SUT BEZI - CLANDULA MAMMARIA Sut bezi emizuvchilarga xos bo’lib, go’daklarni emizish uchun moslashgan. Sut bezlari odamda, maymunda va ko’rshapalak kabilarda bir juft bo’ladi, boshqa sut emizuvchi hayvonlarda esa tug’adigan bolalarining soniga qarab ikki juft, to’rt juft va undan ham ortiq bo’lishi mumkin. Odam sut bezlari katta ko’krak muskulining ustida joylashganligidan, uni ko’krak bezlari deb ham yuritiladi. Tuzilishi jihatidan sut bezlari sut ishlab chiqarishga moslashgan ter bezlari bo’lib, ana shu ter bezlaridan takomil etadi.
EShITISh VA MUVOZANAT A’ZOSI YoKI QULOQ Tovush havo va suv to’lqinlarini sezuvchi teseptorlar hayvonlar va odamda bitta umumiy a’zoda joylashgan. Shuning uchun ham eshitish va muovzanat a’zosi birgalikda o’rganiladi. Eshitish a’zosi ektodermadan takomil etadi. Embiron rivojlanishining taxminan 3-haftasida, miya orqa pufagi sohasidagi ektoderma bir oz qalin tortadi, bunga eshitish plastinkasi deyiladi. Eshitish plastinkasi embrionning 4- haftasi davomida takomillashib borib, chuqurlik hosil qiladi, bu eshitish chuqurligi deb ataladi. Eshitish chuquriligi tobora chuqurlashib, teridagi og’zi toraya boradi va berkilib ketadi. Natijada, epiteliydan iborat berk eshitish pufakchasi hosil bo’ladi.
Suyak labirintining takomil etishi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, embrion rivojlanishining 3-oyi oxirlarida pardadan iborat labirint (yarim yoy halqalar) hosil bo’lar ekan. Pardadan tuzilgan labirint takomil etib borar ekan, ayni vaqtda ana shu parda - labirint atrofida mezenxima to’qimasi to’planib boradi. 4-oy boshida pardan iborat bo’lgan labirint atrofidagi mezenxima tog’ayga, ya’ni tog’ay libirintiga aylanadi. Natijada, parda labirinti bilan tog’ay labirinti orasida perilimfatik bo’shliq hosil bo’ladmi. Embiron taraqqiyotining 7-oy davrida tog’ay labirinti perixondral suyaklanish yo’li bilan suyak labirintiga aylanadi. Shunday qilib, hammasi bo’lib uchta yarim doira kanali hosil bo’ladi. Har qaysi yarim doira halqa bir-biriga perpendikulyar holda joylashadi. To’rt oyoqli (gorizontal holda yuruvchi) hayvonlarda oldingi vertikal, orqa vertikal va gorizontal kanalar, odamda esa (vertikal holga o’tish bilan) oldingi, orqa va gorizontal kanallar bilan bo’ladi, ya’ni oldingi vertikal kanal o’rniga orqa kanal yuzaga bo’ladi.
Tashqi quloq - Auris externa Tashqi quloq tarkibiga quloq suprasi va tashqi eshituv yo’li kiradi. Quloq suprasi - auricula, elastik tog’aydan tuzilgan, ustidan teri bilan qoplangan tovush ushlagich bo’lib, shakli (quloq suprasining yumshog’i hisobga olinmasa) xuddi asosida yotgan tog’ay shaklining o’ziginasidir. Quloq suprasi odatda, quloq deb yuritilaveradi. Quloq suprasining tog’ayi quloq chetida qayrilib (buralib) tamom bo’ladi, bunga quloq suprasining burmasi helix deyiladi. Oldingi va yuqori tomondagi quloq chuqurchasi (teshigi) sohasida burma oyog’i- crus helicis bilan boshlanib, oldin yuqoriga va orqa tomonga, so’ngra pastga va oldingi tomonga qarab qayrilib, quloq suprasining yumshog’i - lobulus auriculae gacha davom etadi. Quloq suprasining chetki qiyg’i - helix ga parallel yo’nalgan bo’rtma bor, bunga anthelix deyiladi. Tashqi eshituv yo’li - meatus aeatus externus quloqning tashqi teshigi bilan nog’ora pardasi orasida joylashgan “S” simon kanal bo’lib, uzunligi 30-33 mm dan oshmaydi. Tashqi eshituv yo’li qiyshiq bo’lganligi sababli uncha uzoq joylashmagan nog’ora pardasi quloq teshigidan qaralganda ko’rinmaydi. Nog’ora pardani ko’rish uchun quloq suprasini yuqoriga va orqa tomonga tortish (tashqi eshituv kanalini to’g’rilash) kerak. Tashqi eshituv kanali ikki qismdan6 tashqi tog’ay va ichki suyak qismlaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |