Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A



Download 0,5 Mb.
bet33/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

5. Qoldiq (rudimentar) umurtqalari bo’lmish dum umurtqalari (vertebrae coccygeae) 4-6 donadir. Ular o’rta yashar odamlarda suyaklanib, dum suyagi (os coccygis) ni vujudga keltiradi. Birinchi dum umurtqasining ikki yonboshida tanasidan tashqari bir juft shoxcha (cornu coccygeum) sini ham ko’rish mumkin. Umurtqalar rivojlanishi uch bosqichni o’taydi. I bosqichda mezoderma samitlarining mahsulotisklerotomlardan paydo bo’lgan parda davri ikki oygacha davom etib, so’ngra II tog’aylanish davriga o’tadi. Suyaklanish nuqtalari umurtqalarda 3 oylik davrdan boshlanadi. Shunday qilib, 2-3 oylik embrion umurtqalarida uchala bosqich (parda, tog’ay va suyaklanish) ni kuzatish mumkin. Umurtqalarda 3 ta suyaklanish nuqtalari mavjud, ularning biri tanasida, ikkitasi esa umurtqa ravog’idadir. Umurtqa ravog’i bolaning 3 yoshligida rivojlansa, qolgan barcha umurtqa o’siqlari balog’atga yetganda suyaklanadi. Umurtqalarning batamom suyaklanib bitishi 22-25 yoshlarda tugaydi. Ba’zan V bel umurtqa ravog’i va dumg’aza kanalining 11-18 yoshlargacha o’sib berkilmasdan (spina bifida) qolishi kuzatiladi. Umurtqalarning suyaklanishida xorda darsalis asta-sekin yo’qolib borib, qoldiq umurtqa oraliq tog’ayi - nucleus pulposus ni hosil qiladi.
To’sh suyagi (sternum). Ko’krak umurtqalari va qovurg’alar bilan birgalikda ko’krak qafasini hosil qiladi. To’sh suyagi uzunchoq yassi shaklda bo’lib, o’rta odamda uchta ayrim qismlarni tashkil qiladi:
1) yuqori qismi- dastasi- manubrium starni,
2) o’rta qismi-corpus sterni,
3) pastki qismi-xanjarsimon o’siq- processus xiphoideus deb ataladi. Bular o’zaro yupqa tog’ay qatlami bilan qo’shilgan bo’lib, keksalik davrida suyaklanib, yaxlit bitta to’sh suyagini hosil qiladi. Dasta qismi keng va qalin bo’lib, tepa qismida o’yima-incisura jugu laris ko’rinadi. Dastaning ikki yonboshida, o’mrov suyagining to’sh suyagiga qaragan uchining qo’shilish joyida-incisurae clavicularae va undan pastda I qovurg’a tog’ayiga birikadigan incisura costalis o’ymalari hosil bo’ladi. dastasi va tanasi bir oz oldingi turtib qo’shilgan joyida angulus sterni (to’sh burchagi) ni ko’rish mumkin. Dasta bilan tana oralig’ida II-VII qovurg’a tog’aylari uchun o’yma (incisurae cortales) hosil bo’lgan. Xanjarsimon o’siq (processus xiphoideus) to’sh suyagi tanasining pastki tomonida joylashadi. Ayollar to’sh suyagi erkaklar to’sh suyagiga nisbatan biroz kaltaroq bo’ladi. To’sh suyagining dastasida 1-2 ta (embrionning 6-9 oylik davrida), tanasida 4-13 ta, xanjarsimon o’sig’ida 1 ta (6-20 yoshlarda) suyaklanish nuqtasi paydo bo’ladi. To’sh suyagining dastasi umr bo’yi alohida joylashsa, xanjarsimon o’siq 30-35 yoshlarda suyaklanib, tanasiga birikadi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish