Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A



Download 0,5 Mb.
bet31/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

UMURTQALAR Umurtqalar joylashuviga ko’ra bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza va dum umurtqalariga bo’linadi:
1. Bo’yin umurtqalari.
2. Odam umurtqa pog’onasining ko’krak qismi (ko’krak umurtqalari- vertebrae thoracicae) 12 dona. Ko’krak umurtqalarining tanasi-corpus vertebrae (tepadan pastga qarab) hajmi jihatidan kattalashib boradi. Ko’krak umurtqalarining ikki yonboshiga va ko’ndalang (processus transversus) o’simtalariga 12 juft qovurg’aning bo’g’im hosil qilib qo’shilib turishi sababli ular boshqa umurtqalardan ajralib turadi. Aksariyat qovurg’a boshchalari yonma-yon joylashgan ikkita umurtqa tanalarining yonbosh oralig’ida o’rnashib turadi. Shuning uchun ko’pincha umurtqalarning ikkala tomonida (tepa va pastida) yarimtadan chuqurcha (fovea costales superior et inferior) bo’ladi. Bundan birinchi umurtqa mustasno bo’lib, tanasining yuqori qirrasida birinchi qovurg’a uchun bitta butun qovurg’a chuqurchasi (fovea costalis superior), tanasining pastida ikkinchi qovurg’a chuqurchasi (fovea costales inferior) bo’ladi. 10-umurtqaning ikki yonboshida (X qovurg’a uchun) bittadan yarim chuqurcha XI-XII umurtqalar har birining ikki yonboshida (tegishli qovurg’alar uchun) bittadan to’la chuqurchalar joylashgan. Ana shu chuqurchalarga yuqorida aytilgan qovurg’a boshchalari bo’g’im hosil qilib joylashadi. Umurtqa tanasi va ravog’i o’rtasida umurtqa teshigi (foramen vertabralis) mavjud. Yuqori va pastdagi bir juftdan frontal holatda joylashgan bo’g’im o’rtalari (processus aricularis superior et inferiores) bilan umurtqalar o’zaro birlashib turadi. Umurtqa tanasining ikki yonboshida, ko’ndalang o’siqlarning old tomonida bo’g’im yuzachalari (fovea costalis transversalis) joylashadi. Umurtqa ravog’ining o’rta qismidan o’tkir qirrali o’siq (processus spinosus) o’rin olgan.
1. Bo’yin umurtqasi (vertebrae cervicales) 7 dona bo’lib, yuqoridan birinchi va ikkinchi umurtqalar, boshqa beshta bo’yin umurtqalaridan tuzilishlari bilan ancha farq qiladi. Shuning uchun ularning tuzilishiga quyidagi alohida to’xtalib o’tamiz. Qolgan beshtasi boshqa umurtqalar kabi tuzilgan. Bo’yin umurtqalari tanasi (corpus vertebrae) kichkina ko’ndalang-oval shaklda bo’ladi, umurtqa teshigi esa (foramen vertabrae) katta, uchburchak shaklidadir. Ko’ndalang o’siq (processus transversus) larining oldingi tomoniga embrion rivojlanishi davridagi qovurg’a qoldiqlari yopishib, ko’ndalang o’siq teshigi (foramen transversus) ni hosil qiladi. O’siq uchlari ko’pincha ikkita do’mboqqa bo’linadi.
VI umurtqaning oldingi do’mbog’i oldidan uyqu arteriyasi o’tganligi uchun uyqu do’mbog’i (tuberculum caroticum) deb ataladi. Arteriya jarohatlanganda ana shu do’mboqchani bosib, qon to’xtatiladi. Ko’ndalang o’simta teshikchalari yig’indisidan umurtaqa arteriyasi kanali (canalis art. vertebralis) hosil bo’ladi. Bu kanaldan xuddi shu nomli arteriya o’tadi.
II-V bo’yin umurtqalari tanasining orqa tomonida joylashgan o’tkir qirrali o’siq (processus spinosus) lar kalta va uchi ayri (VI- VII umurtqalar bundan mustasno) bo’ladi.
VII umurtqaning orqa o’sig’i boshqa bo’yin umurtqalariga nisbatan uzun va yo’g’on bo’lib, teri ostidan bilinib turadi. Shuning uchun bu umurtqa turtib chiqqan umurtqa (vertebra prominens) deb yurtiladi. Birinchi bo’yin umurtqasi - atlant (atlas). Rivojlanish davrida uning tanasi ikkinchi umurtqaga o’tib, tishsimon o’siqni hosil qiladi. Shu sabali, tana o’rniga oldingi ravog’ (arcus anterior) vujudga kelgan, umurtqa teshigi (foramen vertebrale) esa kengaygan. Oldingi ravoqning old tomonida old do’mboq (tuberculum anterius) joylashgan.
Ravoqning ichki yuzasida esa II bo’yin umurtqasining tishsimon o’sig’i joylashadigan chuqurcha (fovea dentis) bor. Orqa ravog’i (arcus posterior) da o’tkir qirrali o’siq qoldig’i-kichkina do’mboq (tuberculum posterius) paydo bo’lgan. Umurtqaning yonbosh (massae laterales), oldingi orqa ravoqlarining qo’shilib joylashgan yonbosh qismining yuqori va pastki yuzalarida bo’g’im chuqurcha- (facies articulares superior et inferiors) ko’rinadi. Yuqori bo’g’im yuzasi oval shaklli bo’lib, ensa suyagidagi do’ngsimon o’siq bo’g’im yuzasi bilan bo’g’im hosil qilib qo’shiladi. Mossae lateralis ning orqasida umurtqa arteriyasi ariqchasi (sulci a. verfabrales) bor.
Bo’yinning II umurtqasi (axis-o’qli) tishsimon o’sig’i yoki tishining (dens) bo’lishi bilan boshqa umurtqalardan ajralib turadi. Ikkinchi umurtqa tishining birinchi umurtqa ravog’i ichki yuzasidagi bo’g’im yuzasi (facies articularis anterior) bilan birlashib turishi sababli kalla har tomonga buriladi. Silindirsimon shaklidagi tishsimon o’siqning uchi-apex-i mavjud. O’siqning oldingi yuzasida joylashgan bo’g’im yuzasi (facies articularis anterior) atlant oldi ravog’ining ichki yuzasidagi bo’g’im chuqurchasiga (favea dentis) bo’g’im hosil qilib qo’shilsa, dentis -ning orqa bo’g’im yuzasi (facies articularis posterior) atlantning ko’ndalang joylashgan boylami bilan birlashadi. Axis -ning ikki yonboshida joylashgan yuqori bo’g’im yuzasi (facies articularis superior) atlantning pastki bo’g’im chuqurchasi bilan, pastki bo’g’im yuzasi (facies articularis inferior) esa uchinchi bo’g’im umurtqasining yuqori bo’g’im yuzasi bilan qo’shiladi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish