bezga) yetib boradi. Reseptorlar uch soha bo’ylab ta’sirot (qo’zg’alish) qabul qiladi:
1. Ekstroseptiv soha- tashqi tomondan teri yuzasi orqali olinadigan ta’sirot.
2. Introseptiv soha - bunda asosan ichki a’zolarda hosil bo’ladigan kimyoviy moddalar qo’zg’alish ta’sirini beradi.
3. Proprioseitiv soha - bunga maxsus reseptorlar vositasida tananing chuqur qismlari orqali qabul qilinadigan qo’zg’alishlarni yaratuvchi a’zolar (suyaklar, muskullar va hokazo) kiradi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish