QO’L PANJASI VENALARI Vena kapillyarlari barmoqlarning kaft tomonida (palma manus) âà îðšà òîìîíäà (dorsum manus da) teri osti chigallarini hosil qiladi. panjaning orqa tomonidan ketayotgan venlar ayri singari har bir tirnoq ildizi ikki yon tomondan o’rab oladi borgan sari kattalashadi va undan vv. metacarpeae dorsales vujudga keladi. Birinchi va ikkinchi barmoq suyaklari orasidagi venalar vv. metacarpeae prima et secunda bosh vena - vena cephalica tarmoqlariga o’tadi. Uchinchi va to’rtinchi barmoq suyaklari oralig’idagi venalar - vv. metacarpeae dorsales tertiae et quartae esa asosiy vena - vena basilica tarmoqlariga qo’shiladi. Kaftning ikkita chekka venasi - vv. marginalis yuqoriga tomon ko’tarilaveradi. Endi chuqur venalarni ko’rib chiqaylik. Qo’l panjasining orqa tomonidagi chuqur venalar ko’pincha juft bo’ladi va shu tomondagi arteriya chigalini kuzatib boradi. Buni rete carpe dorsalis deb ataladi. Chuqur venalar arteria radialis ning kuzatib ketayotgan venalari orqali vena basilica ning boshlanish qismiga quyadi. Bu yerda dorsal venlar bilan kaft venalarining anastomozlari yaxshi rivojlangan bo’lib, qon vv. metacarpeae palmares dan, vv. metacarpeae dorsales ga shu anastomozlar orqali o’tadi. Qo’l kafti venlari ham yuza va chuqur joylashgan bo’ladi. Bulardan yuza (teri ostida) joylashgan venalar chuqur joylashganiga nisbatan anchagina ingichka, ya’ni yaxshi takomil etmagan bo’ladi.
BILAK VA YeLKA VENALARI Bu sohalaridagi venalar qo’l panjasi venalarining bevosita davomi bo’lib, ular ham yuza va chuqur joylashgan guruhlarga bo’linadi. Bilakdagi yuza venalar arteriyalarni kuzatmaydi. Aksincha, o’zlari teri ostida tanho joylashadi. Bunday venalarga yo’l-yo’lakay turlicha kattalikdagi ko’pgina venalarni qabul qiluvchi ikkita asosiy vena kiradi. Ularning biri bosh vena - v. cephalica, ikkinchi esa asosiy vena - v. basilica deb ataladi. Juda kamdan-kam hollarda bu ikki venadan tashqari, bilakda uchinchi yuza vena - v. mediana antebrachii bo’lishi ehtimol. Bu venalar chuqur venalarga nisbatan ancha yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, faqat terining o’zidagi venalar bilangina emas, balki bilak-yelkaning chuqur joylashgan venalari bilan ham yaxshi anastomoz hosil qiladi va qisman muskullardan qon oladi. Bilak va yelkaning chuqur joylashgan venalari. Bu sohadagi chuqur joylashgan venalar ikkitadan (juft) bo’lib, shu joydagi arteriyalarni kuzatadi (vv. comitantes) va shu arteriyalarning nomi bilan ataladi. Katta ko’krak muskuli - m. pectoralis major ning pastki qirog’i sohasida vv. brachiales lar bir-biri bilan qo’shilib, qo’ltiq venasi v. axillaris ni hosil qiladi. Juda kamdan-kam hollarda qo’ltiq venasi ikkita (juft) bo’lishi ham mumkin. V. axillaris qo’ltiq chuqurchasi sohasida shu nomdagi arteriyaning oldida bir oz ichkariga oson joylashadi va o’mrov ostidan o’tishi bilanoq o’mrov osti venasi - v. subclavia nomini oladi. V. axillaris ga bundan tashqari, quyidagi venalar quyiladi:
1) qorin va ko’krak devorlaridan qon yig’uvchi v. thoracoepigastrica bilan v. epigastrica superficialis (v. femoralis ga quyiladi) anostomoz hosil qiladi. Qo’ltiq venasi bilan son venasi o’rtasida bog’lanish borligi ana shundan ma’lum bo’ladi. Bu ham kava-kaval anastomozning bir turi;
2) Vv. costaaxillares - bu vena qovurg’alararo vena bilan anastomoz hosil qiladi;
3) V. thoracica lateralis;
4) V. thoracoacromialis;
5) V. subscapularis;
6) Vv. circumflexae humeri;
7) ko’krak bezi uchi aylanasidagi yuza chigal - plexus venosus areolarius ham v. axillaris ga quyiladi. Bu venalar to’g’ridan-to’g’ri qo’ltiq venasiga yoki uning biror tarmog’iga quyadi.