III. Ko’zni harakatlantiruvchi nerv - N. oculomotorius O’zi nomiga ko’ra, bu nerv ko’z soqqasining muskullariga boradi, u asosan harakatlantiruvchi tolalardan tuzilgan. Nerv ko’z kosasi ichiga fissura orbitalis superior orqali o’tadi va bu yerda ikki shoxga bo’linadi:
1) ustki shox (ramus superior) - ustki qovoqni ko’taruvchi muskullar (mm. levator palpebrae superior) va ustki to’g’ri muskul (m. rectus superior) ga boradi;
2) pastki shox (ramus inferior) - pastki qiyshiq muskul (m. obliguns interior), pastki to’g’ri muskul (m. rectus inferior va ichki to’g’ri muskul m. rectus medialis) ga boradi. Pastki shoxning ildizchasi - radix oculomotoria o’z qatoridagi parasimpatik tolalar bilan kiprik tuguni - ganglion ciliare ga boradi. N. oculomotorius miya oyoqchalari o’rtasidan chiqadi.
IV. G’altak nervi - N.trochlearis Uncha katta bo’lmagan bu nerv yuqori miya chodirining orqa tomonidan chiqadi va miya oyoqchasini tashqi tomondan aylanib o’tib, fissura orbitalis superior dan ko’z kosasir ichiga kiradi. Bu nerv harakatlantiruvchi tolalardan iborat bo’lib, ko’z soqqasining ustki qiyshiq muskuli (m. obliquus superior) ga boradi.
V. Uch shoxli (uchlik) nerv - N.trigeminus Bu nerv o’zining yo’g’onligi va miyadan chiqish tartibi bilan boshqa nervlardan farq qiladi. U dastlabki ikki bo’lak (ildizdan iborat holda sezuvchan ildiz - radix sensoria va harakatlantiruvchi ildiz - radix motoria) miyadan alohida-alohida chiqadi. Sezuvchi tolalardan iborat katta bo’lak o’rtacha oyoqchasi bilan Varoliy ko’prigi chegarasidan yorib chiqadi, harakatlantiruvchi tolalardan iborat kichik bo’lak esa katta bo’lakdan oldinroq va tashqariroqdan chiqadi. Ko’z nervi - N. ophthalmicus (I shox) Yuqorida aytib o’tilganidek, ko’z nervi ko’z kosasining ustki yorig’i (fissura orbutalis superior) orqali ko’z kosasiga o’tadi, va uch tarmoqqa bo’linadi. Bular peshona nervi - n. frontalis, ko’z yoshi nervi - nlacrimalis, burun - kiprik nervi - n.nasociliaris dir. Ustki jag’ nervi - N.maxillaris (II shox) Ponasimon suyakning katta qanotidagi yumaloq teshik - foramen rotundum orqali qanot-tanglay chuquri - fossea ptergopalatina ga chiqadi va o’zidan to’rtta shox beradi: 1) ko’z kosasi pastidagi nerv - n. infraobitalis ustki jag’ nervlarining eng yo’g’on va uzun shoxi bo’lib, uning to’g’ridan-to’g’ri davomi sifatida ko’z kosasining pastki yorig’i (fissura infraorbitalis) orqali ko’z kosasi ichiga kiradi va pastki devoridagi sulcus infraorbitalis canalis infraorbitalis lar orqali ko’z kosasining pastki qirg’og’idagi teshik (foramen infraorbitale) dan tashqariga (yuzga) chiqadi. Teshikdan chiqishi bilanoq, mayda va kalta shoxobchalarga bo’linib, g’oz panjasi singari yoyiladi. Shunga ko’ra, bu shoxobchalarga kichik g’oz panjasi - pen anserinus minor ham deyiladi. Bu shox pastki qovoq ustki lab va buruning yon devorlaridagi terini innervasiya qiladi. Pastki jag’ nervi - N. mandibularis (III shox) Yuqorida aytib o’tilgandek, pastki jag’ nervi o’ziga harakatlantiruvchi tolalardan iborat kichik bo’lak (portio minor) ni ham qo’shib oladi. Binobarin, bu shoxning tarkibida ham sezuvchi, ham harakatlantiruvchi tolalar bor. Mana shu shox kalla suyagi ichidan ponasimon suyakning katta qanotidagi oval teshik orqali chiqadi va shu ondayoq harakatlantiruvchi hamda sezuvchi nervlar (tarmoqlar) ga bo’linib ketadi. Shoxning harakatlantiruvchi tolalaridan sakizta mayda nervlar (shoxchalar) ajraladi va o’zlariga taalluqli muskullarnomini oladi, chunonchi: a) n. massetericus - chaynov muskulining nerviga (m. masseter); b) n. temporalis profundus - chakka muskulning nerviga (m. temporalis); v) n. pterygoideus medialis - ichki qanotsimon muskulga (m. pterugoieus lateralis); g) n. pterygoideus lateralis - tashqi qanotsimon muskulga (m. pterygoideus lateralis); d) ramus memdranae tympani - eshituv pardasiga, aniqrog’i shu pardani taranglovchi muskulga (m. tensor tympani); ye) n. tensoris veli palatini tanglay chodirini taranglovchi muskulga (m. temsoris veli palatini; n. mylohyoideus - shu nomidagi muskulga).