Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A


BOSh MIYa – ENCEPHALON UMUMIY MA’LUMOTLAR



Download 0,5 Mb.
bet91/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

BOSh MIYa – ENCEPHALON UMUMIY MA’LUMOTLAR Bosh miya bosh suyagining ichida joylashgan. Tashqi yuzalari va tubi bosh suyagiga yaqin turganligidan uning shakli bosh suyagi ichki yuzasining shakliga o’xshaydi. Uning tepa va yon yuzalari bosh suyagining ustki qismiga (calvaria) o’xshab, gumbaz shakliga kirgan bo’lsa, pastki yuzasi (tubi) yassi, hatto o’rtasidan bir oz botiq bo’ladi. Bosh miyaga bir qarashda uning avvalo uchta yirik qismdan iborat ekanligi ko’zga tashlanadi:
1) ustki eng katta qismi, ya’ni katta miya - cerebrum;
2) miyacha- cerebellum
3) miya pog’onasi - truncus encepnali yoki dastasi. Bu uch qismning bir-biriga munosabatini bilish uchun bosh miyaning taraqqiyot jarayonlari bilan tanishmoq kerak. Buni quyiroqda bayon etamiz. Miya yarimsharlari (o’ng va chap) bir-biri qadoq tana - corpus callosum vositasida qo’shilgan. Yarimsharlar asosan oq va kulrang moddan (miya po’stlog’ida) tuzilgan bo’lib, ular hajm jihatidan miyaning eng katta qismini tashkil etadi. Yarimsharlar miyaning boshqa qismlarini ustidan va atrofidan qoplab turganligi uchun ularni qoplama (plashch) - pallium deyiladi. Plashch, filogenez nuqtai nazaridan, bosh miyaning yangi (keyinchalik taraqqiy etgan) qismi bo’lganligidan uni yangi miya - neencephalon deb ham ataladi.
BOSh MIYa TARAQQIYoTI Markaziy nerv sistemasi boshqa a’zolarga qaraganda erta taraqqiyo eta boshlaydi. Ko’p vaqt o’tmay bu birlamchi pufakchalarning birinchi va uchinchisi yana ikkitadan pufakchalarga bo’linadi. Prosencephalon dan hosil bo’lgan pufakchalarning oldingisiga telencephalon (oxirgi miya), ikkinchisiga esa diencephalon (oraliq miya) deyiladi, rhombencephalon dan paydo bo’lgan pufakchalarning oldingisiga mesencephalon (ortqi miya) va ikkinchisiga myelencephalon (uzunchoq miya) deyiladi. O’rta miya (mesencephalon) pufakchalarga bo’linmay, aslicha qolaveradi. Endi qaysi pufakchalardan miyaning qaysi qismlari taraqqiy etishi ustida qisqagina to’xtalib o’tamiz. Rombsimon miya (Rhombencephalon) o’z navbatida ikkiga: myelencephalon va metencephalon ga bo’linadi, birinchisidan uzunchoq miya ikkinchisidan miyacha, Voroliy ko’prigi hosil bo’ladi. Bularning bo’shlig’i IV qorinchaga aylanadi. O’rta miya pufagi - mesencephalon o’z taraqqiyotida miyaning boshqa qismlaridan birmuncha orqada qoladi, uning devorlari bir tekis yo’g’onlasha borib, ichidagi bo’shliq torayadi (kengaymasdan qoladi) va IV qorinchani III qorincha bilan qo’shadigan ingichka suv yo’liga aylanadi. Bu kanalga Silviy suv yo’li - aquedctus cerebri deyiladi. Uning orqa devoridan to’rt tepalik plastinkasi - lamina quadrigemina, oldingi devoridan esa miya oyoqchalari - pedunculi cerebri taraqqiy etadi. Oraliq miya - diencephalon deyarli butunlay ko’ruv bo’rtig’i bilan bog’langandir. Uning ikki yon devorlari takomillasha borib, ko’ruv bo’rtmalariga aylanadi. Shuningdek taraqqiyotning boshlang’ich davrida uning yon devorlaridan ko’z pufaklari deb ataluvchi bir juft pufak paydo bo’ladi. Bu pufakchalardan keyinchalik ko’ruv nervlari va ko’z to’r pardasi taraqqiy etadi. Oraliq miya pufagining ichidagi bo’shliq kengayib, bosh miyaning III qorinchasi - ventriculus tertius ga aylanadi. Bu qorincha miyaning suv yo’li orqali IV qorincha bilan maxsus teshiklar yordamida (quyiroqqa qaralsin) yon qorinchalar bilan tutashgan. Oxirgi miya - telencephalon pufagidan miya plashchi (yopqichi) taraqqiy etadi. Miyaning bu qismi taraqqiyot davrining boshlanishida miyaning boshqa qismlari (pufaklari) bilan bir xil kattalikda bo’lsa ham, keyinchalik juda tez taraqqiy etish, takomillashishi natijasida miyaning eng katta qismiga aylanib, qolgan qismlari ustdan yopib turadi, ya’ni miyaning boshqa qismlari shu plashch (yopqich) ostida sirtdan ko’rinmay qoladi. Avval toq holda paydo bo’lgan pufak: miyaning bo’lajak qattiq pardasidan ajraladigan o’roqsimon o’siq vositasida ikkiga bo’lina boradi va miya yarimsharlari vujudga kela boshlaydi. Oxirgi miya pufagi ikkiga bo’linganda, ya’ni miya yarimsharlari vujudga kela boshlagan vaqtda, uning o’rtasidan yana bir kichik bo’lakcha ajralib qoladi, bunga telencephalon medium deyiladi. Ana shu qo’shimcha bo’lakning oldingi devorida embrional taraqqiyotning birinchi oyi boshlanishida qalinlashish ro’y beradi. Bitishma plastinkasi deb atalgan bu joy hisobidan keyinchalik qadoq tana (corpus callosum), ìèÿ ãóìáàçè (fornix) va oldingi bitishma- comissura anterior taraqqiy etadi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish