Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A



Download 0,5 Mb.
bet84/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

YuQORI KAVAK VENA SISTEMASI Yuqori kavak vena - vena cava superior ning uzunligi 6-8 sm, diametri 18-25 mm bo’lib, uzunligi va kengligiga ko’ra, gavda venalari ichida ikkinchi o’rinda turadi. U o’ng va chap venae-brachiocephalicae larning qo’shilishidan hosil bo’ladi. O’ng tomonda bu ikki venaning qo’shilishi to’sh suyagining birinchi o’ng birnchi o’ng qovurg’a tog’ayi bilan qo’shilgan joyiga to’g’ri keladi, ikkinchi o’ng qovurg’a tog’ayining to’sh suyagi bilan qo’shilgan joyiga kelganda yurak xaltasi (perikard) ga o’raladi va o’ng tomondagi uchinchi qovurg’a tog’ay qismining to’shga birikkan joyi rshisida yurakning o’ng bo’lmachasiga quyiladi. Toq vena - v. azygos. Orqa ko’ks oralig’i - media stium posterior da joylashgan bo’lib, dumg’aza venalaridan boshlanadi. Bu sohadan boshlanuvchi venalar avval o’ng tomondagi bel venasi - vilumbalis ascendens dextra ni hosil qiladi. Bu vena yuqoriga ko’tarilib, ko’krak qafasi ichiga kirgach, v. azygos nomi bilan davom etadi. Toq vena bel umurtqasining o’ng tomonida m. psoas minor ning orqasidan yuqoriga ko’tariladi va yo’l-yo’lakay o’rta chiziqqa yaqinlashaveradi. Ko’krak bo’shlig’iga diafragma oyoqlari crus mediale va crus media orasidan o’tib kiradi va mediastinum postarior da toq vena nomini oladi. Yarim toq vena - vena heminazygos. Bu v. lumbalis ascendens sinista ning ko’krakdagi davomi bo’lib, yuqoriga qarab yo’nalishi xuddi toq venaga o’xshaydi, ya’ni oldin bel umurtqalari tanalarining chap tomonidan ko’tarilib, diafragmadan o’tgach, mediastinum posterior orqali ko’krak umurtqalari tanasining chap tomoniga boradi va ko’krak aortasi bilan simpatik o’zan truncus sympaticus lar orasida joylashadi. Yarim toq vena ingichka va kaltadir. U pastki 4-5 ta qovurg’alararo venalarni qabul qiladi. VIII yoki IX ko’krak umurtqalari sohasida qizilo’ngach ko’krak aortasi va ko’krak limfa yo’li orqasidan ko’ndalangiga o’tib, toq venaga quyiladi. Yuqoridagi chap qovurg’alararo venalarni qo’shimcha yarim toq vena - vena hemiazygos accessoria qabul qiladi. Eng yuqoridagi vv. intercostales suprema ga I, II, III qovurg’aaro venalar quyiladi. Qo’shimcha yarim toq vena v. brachiocephalicus ga quyadi. Ba’zan qo’shimcha yarim toq vena kam taraqqiy etgan bo’lishi yoki butunlay bo’lmasligi ham mumkin. Yelka-bosh venalari - vv. brachiocephalicae o’ng va chap o’mrov osti venalari hamda ichki bo’yinturuq venalarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Bu venalarning qo’shilgan joyi birinchi o’ng qovurg’aning to’sh suyagi bilan birlashgan joyiga to’g’ri keladi. O’ng va chap yelka - bosh venalari - vv. brachiocephalicae dextra et sinistra uzunligi va yo’nalishi jihatidan farq qiladi. O’ng yelka-bosh venasi kaltaroq (uzunligi 2-3, diametri 13-20 mm) bo’lib, o’z tomonidagi plevra gumbaziga taqalib turadi. Chap yelka-bosh venasining uzunligi qariyb 40-50 mm, diametri 14-20 mm bo’lib, to’sh suyagi dastasining oraqsiga to’g’ri keladi. Bu vena chapdan o’ngga, yuqoridan qiya holda pastga, deyarli gorizontal yo’naladi. Yelka-bosh venalarining o’zi ham mayda va yirik vena tarmoqlarini qabul qiladi.
Ulardan yiriklari quyidagilardir:
1. Qalqonsimon bezning pastki venalari - vv. thyreoideae inferiores ning hosil bo’lishida qalqonsimon bezning oldingi yuzasidan vena chigali va toq vena chigali (plexus thyreoideusimpar) ishtirok qiladi.
2. Umurtqa venasi - v. vertebralis shu nomli arteriya bilan bo’yin umurtqalarinig ko’ndalang o’siqlari teshiklaridan o’tib, yuqoridan pastga tomon yo’naladi va har biri o’z tomonidagi yelka-bosh venalariga kelib quyiladi.
3. Bo’yinning chuqur venasi - v. cervicalis profunda yelka-bosh venasiga yoki umurtqa venasiga quyadi. Shu quyayotgan qismida klapanlar bor.
4. Ichki ko’krak venalari - vv. thoracicae internae to’sh suyagining lateral qirg’oqlaridan taxminan 1-1,5 sm tashqariroqda yo’nalib o’z nomidagi arteriyani ikki tomonidan kuzatib boradi, fascia endothoracica bilan pleura costalis orasida joylashadi. Bu venalar ichki ko’krak arteriyasi (a. thoracia interna) tarqalgan sohalardan qon yig’adi.
Yuqoriga ko’tarila borib va bir-biri bilan qo’shilib, bitta venaga aylanadi; chap tomondagisi ko’pingcha yelka-bosh venasiga, o’ng tomondagisi esa yuqori kavak venga quyiladi. Til venasi - vena lingualis yaxshi taraqqiy etgan klapanlar bilan ta’minlangan bo’lib, o’z nomidagi arteriyani ikki yonidan kuzatib boradi. U quyidagi tarmoqchalarni qabul qiladi: til orqasi venalari - vv. dorsales linguae, tilning chuqur venasi - v. profunda linguae va til osti venasi - v. sublingualis, v. profunda linguae boshqalarga nisbatan birmuncha kichik, ingichkadir. V. sublingualis esa juda taraqqiy etgan. Tilning uchidan va yon tomonidan ketayotgan venalar hamda jag’ osti, til osti bezlari venalari v. sublingualis ga quyadi. Vv. dorsalis linguae shilliq ostidagi vena to’ri - rete dorsalis linguae dan boshlanadi, o’zi til ildizi (radix linguae) va dorsum linguae sohasida joylashgan. Aytib o’tilgan vena tarmoqlari o’zaro va halqum, qalqonsimon bez venalari bilan anastomozlar hosil qiladi, til ildizi sohasida hammasi qo’shilib, til venasi - vena lingualis ni hosil qiladi. Bu vena ko’pincha ichki bo’yinturuq venasi - vena jugularis interna ga yoki umumiy yuz venasi - v. facialis communis ga quyadi. Yuz venasi - v. facialis boshlang’ich qismi ko’zning medial burchagida teri ostida yotgan - v. angularis dir. Shu nomidagi arteriyaning orqasidan uning yo’ldoshi sifatida yo’naladi. V. angularis ga yuqori tomondan v. frontalis, v. supraorbitalis va v. nasofrontalis lar kelib quyiladi; a) peshona venasi - v. frontalis chakka venasi bo’lmish - v. temporalis (yuzning orqa venasi tarmoqlaridan biri) bilan anastomoz hosil qiladi. V. dorsalis nasi ham qo’shilishi mumkin; b) ko’z kosasining yuqori venasi - v. orbicularis oculi ning tagidan o’tadi va ko’z kosasining medial burchagiga yetib borgach, m. orbicularis oculi ning yuzasiga chiqadi. Bu joyda v. frontalis, v. nasofrontalis, v. ophtalmicus lar bilan qo’shilib, v. angularis ni hosil qiladi. Yuz venasiga yana qanot-tanglay chuqurchasida (fossa pterygopalatina) joylashgan chuqur vena chigalidan (plexus pterygoideus) ham ba’zi tarmoqlar kelib qo’shiladi; v) burun-peshona venasi, vena nasofrontalis yuqorida aytib o’tilgan v. supraorbitalis ning yuqoriga qarab ko’tariluvchi davomidir; g) yuqori qovoq venalari - vv. palpebrales superiores, v. angularis ga kelib quyiladi; d) burunning tashqi venalari - vv. nasales externae burun kataklaridan, burun qirrasidan qon yig’adi; ye) pastki qovoq venalari - vv. palpebrales inferiores pastki qovoqdan va - ductus nasolacremalis bo’ylab hosil bo’lgan vena chigalidan qon yig’adi; yo) yuqori lab venasi - vena labialis superior yuqori va pastki lablarning qo’shilgan joyidan (og’iz burchagidan) bir oz yuqoriroqda yuz venasiga kelib quyiladi; j) yuzning chuqur venasi - v. faciei profunda, bunga qo’shiladigan venalar juda ko’p: chunonchi milklardan, Gaymor bo’shlig’ining shilliq qavatidagi chigaldan, tishlardan, ustki jag’dan, plexus pterygoideus dan qon to’playdi va vena retromandibularis bilan anastomoz hosil qiladi; z) pastki lab venasi - v. labialis inferior tashqi burun venasi va ustki lab venasi bilan birga anastomoz hosil qiladi; i) chaynov muskullarining venalari quloq oldi bezi so’lak chiqarish nayini kuzatib boradi. Bundan tashqari, yuz venasi quloq oldi bezining oldingi sohasidan keluvchi - rami parotidei, eng osti venasi - v. submentalis, tashqi venasi - v. palatina externa larni qabul qiladi. Bu tarmoqlar bir-biri bilan anastomoz hosil qiladi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish