Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A


OYOQNING ERKIN TURGAN BO’LIMIDAGI SUYAKLAR



Download 0,5 Mb.
bet38/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

OYOQNING ERKIN TURGAN BO’LIMIDAGI SUYAKLAR Oyoq skeletining erkin turgan qismi (sceleton membri inferioris liberi) son suyagi (femur), tizza qopqog’i (patella), boldir suyaklari (ossa cruris) va oyoq panjasining skleti (ossa pedis) dan tashkil topgan. Son suyagi (femur), naysimon suyaklar orasida eng uzuni va bo’lib, tanasi (corpus femoris), pastki va yuqori tomon (epifiz) lari tafovut qilinadi. Son suyagining yuqori uchida (ichki tomonga qarab joylashgan) sharsimon boshcha (caput femoris) ko’rinib turadi. boshcha markazining pastrog’ida chuqurcha (fovea capitis ossis femoris) 37 joylashgan. Son suyagining boshchasi qolgan bo’lagi bilan bo’yin (collum femoris) orqali qo’shilgan. Son suyagining bo’yini tanasiga 1300 o’tmas burchak hosil qilib qo’shilgan. Ayollar chanog’ining keng va kattaligiga ko’ra, son suyagining bo’yin to’g’ri burchak hosil qilib birlashadi. Son suyagi bo’yining tanasiga o’tish chegarasida muskul yopishishidan paydo bo’lgan ikkita do’mboq, katta ko’st (trochanter major) va kichik ko’st (trochanter minor) joylashgan. Katta ko’stning ichkarisida chuqurcha (fossa trochanterica) ko’rinadi. Ko’stlar oralig’ida (orqa tomondan) qirra (crista interochanterica), oldingi tomonda g’adirbudur chiziq (linea intertrochanterica) bo’ladi. Son suyagining tanasi- corpus femoris oldinga qarab biroz bukilgan, uchi qirrali dumaloq shaklida bo’ladi. Orqa tomonidan bo’yiga qarab ikkita labdan tashkil topgan g’adir-budur qirra (linea aspera) ko’rinadi. Uning ichki tomondagi labi (labium mediale) yuqoridagi kichik do’mboqqacha davom etadi. Do’mboqlar o’z navbatida oraliqtaroqsimon chiziq (linea pectinea) qa qo’shilib ketadi. Tashqi labsimon chiziq (labium laterale) esa katta do’mboqning pastigacha boradi va dumba g’adir-buduri (tuberositas gletea) ga aylanadi. Bu joyiga do’mboq katta muskul pasining bir qismi yopishadi. Ikkala labsimon chiziqlar pastga yo’nalib, bir-biridan uzoqlashadi va tizza osti yuza (facies poplitea) sini hosil qiladi. Son suyagining pastki, yo’g’onlashgan (distal) uchi orqaga qarab burilgan, ikkita muskul yopishadigan o’siq bilan tugaydi. Bu o’siqqa-condylus medialis, tashqi tomonidagi o’siqqa-condylus leteralis deyiladi. O’siqlarning oldingi tomonida tizza bo’g’im yuzasi (facies patellaris) bilan o’zaro tutashib turuvchi tizza qoplog’i joylashadi. Ichki, tashqi o’siqlarning orqasida va oralig’ida chuqurcha (fossa intercondylaris) joylashgan. Har bir o’siqning bo’g’im yuzalari yon tomonida, teparog’ida bittadan g’adir-budur tepachalar: medial tomonda-epicondylus medialis, lateral tomonda-epicondylus lateralis ko’rinib turadi. Tizza qopqog’i (patella) to’rt boshli son muskuli payining orasida joylashgan eng katta sesamasimon suyakdir. Tizza qopqog’ining oldingi yuzasi (facies anterior) g’adir-budir bo’lsa, orqasi, silliq bo’g’im yuzasi (facies articularis) son suyagi bilan bo’g’im hosil qiladi. Uning keng asosiga - basis patellae va uchiga- apex patellae deyiladi. Birinchi suyaklanish nuqtasi son suyagining pastki epifizda, embrionning 8-9 oyligida paydo bo’ladi. suyaklanish davri yuqori epifizda bolaning 1-4 yoshligida paydo bo’lib, 18-24 yoshgacha davom etadi. Tizza qopqog’ida suyaklanish nuqtasi bolaning 3-5 yoshligida boshlanib, 7 yoshda to’xtaydi. Boldir suyaklari ikkita naysimon suyakdan, ya’ni medial tomonda joylashgan katta boldir va lateral tomonda joylashgan kichik boldir suyagidan tashkil topgan. Bu ikki suyak orasidagi masofaga - spatium interosseum crurisn deyiladi. Katta boldir suyagi (tibia), kichik boldir suyagiga nisbatan katta bo’ladi, yuqori uchi (epifizi) da ikkita do’ng medial- codylus medialis va lateral- codylus lateralis lar joylashgan. Ikkala do’nglar yuqorisida son suyagi bilan bo’g’im hosil qiluvchi botirqroq yuza (facies articularis superior) ko’rinadi. Ana shu bo’g’im yuzalar ikkita do’mboq (medial do’mboq-tuberculum intercondylare mediale, lateral do’mboq- tuberculum intercondylare laterale) dan tuzilgan tepacha (eminentia intercondyloris) vositasida bir-biridan ajralib turadi. tepachaning oldingi tomonidagi yuzaga - area intercondylaris anterior, orqa tomonidagi yuzaga-area intercondylaris porteior deyiladi. Kichik boldir suyagining yuqori uchi lateral do’ngning pastida va orqa tomonida yassi bo’g’im yuzasi - facies articularis fibularis bilan birlashadi. Katta boldir suyagining tanasi (corpus tibiae) uch qirrali bo’lib, oldingi o’tkir qirra (margo anterior) teri ostidan ko’rinib turadi. Qirra tepa tomonda g’adir-budir tepa - tuberositas tibiae ga qo’shiladi. Kichik boldir suyagi tomonida lateral qirraga (margo interosseus) suyaklararo parda yopishadi. Medial tomonda esa to’mtoq qirrasi (margo medialis) bor. Qirralar doirasi uchta yuza tafovut etiladi. Ulardan medial silliq yuza (facies medialis) teri ostida joylashgan. Laterial (facies lateralis) va orqa yuza (facies posterior) muskullar ostida joylashgan. Katta boldir suyagining pastki uchi (epifiz) to’rtburchak shaklida bo’lib, medial tomondan pastga qaragan, bu yerdan maxsus o’siqichki to’piq (malleolus medialis) va sulcus malleolaris o’rin olgan. Katta boldir suyagining pastki oyoq panjasi suyaklari bilan bo’g’im hosil qiladigan botiq bo’g’im yuzasi (facies articularis inferior) va ichki to’piqning bo’g’im yuzasi (facies articularis malleole) bor. Katta boldir suyagining lateral tomonida kichik boldir suyagi joylashadigan o’yma (incisura fidularis) ni ko’rish mumkin. Kichik boldir suyagining (fibula), ikki uchi yo’g’on hamda juda ingichka bo’ladi, uning yuqori (proksimal uchi-epifiz)- suyak boshi (caput fibulae) va (apex capitis fibulae) tafovut qilinadi. Kichik boldir suyagining medial yuzasida katta boldir suyagining lateral do’ngi va bo’g’im hosil qiladigan yuzasi (facies articularis capitis fibulae) mavjud. Suyak tanasi (caput fibulae) uch qirrali bo’lib, o’z o’qi atrofida biroz buralgan va suyak boshchasidan bo’yni (collum fibulae) orqali ajralgan. Suyak tanasining medial yuzasida oraliq parda (membrana) yopishadigan oraliq qirra (margo interosseus) ni ko’rish mumkin. Oldingi tomonida - margo anterior, orqa yuzasida - margo posterior joylashgan. Qirralar orasidan lateral yuza (facies lateralis), medial yuza (fasies medialis) va orqa yuza (facies posterior) o’rin olgan. Suyakning pastki uchi (epifiz) yo’g’onlashib, tashqi to’piq (malleo lus lateralis) ni hosil qiladi. To’piqning bo’g’im yuzasiga facies articularis malleoli deyiladi. Bo’g’im yuzasining orqa tomonida chuqurcha (fossa malleoli lateralis) mavjud. Suyaklanish nuqtasi katta boldir suyagining yuqori uchida embrionning 8-9 oyligida, pastki uchida bolaning 2 yoshligida paydo bo’lib, 19-24 yoshgacha davom etadi. Suyaklanish nuqtasi kichik boldir suyagining suyagining pastki uchida bolaning 2 yoshligida, yuqori uchida 3-5 yoshlik davrida paydo bo’ladi va 20-22 yoshda to’xtaydi. Oyoq panjasining skeleti (ossa pedis), kaft oldi qismi (tarsus), oyoq kafti (metatarsus) va barmoqlar (phalangea digitorum) dan tuzilgan. 38 Kaft oldi qismi (tarsus) yetita kalta g’ovak suyaklardan tashkil topgan bo’lib, kaft usti suyaklari singari ikki qator joylashgan: orqa yoki proksimal qator- ikkita (oshiq va tovon) suyakdan iborat, oldingi va distal qator - qayiqsimon, uchta ponasmion va kubsimon suyaklardan tuzilgan.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish