Quloqning nog’ora prdasi. Nog’ora parda - membrana tympani tashqi eshituv yo’lini o’rta quloq bo’shlig’idan ajratib turadi. Tashqi eshituv yo’li deb ataluvchi aylana ariqcha bilan tugaydi, nog’ora pardaning cheti - limbus membranae tympani ana shu ariqchaga soat oynasi o’z korpusiga joylashganidek o’rnashadi. Nog’ora pardaning sulcus tympanicus ga birikish yerida anulus fibrocartilagineus deb ataluvchi fibroz halqa bor. Nog’ora parda doira shakliga ega bo’lib, yupqa elastik qo’shuvchi to’qimadan iborat. Tashqi eshituv yo’li yoritib qaralganda, och pushti rangdagi yaltiroq parda holida ko’rinadi. Murdalarda nog’ora parda o’z yaltiroqligini yo’qotgan bo’ladi, ya’ni u oqimtir va xira bo’ladi. Katta yoshdagi odamlar qulog’ining nog’ora pardasi 11X9 mm dir. Nog’ora pardaning qalinligi hamma yerda bir xil bo’lmay, balki o’rta qismi yupqaroq, cheti (limbus membranae tympani) qalinroqdir.
O’RTA QULOQ - AURIS MEDIA -O’rta quloq tarkibiga nog’ora bo’shlig’i va yutqin bilan o’rta quloqni qo’shib turuvchi Yevstaxiy nayi kiradi. Nog’ora bo’shlig’i va Yevstaxiy nayi birinchi jabra chuqurchasi hisobiga takomil etadi. O’rta quloq bo’shlig’i chakka suyagi toshsimon o’sig’ining ichida joylashgan, embrion takomili davrida u suyuqlik bilan to’lgan bo’ladi. Bola tug’ilib, bir necha soat nafas olganidan so’ng bu suyuqlik o’rniga havo almashinadi, shundan so’ng chaqaloq qulog’i eshita boshlaydi. O’rta quloq bo’shlig’ida joylashgan eshituv suyaklari I va II jabra yoriqlari hamda ravoqlari hisobiga yuzaga keladi. Pardadan iborat bo’lgan bolg’acha va sandoncha birinchi jabra ravog’idan, uzangicha esa ikkinchi jabra 78 ravog’idan hosil bo’ladi. Pardadan tashkil topgan har uchala eshitish suyaklari oldin tog’ayga, so’ngra suyakka aylanadi. Nog’ora bo’shlig’i - cavum tympani nog’ora pardasi bilan labirint orasida, ya’ni tashqi quloq bilan ichki quloq orasida joylashgan bo’lib, shaklan “harbiy nog’ora” bo’shlig’iga o’xshaydi. Cavum tympani da uch dona eshitish suyagi bir-biriga zanjir kabi tutashib o’rin olgan.
Yevstaxiy nayi - tuba auditiva. Yevstaxiy nayi yutqin bilan o’rta quloq bo’shlig’ini bog’lab turuvchi nay bo’lganligi uchun, bu nayning bir uchi yutqinga - ostium pharyngeum ikkinchi uchi esa o’rta quloq oldingi devorining yuqori qismiga ochiladi; Yevstaxiy nayining o’rta quloqqa ochilgan teshigiga - ostium tympanicum tubae deyiladi. Voyaga yetgan odamlarda Yevstaxiy nayining uzunligi 35-40 mm bo’lib, suyak va tog’ay qismlaridan iboratdir. Yevstaxiy nayining suyak qismi - pars ossea tubae ning uzunligi 11-15 mm bo’lib, nayning tog’ay qismi - pars cartilaginea tubae dan deyarli ikki marta kattadir. Yevstaxiy nayining suyak qismi chakka suyagining canalis musculotubarius deb ataluvchi kanalining ostki yarim kanalida joylashgan. Yevstaxiy nayining suyak qismi voronkasimon shaklga ega. Uning kengaygan uchi o’rta quloqqa (ya’ni, lateral tomonga) qaragan.
Do'stlaringiz bilan baham: |