Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti pedagogika fakulteti



Download 5,67 Mb.
bet20/26
Sana16.03.2022
Hajmi5,67 Mb.
#494520
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
2 5246994634504148378

1. Gaplarni yoyish. Buning uchun gapning qaysi bo’lagi yoyishni talab qilishi aniqlanadi. Masalan, “Daraxtlar gullaydi” gapini tahlil qilish uchun berilgan ega va kesim (gapning asosi) ajratiladi.
– Daraxtlar qachon gullashini aytish uchun gapga qanday so’zni qo’shish kerak?
– Qachon gullaydi? (bahorda gullaydi)
– Bu so’z gapning qaysi bo’lagi bo’ladi? (Ikkinchi darajali bo’lak)
– U gapning qaysi bo’lagiga bog’lanadi, ya’ni tobelanadi? (Kesimga bog’lanadi)
– Gapga egani izohlaydigan yana bitta so’z qo’ying. Qanday gap hosil bo’ldi? (Mevali daraxtlar bahorda gullaydi).
2. So’zlari aralash berilgan gapni qayta tiklash. Avval gapning asoslari (ega va kesim) tiklanadi (aniqlanadi), so’ng so’roqlar yordamida ikkinchi darajali bo’laklar (so’z birikmalari) “topiladi”, tiklanadi. Masalan, Mashinada, teradi, terimchi, paxtani. – Gap kim haqida aytilgan? (Terimchi haqida, kim? – terimchi)
– U haqda nima deyilgan? (Teradi. Terimchi teradi – bosh bo’laklar).
– So’roqlar yordamida so’z birikmasini toping. Nimani teradi? (Paxtani teradi) Nimada teradi? (Mashinada teradi). Keyin gapda so’zlarning qulay tartibi aniqlanadi (Terimchi paxtani mashinada teradi). Gap ohanggi ustida ishlanadi.
3. Uzluksiz (tinish belgilarisiz) matndan gaplarni ajratish. Mashqning bu turi ongli bo’lishi uchun har bir gapning bosh bo’laklarini va so’z birikmalarini ajratish lozim. 4. Gapni tahlil qilish va chizmasini chizish. Gap tahlil qilinayotganda dastlab uning asosi ajratiladi, keyin egani izohlovchi ikkinchi darajali bo’lak, kesimni izohlovchi ikkinchi darajali bo’lak, boshqa ikkinchi darajali bo’lakni izohlovchi ikkinchi darajali bo’lak ajratiladi. SHunday qilib, asta-sekin so’z birikmalari ham aniqlanadi. 5. O’qituvchi bergan chizma yoki so’roqlar asosida gap tuzish: Kim? nimalarni? nima qildi? (Bola olmalarni terdi).
So’z birikmasi ustida ikki yo’nalishda ish olib boriladi:
1) so’z birikmasiga gap ichida gapning tarkibiy qismi sifatida qaraladi;
2) so’z birikmasiga predmetning yoyiq nomi sifatida qaraladi, masalan, soat – so’z, oltin soat, qo’l soat, osma soat, elektron soat – so’z birikmalari.
O’rta maktablar o’quv dasturida o’quvchilarni o’z ona tilidan amaliy foydalanishga o’rgatish, ularda o’z fikrini yozma va og’zaki to’g’ri bayon qilish ko’nikmalarini shakllantirish, pravordida savodli insonlarni voyaga yetkkazish vazifasi turadi. Bu vazifani amalga oshrish o’qituvchidan tinimsiz izlanishni, har bir mavzuning mazmunidan kelib chiqqan holda samarali metodlarni izlab topishni talab qiladi. Tilshunoslikning ana shunday bilimlarni beradigan bo’limi uslubiyat bo’limi bo’lib nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonetik, lug’aviy, frazeologik va grammatik birliklarning xususiyatlari o’rganiladi.
Maktabda uslubiyat haqida o’quvchilarga bilim berish quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi:
1. Til uslublari haqida o’quvchilarda ling vistik tushunchani shakllantirish.
2. O’quvchilarda o’z nutqini tahlil qilish va nutqiga nisbatan ongli munasabatda bo’lish ko’nikmasini hosil qilish.
3. Uslubiyatning bo’limlari haqida nazariy bilim berish, har birining o’ziga hos tomonlarini anglab olish.
4. Har bir uslubning o’ziga so’zlar majmuasini bilib olish va o’z nutqida ularni qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirish.
Yuqoridagi vazifalar o’rta umumiy ta’limning barcha bosqichlarida izma-iz mashg’ulotlar jarayonida asta sekin shakllana boradi. Boshlang’ich sinflarning ona tili darslarida tasavvur qilish shaklida yuzaga kelsa, yuqori siflarda darslar sifatida olib borilgan mashg’ulotlarda shakllana boradi. Yuqorida aytganimizdek boshlang’ich sinflarda o’quvchilar uslubiyat haqida dastlabki amaliy tanishadilar. Quyida ana shunday mashqlarni ko’rib o’tamiz.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo’llaniladigan, bir qancha o’ziga xos hususiyatlariga ega bo’lgan ko’rinishi adabiy til uslubi deyilad. Uslub orqali so’zlovchi shaxs narsalarga, voqealarga shaxsiy munosabatini aks ettiradi. O’zbek adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor. So’zlashuv uslubi, badiiy uslub, rasmiy uslub, ommabop uslub, ilmiy uslub.

O ’quvchilarga til uslublari haqida boshlang’ich sinflardan e’tiboran barcha o’quv bo’g’inlarida ma’lum darajada bilim beriladi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar nutq uslublaridan foydalanish uchun tayyorgarlik ko’radi. Nutq uchun material hisoblanuvchi tovush va harflarni, so’zlarni so’zning morfemikasini, morfologiyasini o’rgansa, sintaksisdan elementar ma’lumatni egallaydi. Nutq uslublarini amaliy o’rganish bir qator mashqlarni kuzatish va tahlil qilish bilan qo’shib olib boriladi. Ayrim mashqlarda o’quvchini fikrlashga undavchi topshiriqlar berilganki, bolalar bunday mashqlar orqali nutq uslublarini o’rganishga dastlabki qadam qo’yadi. Ana shunday mashqlardan bir nechtasi 2-sinf “Ona tili” kitobida berilgan.


Ayrim darsliklarda so’zlashuv uslubidan boshqa barcha uslublar kitobiy uslub degan umumiy nom ostida beriladi. Tilimizdagi durust, metro, ko’k tuzuk so’zlari so’zlashuv uslubiga hos so’zlar sifatida berilsa, moviy metropoliten, qonun, nizom, muattar so’zlari kitobiy uslubga hos so’zlar guruhiga kiritiladi. Uslubiyat haqida bilim berish avvola uslubni yuzaga keltiruvchi vositalar haqidabilim berishni talab qiladi. Uslubni yuzaga keltiruvchi vositalar so’zlarning semantik tomoni haqida ma’lum darajada bilimga ega bo’lishni taqozo etadi. SHu jihatdan qaraganda so’zlarning ma’nosi va nutq jarayonida yangi ma’no qirralarining yuzaga kelish jarayoniga e’tibor berish lozim.
Tilimizda har bir uslubni yaratuvchi vositalar (so’zlar) bor. Bularni quyidagi guruhlarga ajratib o’rganish mumkin:
1. Leksik vositalar. Bu vositalar uzluksiz ta’limning barcha davrida o’rganiladi. Boshlang’ich sinflarda o’ziga hos atamalar ostida ma’nodosh so’zlar, shakldosh so’zlar, zid ma’noli so’zlar atamalari ostida qismon nazariy ko’proq amaliy bilim beriladi. Bu mavzularni o’rganishda bir qator, interfaol usullardan turli grammatik o’yinlardan foydalanish yaxshi natija beradi. Negaki bunday o’yinlar o’quvchilarni faollashtirish bilan ularni ijodiy fikrlashga ham odatlantiradi.
2. Fonetik vositalar ham barcha o’quv muassasalarida o’quv dasturlari asosida o’rganiladi. Boshlang’ich sinflarda fonetika o’qishga va yozishga o’rgatish maqsadida keng o’rganiladi.O’rta maktablarning 5-6-sinflarida nutqning eng kichik bo’lagi sifatida keng o’rganiladi. Yuqori sinflarda fonetikaga hos bilimlar uslubiy jihatidan chuqur o’rganiladi. Tovushlarning so’z ma’nosini farqlash, ma’noni kuchaytirishdagi uslubiy vazifasi atroflicha tahlil etiladi. Alohida mavzularda o’rganiladi.
3. Grammatik vositalar uslubiyotni o’rganishning asosini tashkil etadi. O’rta maktablarning yuqori sinlarida grammatikaning har bir bo’limi nutq uslublarini o’rganishdagi o’rni alohida mavzularda o’rganiladi. Grammatik vositalar o’z navbatida quyidagi guruhlarga bo’linadi. 1.Morfologik vositalar: har bir so’z turkumini o’rganish jarayonida amalga oshiriladi.
2. Sintaktik vositalar: gap bo’laklari, ritorik so’roqgaplar, undalma. Kirish so’z, kirish birikma, sodda va qo’shma gaplar, ko’chirma va o’zlashtirma gaplarni o’rganish jarayonida tahlil qilinadi.
Uslubiyat haqida o’quvchilarga bilim berishda har bir uslubning o’ziga hos tomonlari to’g’risida ma’lumot berish kerak. Avvalo quvchilargv adabiy til uslublarining har biri haqida nazariy bilim berish zarur. Bunday bilimlarni shakllantirishda yuqori sinf darslikdagi nazariy bilimlar berilgandan keyin ma’lum bir olingan uslubda ishlatiladigan tipik so’z va iboralar bilan tanishtirish yaxshi natija beradi. Quyida ana shunday so’z va iboralar haqida ma’lumot beramiz. So’zlashuv nutqida ona tilidagi bor imkoniyatlardan foydalanilsa ham, har bir toifaning nutqida o’ziga xoslik seziladi: olimlarning suhbati bilan ishchi, xizmatchi, dehqonning so’zlashuvida farq bo’ladi. Hatto erkag-u ayollar so’zlashuvi o’rtasida ham ba’zi farqlar bo’ladi. Ayollar suhbatiga: voy o’lay! Voy sho’rim, voy o’lmasam, bo’yginangdan girgitton, aylanay, o’rgulay kabi iboralar; erkaklar suhbati va gapiga esa tilingdan, ko’zingdan, bo’yingdan akasi kabi ibora va so’zlar xos bo’ladi.

Download 5,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish