Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A


To’r parda - retina ko’z soqqasining eng ichki



Download 0,5 Mb.
bet108/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

3. To’r parda - retina ko’z soqqasining eng ichki pardasi bo’lib, ko’z soqqasining bo’shlig’iga qaragan va shu bo’shliqda joylashgan shishasimon tana - corpus vitreum ga bevosita tegib turadi. Retina ning tashqi yuzasi tomirli pardaga yopishgan bo’lib, ko’z qorachig’igacha yetib boradi. To’r parda boshqa pardalar singari mexzenximadan takomil etmaydi, o’zi juda ichkarida joylashgan bo’lishiga qaramay, u ektoderma mahsulotidir (ko’z takomiliga qaragan). To’r pardaning ikki qavati: tashqi pigment qavat - stratum pigmenti va ichki tiniq qavat yoki asl to’r parda - retina tafovut qilinadi. nur sezish qobiliyati boryo’qligiga qarab to’r parda orqa ko’ruvchi qismi - pars optica va oldingi ko’r qismi - pars caeca retinae ga bo’linadi. To’r parda ko’ruvchi va ko’r qismlarining bir-biriga o’tish yeri tomirli qavat qismining kipriksimon tanaga o’tish yeriga, ya’gi ora serrata sohasiga to’g’ri keladi. Ko’zning nur sezish qobiliyatini ta’minlovchi to’r qavat bag’rida joylashgan kolbacha va tayoqchalar to’r pardaning pars optica qismidagina bor. ko’z kasalliklari amaliyotida hakimlar oftalmoskop yordamida ko’z soqqasi tubini ko’zdan kechiradilar. Odatda, ko’z soqqasi tubi qora-qizil ko’rinadi. Bu tomirli qavatdagi tomirlarning rangsiz to’r parda orqali ko’rinishi sababli ro’y beradi. Ko’z soqqasi tubi oftalmoskop yordasida qaralganda, uning hamma yeri bir xilda qizil bo’lmay? Ko’zning orqa qutbidan bir oz medial (burun tomonda, bir yeri oqimtir rangga ega ekanligi oqimtir dog’) ko’riladi. Bu yumaloq shaklga ega bo’lib, ko’rish nervi n. opticus ning ko’z soqqasidan chiqib ketayotgan yeridir. U bir oz chuqurroq bo’lib, diametri 1,7 mm dir. Shuning uchun ham bu yerning ko’rish nervi so’rg’ichiga papillae n. optici deyiladi. Ko’rish nervi so’rg’ichi joylashgan yerdagi to’r qavatda kolbacha va tayoqchalar yo’q. Shuning uchun oqimtir dog’ sohasi ko’rinmaydi, binobarin u ko’r dog’ deb ataladi. Ko’z orqa kutbining lateral tomonida (quloq tomonida), ko’z soqqasining tubida ikkinchi dog’ bo’lib, rangi to’q sariq (jigar rang) bo’lganligi uchun sariq dog’ - macula tutea deyiladi. Sariq dog’ oval bo’lib, kattaligi (ko’ndalangiga) 1 mm dir. O’rtasida nuqtasimon chuqurchalari bor, ana shu chuqurchalarga fovea centralis deyiladi va u ko’zning eng o’tkir ko’rish nuqtasi hisoblanadi. To’r parda bag’ridagi tayoqcha va kolbachalarning ko’rinishiga kelsak, tayoqchalar o’z tarkibida ko’rish purpuri deb ataluvchi modda saqlaydi. Agar qorong’ida ko’zning to’r qavatiga qaralsa, bu modda uni pushti qilib ko’rsatadi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish