Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A



Download 0,5 Mb.
bet80/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

O’NG BO’LMAChA (ATRIUM DEXTRUM) Yurakning o’ng bo’lmachasi (devorining qalinligi 2-3 mm) kubsimon bo’shliq bo’lib, chap bo’lmachadan septum interatriale (bo’lmacha to’sig’i) bilan ajralib turadi. O’ng bo’lmacha bo’shlig’ining hajmi uning oldida joylashgan uchburchak shaklidagi o’ng qulog’i - auricula dextra bo’shlig’i bilan ancha kattalashadi. Bo’lmachaning ichki yuzasi asosan silliq bo’lib, quloq qismida muskul tutamlari bir xil joylashgan taroqsimon muskullar (musculi pectinate) hosil qiladi. O’ng bo’lmachaga yuqorigi kavak vena - vena cava superior, pastki kavak vena - vena cava inferior quyiladi. Ana shu ikkala kavak vena do’ng - tuberculum intervenosum bor. Pastki kavak venaning pastki qirrasida ingichka burma - valvula venae cavae inferioris bo’lib, septum interatriaie tomonga yo’nalib joylashgan. Ana shu burma embrionning rivojlanish davrida venoz konning o’ng bo’lmachadan oraliq devorda joylashgan ovalsimon teshik orqali chap bo’lmachaga, so’ngra esa ostium atrioventriculare sinistrum orqali chap qorinchaga o’tish vazifasini bajaradi.
ChAP BO’LMAChA (ATRIUM SINISTRUM) Chap bo’lmachaning ichki yuzasi xuddi o’ng bo’lmachaning ichki yuzasi singari silliq tuzilgan. Uning oldingi tomonida joylashgan quloqsimon o’sig’i (auricula sinistra) bo’shlig’ining ichki yuzasigina toj-taroqsimon muskullar (musculi pectinati) bilan qoplangan. Chap bo’lmachaga beshta teshik ochiladi: to’rttasi o’pka venalari (v.v.pulmanales) teshiklari bo’lib, beshinchisi ostium atrioventriculare sinistrum chap qorincha bilan tutashib turadi. odatda, o’ng va chap o’pkaning har biridan ikkita (hammasi bo’lib to’rtta) vena tomiri chiqib, o’pkada kislorod bilan to’yingan qonni chap bo’lmachaga quyadi, bu venalarning teshiklari esa yonma-yon joylashgan. ba’zan ana shu bir juft vena o’zaro qo’shilib, bitta venani hosil qiladi. Shu tufayli bo’lmachaga ochiladigan vena tomiri teshiklarining soni kamayadi.
O’NG QORINChA VENTRICULUS DEXTER O’ng orincha uchi pastga qaragan uch qirrali piramida shaklida bo’lib, devorining qalinligi 5-8 mm, qorinchaning ichki yuzasida muskul tutamlari parallel holatda yotmasdan, balki bir-biri bilan kesishib, murakkab muskul chigali to’siqlari (trabeculae corneae) ni va muayyan joylarda qorincha bo’shlig’iga chiqib turadigan uchta konussimon o’siq - so’rg’ichsimon muskullar (m.m. papillares)ni hosil qiladi. Qorinchalarni bir-bridan ajratib turadigan oraliq to’siq - septum interventriculare o’ng qorincha bo’shlig’iga kirib joylashgan. Shuning uchun qorinchani ko’ndalangiga kesib qaraganda u yarimoy shaklida ko’rinadi. Antioventrikulyar teshikda uch tavaqali klapan - valvula atrioventri culares dextra (tricuspidalis) bor, u qayerda joylashganiga qarab quyidagi uchta alohida tavaqaga bo’linadi, shulardan biri oraliq to’siq - cuspis septalis - medial tomondan, ikkinchisi - cuspis anterior - oldingi - cuspis posterior orqa tomondan joy oladi. Bu klapanlar yurakning ichki (endokard) qavatidan vujudga kelib, ularning pastki erkin chekkalari qorincha bo’shlig’i tomonida joylashgan, har bir klapan uchiga esa so’rg’ichsimon muskullardan boshlanadigan ingichka pay iplari - chordae tedineae birikkan. Pay iplari, odatda uchta so’rg’ichsimon muskulning har biridan ikkita-ikkita bo’lib boshlanib, ikkita yonma-yon joylashgan qo’shni klapanga boradi. Natijada har bir so’rg’ichsimon muskul bittadan pay iplari yordamida ikkita klapanga tutashib turadi. O’ng qorinchaga ochiladigan o’pka qon tomiri teshigi (ostium pulmonalis) ning og’izda uchta yarimoysimon klapan - valva trunci pulmonalis joylashgan, ulardan bir (valvula semilunaris anterior) oldingi tomonda, qolgan ikkitasi orqa tomonda joylashgan: ana shu ikkita klapanning biri medial tomonda (valvula semilunaris dextra), ikkinchisi lateral tomonda (valvula semilunaris sinistra) joylashgan. yarimoysimon klapanlar qon tomir bo’shlig’iga qarab (tashqaridan tikilgan cho’ntakka o’xshab) joylashgan.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish