QO’L-OYOQ SUYAKLARI Odam qo’l-oyoq skeletining umumiy ko’rnishi. Odam qo’l skeleti bilan oyoq skeletining tuzilishida bir qadar o’xshashlik bo’lsa ham, vazifasiga ko’ra bir-biridan tuban farq qiladi. Odam oyoqlari yordamida bir joydan ikkinchi joyga yurib boradi va gavdasini ko’tarib tura oladi. Qo’l esa mehnat quroli bo’lib, ushlash vazifasini bajaradi. Qo’l-oyoq suyaklari kamar va erkin turgan bo’limlariga ajratiladi.
Qo’l o’z kamarlari vositasida tana skeletiga qo’shilib turadi. Qo’l skeleti-yelka kamari (cingulum memdri superioris) o’mrov va kurak suyaklaridan iborat. Qo’lning erkin joylashgan (skeleton mebri superioris libri) yelka suyagi bilak (tirsak va bilak) suyagi va qo’l panja skeletidan tuzilgan.
YELKA KAMARI SUYAKLARI Yelka kamari ikki tomonda bittadan o’mrov va kurak suyaklaridan tashkil topgan. O’mrov (clavicula), qo’lni tanaga birlashtirib turadigan birdan-bir suyak bo’lib, shakli latincha “~” harfiga o’xshab bukilgan, uzun. To’sh suyagiga birlashgan uchi - extremitas sternalis bo’g’im yuzasi- facies articularis sternalis deyiladi. Ikkinchi kurakda joylashgan yelka o’sig’i birlashadigan uchiga - extremitas acromialis -deyiladi, bu yerdan yelka o’sig’iga bo’g’im hosil qilib birlashadigan kichik bo’g’im yuzasi - facies articulsris acromialis ko’rinadi. O’mrov suyagi yelka bo’g’imining tanadan uzoqroqda bo’lishini ta’minlaydi. Natijada qo’lning har turli murakkab harakatlarni osonigina bajarishiga qulaylik yaratib beradi. Umrov suyagining o’rta qismi tanasi (corpus claviculae) 34 deyiladi. Tana pastida konussimon dumboqcha - tuberculum conoideum va trapesiyasimon - linea trapecoi dea joylashgan. O’mrov suyagi embrionning 6- xaftasidan suyaklanadi. Bola 16-18 yoshga yetganda bitta suyaklanish nuqtasi (tush suyagi qaragan uchida) paydo bo’ladi. O’mrov suyagining suyaklanish davri 20-25 yoshga borib to’xtaydi. Kurak (scapula) suyagi yalpoq, uchburchak shaklida bo’lib, ko’krak qafasining orqa tomonida I-VII qovurg’alar tashqi sohasida joylashadi. Kurakning uchta: umurtqa pog’onasiga qaragan medial (margo medialis), qo’ltiqqa qaragan lateral (margo lateralis) va yuqorida joylashgan kalta chekkalari (margo superior) tafovut qilinadi. Yuqori chekkasida kurak o’ymasi (incisura scapulae) ko’rinib turadi. kurak suyagining uchala chekkasi o’zaro uchta burchak hosil qilib qo’shilgan; shulardan biri pastki qaragan burchak (angulus inferior) ikkinchisi yuqori tomondagi burchak (angulus superior) va uchinchisilateral burchak (angulus lateralis) laridir. Lateral burchak yo’g’onroq bo’lib, undagi chuqurroq bo’g’im yuzasi (cavitas glenoidalis) orqali yelka suyagi bilan bo’g’im hosil qilib birlashadi. Bo’g’im yuzasi tepasidagi do’mboqcha-tuberculum suprasglenoidale, pastidagi do’mboqcha- tuderculum infraglenoidale deb ataladi. Bo’g’im yuzasi orqa tomonda joylashgan tanaga ingichka bo’yin (collum scapulae) orqali o’tadi. Kurak suyagining bo’g’im yuzasi ustidan tumshuqsimon o’siq (processus coracoideus) bo’rtib chiqqan. Kurakning oldingi, qovurg’alarga qaragan yuzasi (facies costalis) botiqroq bo’lib, kurak osti chuquri (fossa subscapularis) ni hosil qiladi, ana shu yuzadagi bir necha g’adir-budur chiziqdan kurak osti muskuli boshlanadi. Kurakning orqa yuzasi baland qirra (spina scapulae) bilan ikkita teng bo’lmagan qismga bo’linib turadi. Qirra tepasidagi qirra usti chuqurchasiga - fossa supraspinata, pastki chuqurchaga -fossa infraspinata, deyiladi. Bu chuqurchalarga aynan shu nomli muskullar yopishadi. Kurakning baland qirrasi lateral tomonga davom etib, baquvvat yelka o’sig’i -akramion (acromion)da tugaydi. Ana shu o’siq uchidagi bo’g’im yuzasi aeies articularis acromialis yordamida o’mrov bilan bo’g’im hosil qilib qo’shiladi. Kurak suyagining suyaklanishi tumshuqsimon o’siqda birinchi suyaklanish nuqtasi (1 yoshlik davrida)ning paydo bo’lishidan oshlanadi va 16-17 yoshda tanasi bilan suyaklanib, qo’shiladi. Kurak suyagining qolgan qismlarida 11-18 yoshda boshlanib, 18-24 yoshda suyaklanib bitadi.