Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A



Download 0,5 Mb.
bet96/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

ORALIQ MIYa - DIENCEPHALON O’z nomiga ko’ra, miyaning bu qismi oxirgi miya (telencephalon) bilan o’rta miya oralig’ida joylashgan bo’lib, uning tarkibiga: ko’ruv bo’rtig’i sohasi - thalamencephalon, bo’rtiq osti sohasi - hypothalamus va III qorincha - ventriculus tertius kiradi. Bu qismlar ustida alohida to’xtalib o’tamiz.
1. Ko’ruv bo’rtig’i sohasi - thalamencephalon. Bu qism o’z navbatida uch qism:
1) ko’ruv bo’rtig’i - thalamus opticus,
2) bo’rtiq usti sohasi - epithalamus va
3) bo’rtiq orqasi- metathalamus dan iborat. Ko’ruv bo’rtig’i - thalamus opticus kulrang moddadan tuzilgan, taxminan tuxum shaklidagi kattagina bir tepalik (qavariq) dan iborat bo’lib, III qorinchaning ikki yon devorlarida joylashgan. Uni ko’rish uchun miyaning ikki yarimsharini o’rtadagi bo’ylama yoriqdan ajratib, ichki (medial) tomondan qaramoq kerak. Bo’rtiqning oldingi uchi sal ingichkalashib, do’mboqcha shakliga kirgani uchun tuberculum anterius rhalami deb, orqa uchi esa yotiqsimon silliq va past tepalikni hosil qilgani uchun pulvinar thalami (bo’rtiq yostig’i) deb ataladi. Ko’ruv bo’rtig’ining pastki vayuzalari tekislanib, qo’shni qismlar bilan qo’shilib ketgan, uni aniqlash qiyin,ustki va ichki (medial) yuzalari esa yaqqol ko’rinib turadi. Ko’ruv bo’rtig’ining vazifasi juda muhimdir. Bosh miya po’stlog’iga tomon boruvchi hamma sezuvchi yo’llar shu ko’ruv bo’rtig’ida almashinadi, ya’ni o’zi olib kelayotgan ta’sirot (impuls) ni oxirgi neyronga yetkazib beradi. Uning yostiq (pulvinar) sohasida ko’ruv yo’lining markazi bor. oldingi o’zakda so’rg’ichsimon tanalardan - corpora mamillaria dan kelayotgan Vikd - Azir tutamchasi tugaydi. Shunday qilib, bu tutamcha ko’ruv bo’rtig’ini hid bilish sohasi bilan bog’laydi. Bo’rtiq usti sohasi - epithalamicus da bittayu-bitta shishasimon tana - corpus pineale yoki miyaning ustki ortig’i - epiphysis o’rin olgan. Shishasimon tananing corpora quadrigemina ga qarashli ustki ikki tepachasi o’rtasida osilib turishini yuqorida aytib o’tgan edik. Uning tepasida qadoq tananing qayishi (splenium corporis colliosi) turadi. Shishasimon tananing oldingi uchi ikki yon tomondan kelayotgan pilik singari yuganchalar - habinulae bilan qo’shilgan. Bu yuganchalar o’rtada bir-biri bilan qo’shilib, yugancha bitishmasi - comissura habinularum ni hosil qiladi, tashqi tomonda esa ko’ruv bo’rtig’ining oq xoshiyasi (stria medullaris) gacha boradi va shu joyda uchburchak shaklida bir oz kengayadi, bunga trigonum habinulae deyiladi. Bo’rtiq orqasi- metathalamus tizzali tana - corpus geniculatum deb ataluvchi ikki qismdan iborat. Bu tanalar ko’ndalangiga yonma-yon joylashganligi uchun ichki va tashqi tizzali tana - corpus geniculatum mediale, corpus geniculatum laterale nomi bilan ifodalanadi. Bu tanalar oq rangdagi uzunchoq do’mboqchalardan iborat bo’lib, ichkari tomondagisi tashqaridagiga qaraganda birmuncha yaxshi ko’rinadi. U to’rt tepalikning pastki tepachalari (pastki oyoqchalari) oldida, ko’ruv bo’rtig’ining ostida joylashgan bo’lib, to’rt tepalikning pastki tepachalari bilan birga po’stloq osti eshituv markazi vazifasini bajaradi (bu tanachada tashqi qovuzloqning tolalari tugaydi).
II. Bo’rtiq osti sohasi.- hypothalamus bu sohaga III qorinchaning pastki va oldingi tomonida joylashgan qismlar, ya’ni kulrang do’mboqcha - tuber cinereum, miyaning ostki ortig’i (oyoqchasi bilan) - hypophysis et infundibulum, ko’ruv nervi kesishmasi va ko’ruv yo’li - chiasma opticum et tractus opticum, so’rg’ichsimon tanalar - corpora mamillaria kiradi. Ko’ruv nervlarining kesishmasi - chiasma opticum, orqa tomondan so’rg’ichsimon tanalar - corpora mamillaria ning o’rtasida joylashgan. Uning ichi kavak bo’lib, yupqa devorlari kulrang moddadan tuzilgan. Pastga qaragan devori voronka shaklida asta-sekin toraya borib ingichka oyoqchaga aylanadi, ana shu joyiga - infundibulum deyiladi. Bu oyoqchaning pastki uchida miyaning pstki ortig’i - hypophysis osilib turadi. Bu a’zo bosh suyagidagi ponasimon suyakning fossa hypophysios deb ataluvchi maxsus chuqurasida turadi. Ko’ruv nervlarining kesishmasi - chiasma opticum kulrang do’mboqning old tomonida, shu do’mboqqa tegib turadi. U taxminan to’rtburchak shalkdidagi oq plastnika bo’lib, ikkita ko’ruv nerv tolalarining bir-birini kesishib o’tgan va kesishmagan tolalardan tashkil topgan (bu haqda o’tkazish yo’llarini yozganda fikr yuritamiz). Bu to’rtburchak plastinkaning orqadagi burchagidan ko’ruv yo’llari- tractus opticus boshlanadi. Bu yo’llar miya oyoqchalarini tashqaridan aylanib o’tib, ko’ruv bo’rtig’ining orqasida yashirinadi. Plastnikaning oldingi burchaklariga esa ko’ruv nervlapri - hervus opticus (II juft) keladi. Bo’rtiq osti sohasi - regio subthalamica deb atalgan yana bir juda kichkina soha bor. Bu soha ko’ruv bo’rtig’ining pastki tomonida joylashgan bo’lib, bo’rtiqdan sulcus subthalamicus yordamida ajralib turadi. Bu soha miya oyoqchalari tomining ustki qavati va shu qavatdagi qizil o’zak bilan qora moddaning davomi hisoblanadi. Qora modda (substantia nigra) ning tashqi tomonida hozirgacha vazifasi to’la aniqlanmagan yana bir o’zak joylashgan, bunga bo’rtiq osti (yoki Lyuis) tanasi- corpus subtharamicum deyiladi. Ba’zi olimlar (oval) uzunchoq shaklidagi bu tanani avtonom nerv sistemasiga aloqador deb hisoblaydilar.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish