Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A


ROMBSIMON ChUQUR - FOSSA PHOMBOIDEA IV



Download 0,5 Mb.
bet95/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

ROMBSIMON ChUQUR - FOSSA PHOMBOIDEA IV qorinchaning tubini tashkil etgan bu chuqur, o’z nomiga yarasha, romb shaklida (yuqoriga va pastki tomonga cho’zilgan to’rt burchak shaklida) bo’lib, miyaning uch qismiga taalluqlidir. Ustki qismi isthmus rhombencephali hisobidan, o’rta qismi ortqi miya - meten cephalon, pastki qismi esa uzunchoq miya - myelencephalon hisobidan vujudga kelgan. Uning to’rt tomoni, ya’ni oldingi iki yon tomoni va orqadagi ikki yon tomoni bor. Oldingi yon tomonlari miyachaning ikki ustki oyoqchalari, orqa yon tomonlari esa miyachaning pastki ikki oyoqchalari bilan chegaralangan. Chuqurning oldingi torayib cho’zilgan burchagida miya suv yo’lining (aqueductus cerebri) teshigi joylashgan. Orqadagi shunday burchak esa orqa miyaning markaziy kanali bilan qo’shilgan. Rombsimon chuqurning pastki qismida, o’rta egatning ikki yon tomonida til osti nervning uchburchagitrigonum nervi hypoglossi joylashgan bo’lib, uning tashqi tomonida kichkina kulrang joy (kulrang qanot) - ala cinirea turadi. Kulrang joyning ostida rombsimon chuqurning har ikkala yarmi xuddi xat yozadigan pero shaklida torayib borgani uchun unga calamus scriptorius (yozadigan pero) deb nom berilgan. Xuddi ana shu joyda, rombsimon chuqurning pastki burchagi orqa miyaning markaziy kanali bilan tutashadigan joyda, miyaning ensiz plastinkasi bo’lib, unga obex deyiladi.
O’RTA MIYa - MESENCEPHALON Bu miya quyidagilardan iborat: old tomonda miya oyoqchalari- pedunculi cerebri bilan orqa yirtiq (ilmateshik) parda - substantia perforata posterior, orqa tomonda to’rt tepalik plastinkasi - lamina quadrigemina, ikki yon tomonda to’rtta tepalik yelkalari - brachia quadrigemina dan iborat. O’rta miyaning o’rtasidan oldingi orqaga tomon miya suv yo’li (yoki Silviy suv yo’li) - aqueductus cerebri (s. Sylvii) o’tgan. O’rta miya tarkibiga kiruvchi qismlarning orqasidagisini, ya’ni lamina quadri gemina ni orqa miyaning tomi - tectum mesencephali ham deydilar. Bu qism oldingi miya chodiri (velum medullare anterius) ning qirg’og’idan to shishasimon tana- corpus pineale - ga qadar masofani egallaydi va miya yarimsharlari ostida (qisman qadoq tananing orqa qismi ostida) yashiringan holda turadi. Bu plastinkaning orqasida har ikki tomonda, ostin-ustun joylashgan ikkitadan to’rtta tepalik (do’mboqlar) - corpora quadrigemina bo’lib, ularni tikka va ko’ndalangiga ketgan hamda birbiri bilan o’rtadan kesishgan ariqchalar ajratib turadi. O’rta miyaning ikkinchi qismi miya oyoqchalari - pedunculi cerebri dir. Ular ikkita yo’g’on to’sin shaklida Varoliy ko’prigi oldingi qirg’og’ining ikki yon tomonidan boshlanib, oldinga va ikki chekkaga tomon bir-biridan uzoqlashib keta boshlaydi, oxiri miya yarimsharlari ichiga kirib ketadi. Xuddi ana shu joyda ularning uo’ruv yo’li - tractus opticus kesib o’tadi. Shuning uchun ullarning miya yarimsharlari ichiga kirib borayotgan uchlari ko’rinmaydi. Miya oyoqchalari oralig’ida enlik chuqurlik bo’lib bunga fossa interpeduncularis deyiladi. Bu chuqur tag tomondan tashqi ilma-teshik modda - subsatantia perforata posterior bilan tugallanadi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish