Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A



Download 0,5 Mb.
bet34/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

QOVURG’ALAR Qovurg’alar (costae) 12 juft ingichka yoylardan iborat bo’lib, orqa tomondan ko’krak umurtqalari tanalariga yopishib turadi. Har qaysi qovurg’a ikki qismni tashkil qiladi. Qovurg’aning orqa qismi suyak (os costale) dan, oldingi qismi tog’ay (cartilago costalis) dan tuzilgan. Yuqoridagi I-VII qovurg’alar bevosita tog’ay qismilari vositasida to’sh suyagiga birikadi va chin qovurg’a (costae verae) deb ataladi. Keyingi VIII-IX va X juft qovurg’alar o’zlarining oldingi tog’ay qismlari bilan bevosita to’sh suyagiga yopishmasdan, o’zidan yuqorida joylashgan qovurg’a tog’ayiga 33 tutashadi hamda yolg’on qovurg’alar (costae spuriae) deb ataladi. Qolgan XI va XII juft qovurg’alar tog’ayi esa hyech joyga yopishmasdan qorin muskullari orasida erkin joylashgan. Shu sababdan ular juda harakatchan bo’ladi va yetim qovurg’alar (costae fluctuantes) deb ataladi. Qovurg’alarning oldingi, orqa uchlari oraliq qismi, tanasi bor. Qovurg’aning orqa uchida yo’g’onlashgan boshcha (caput costae) mavjud. II-X qovurg’alar boshchasi umurtqalararo chuqurchalarga qo’shilgani uchun ularning bo’g’im yuzalari qirra (crista capitis capitis costae) bilan ikkiga ajralgan. I, XI va XII qovurg’a boshchalarida qirra bo’lmaydi, chunki ular umurtqa tanasidagi butun bo’g’im chuqurchalari bilan qo’shilgan bo’ladi. qovurg’a boshchasi ingichkalashgan bo’yin (collum costae) qismiga o’tadi. Bo’yin qismining qovurg’a tanasiga o’tish chegarisida do’mboqcha (tuberculum costae) ko’rinadi. I-X qovurg’a do’mboqchalaridagi bo’g’im yuzalari (facies aricularis tuberculi costae) ikki qismga ajralgan, ularning pastki qismi umurtqa ko’ndalang o’siqlaridagi bo’g’im chuqurchalariga qo’shilib turadi. Do’mboqcha bo’g’im yuzasining yuqori qismiga esa boylamlar yopishadi. XI-XII qovurg’alardagi do’mboqchalar unchalik rivojlanmagan, bo’g’im yuzalari bo’lmaydi. Qovurg’a tanasining (corpus costae), tashqi, ichki yuzalari va pastki chekkalari bor. Birinchi qovurg’aning aksincha yuqori va pastki yuzalari, ichki va tashqi, chekkalari mavjud. Qovurg’a tanasi biroz qovurg’a burchagi (angulus costae) ni hosil qiladi. Qovurg’alar ichki yuzasining pastki chekkasiga yaqin joyda qovurg’a egatchasi (sulcus costae) joylashgan. Qovurg’alarning hajmi va uzunligi ko’krak qafasining tuzilishiga, shakliga bog’liq. Qovurg’alarning uzunligi I-VII qovurg’agacha ortib borib, VIII qovurg’adan oxirgi qovurg’agacha qisqarib, kamayadi. I qovurg’aning yuqori yuzasida o’mrov osti arteriyasi va venasi uchun egatcha (sulcus arteriae subclaviae), oldinda sulcus venae subclaviae va ularning oralig’ida oldingi narvonsimon muskul do’mbog’ tuberculum musculi scaleni anteriores borligi bilan tafovut qiladi. Qovurg’alar odam embrionida umurtqa pog’onasining (dum umurtqalaridan tashqari) ikki yonboshida paydo bo’lgan qovurg’a kurtaklaridan paydo bo’ladi. bo’yin qovurg’alarining tog’ay kurtaklari rivojlanish davrida bir uchi bilan umrtqa tanasiga, ikinchi uchi bilan ko’ndalang o’siqqa yopishib teshik hosil qiladi. Bel va dumg’aza umurtqalarida qovurg’alar ko’ndalang o’siqlariga birlashib iketadi. Dumg’aza umurtqalarining qovurg’alar kurtagi dumg’aza suyagining yonbosh qismini hosil qilishda qatnashadi. Qovurg’alarning birinchi suyaklanish nuqtasi qovurg’a burchagida, ikkinchisi qovurg’a boshchasida, uchinchisi esa qovurg’a do’mbog’ida 15-20 yoshlarda paydo bo’ladi. qovurg’alar (oldingi tog’ay bo’ladigan boshqa qismlari) 18-25 yoshga borib butunlay suyaklanib bitadi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish